Chinor fayzi baland


§ 9.3. Soliqning almashinuv nazariyasi va atomistik soliq nazariyasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/117
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#203151
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   117
6466070627abc SOLIQ NAZARIYASI VA TARIXI

§ 9.3. Soliqning almashinuv nazariyasi va atomistik soliq nazariyasi 
Soliqqa oid ilk umumiy nazariyalarni ko‗rib chiqar ekanmiz
almashinuv nazariyasi dastlabki umumiy soliq nazariyalaridan biri 
hisoblanib, u soliqlar davlat tomonidan ko‗rsatiladigan xizmatlar sifatida 
qaytarilishi g‗oyasiga asoslanadi
.
Ushbu davrlarda soliqlarning dastlabki 
ekvivalentlik 
va 
qaytarishlilik 
xarakteriga 
asoslanib, 
soliq 
munosabatlarining ―bir hujayrali‖ ilk mohiyati yoritilgan
233
.
Mazkur nazariyaning mohiyati shundan iboratki, fuqarolar soliq 
to‗lash orqali tashqaridan qilinadigan hujumlardan himoya, o‗z haq-
huquqlarining 
himoya 
qilinishi 
yuzasidan 
ichki 
tartib-qoida 
ta‘minlanishi kabi xizmatlarni davlatdan sotib oladi. Biroq, bunday 
nazariya o‗rta asrlardagi holatga xos bo‗lib, go‗yo qirol va fuqarolar 
o‗rtasida shartnoma asosida soliq va boj to‗lovlari evaziga harbiy va 
huquqiy himoya almashinardi. Bunday sharoitlarda almashinuv 
nazariyasi mavjud munosabatlarning rasmiy mazmuni hisoblanardi 
xolos. 
233
Барулин С. В. Теория и история налогообложения: Учеб. пособие. М.: Экономист, 2006. С – 35. 


227 
Almashinuv 
nazariyasi 
(yoki 
xizmatlarning 
ekvivalentligi 
nazariyasi) soliqqa tortishning qaytimlilik xususiyatiga asoslanadi
chunki fuqarolar soliqni to‗lar ekan davlatdan huquq va tartibni saqlash, 
himoya qilish, jamoat xavfsizligini ta‘minlash va h.k. sotib olishadi. Bu 
nazariya B.Spinoza, G.Grotsiya, T.Gobbs, J.Russo va kabi erta burjua 
mutafakkirlarining asarlarida shakllantirilgan. 
9.2-rasm. Soliqlar xususidagi ilk umumiy nazariyalar
234
Bu nazariyaga ko‗ra soliq davlat tomonidan ko‗rsatiladigan 
xizmatlar uchun mukofot vazifasini bajaradi. Bunda, almashinuv 
fuqarolar uchun ham, davlat uchun ham foydali ekanligi ta‘kidlanadi. 
Nazariya shartnomaviy munosabatlar hukmron bo‗lgan o‗rta asr tizimi 
sharoitlariga mos keladi. Qirol shaxsiy xo‗jaligidan ajralmagan davlat 
xo‗jaligi asosida hududlarning (viloyatlar) daromadlari, soliqlar va 
bojlar bo‗yicha tushumlar bo‗lib, ular asosida huquqiy va harbiy himoya 
qilish hamda davlat hokimiyatining boshqa funksiyalarini amalga 
oshirilishi ta‘minlangan
235

234
Mualliflar tomonidan izlanishlari asosida shakllantirildi. 
235
Гриценко В. В. 
Развитие учений о налогообложении. Финансовое право. Бюджетное право. 
Воронежский государственный университет. 2010. №1. 408-418 C. 
Soliqqa oid ilk 
umumiy 
nazariyalar 
Soliqning almashinuv nazariyasi 
Аtomistik soliq nazariyasi 
Soliqning rohatlanish nazariyasi 
Soliqning ―sugʼurta mukofoti‖ 
nazariyasi 


228 
Almashinuv (ayirboshlash) nazariyasining keyingi yondashuvlari 
davlatni ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar subyekti deb hisoblab, 
fuqarolarning (jamiyatning) jamoaviy ehtiyojlarini amalga oshirishga 
ko‗maklashadi. Shuning uchun davlat xo‗jalik yurituvchi subyekt 
funksiyalarini amalga oshirishi, davlat ehtiyojlarini qondirish uchun 
mo‗ljallangan iqtisodiyotning o‗z (davlat) sektoriga ega bo‗lishi 
mumkin. 
Soliqlar davlatning jamoa ehtiyojlarini qondirish faoliyatini 
ta‘minlovchi moliyaviy manba hisoblanadi. Almashinuv nazariyasi 
soliqqa tortishning majburiyligini oqlaydi. Shuningdek, davlatning 
faoliyat sohasini kengaytirish, uni mamlakat iqtisodiy hayotini tartibga 
solishi uchun soliqlarning o‗sishini mafkuraviy jihatdan asoslab beradi. 
Almashinuv 
nazariyasi 
birinchi 
yozma 
soliq 
ta‘limotidir. 
Keyinchalik, ilmiy jihatdan murakkab nazariyalarni ko‗rib chiqamiz. 
Ularning 
ba‘zilari 
ayirboshlash 
nazariyasining 
faqat 
yengil 
modifikatsiyasi bo‗ladi, boshqalari boshqa sabablarga ko‗ra quriladi. 
Biroq, oradan yuz yillar o‗tib, bu ta‘limot asoslarining tabiiyligi bilan 
o‗ziga tortadi va tarafdorlari topiladi. Uning asosida, keyinchalik 
E.Seligmen, R.Sturm, L.Shteyn, A.Sheffle, F.Nitti, A.Vagner kabi 
mualliflar o‗zlarining ilmiy-tadqiqotlarini amalga oshiradi. 
Hatto keyinchalik almashinuv nazariyasi Dj.Byukenen, R.Lempman 
(AQSH), D.Xiks, D.Middlton (Buyuk Britaniya), D.Oyken, E. 
Shmalenbax (GFR) ishlarida rivojlantirildi. Ularning asosiy tezislari 
shundan iborat ediki, davlat jamiyatdan yuqori turuvchi, butun aholi 
manfaatlari yo‗lida harakat qiluvchi organ bo‗lib, soliqlar davlat jamiyat 
uchun ta‘minlaydigan jamoat tartibi va ichki osoyishtalikning bahosidir. 
Iqtisodchi R.Lempman tomonidan biroz o‗zgartirilgan tezis taklif etiladi. 
Uning fikricha, soliqlar to‗lovchining davlatdan ma‘lum xizmatlarni 
olishi uchun transfert to‗lovlardan boshqa narsa emas
236

236
Олейникова О. В. Эволюция налоговых теорий и направления совершенствования 
налогообложения: автореферат дис. ... кандидата экономических наук: 08.00.01 / Институте 
международного права и экономики им. А.С. Грибоедова - Москва, 2007. - 18 с.


229 
Hozirgi zamon iqtisodchilari orasida soliqning almashinuv 
nazariyasi faqat o‗rta asr moliya xo‗jaligi sharoitidagina amal qilgan, 
degan fikr mavjud. Biroq, almashinuv nazariyasining faqat o‗rta asr 
sharoitlariga mos kelishi haqidagi xulosaga kelish munozaralidir. 
Iqtisodiy, shu jumladan, har qanday hodisaning eng chuqur mohiyatini, 
uning oddiy va asl shaklida bilish mumkin. Almashinuv nazariyasida 
birinchi soliqlar, bojlar va yig‗imlar aynan shunday, ya‘ni soliqlarni 
yig‗ish va to‗lash mexanizmlarining zamonaviy ―o‗simtalari‖ 
(defektlari) va asoratlari bilan namoyon bo‗ladi. 
Soliq munosabatlarining ―bir hujayrali‖ dastlabki mohiyati birinchi 
pul soliqlarining qaytariladigan, ekvivalent va qoplab beriladigan 
xususiyatiga 
asoslanadi. 
Misol 
uchun, 
iqtisodiy 
nazariyada 
―tovarlar‖ning umumiy toifasi sotish (almashtirish) uchun mo‗ljallangan 
inson mehnatining turli xil mahsulotlaridan olinadi va tovarning 
mohiyati (uni ishlatish va almashtirish qiymati) bir tovarning boshqasiga 
eng oddiy ekvivalent almashinuvidan olinadi. Shuning uchun soliqning 
almashinuv nazariyasi vaqt (ya‘ni, faqat o‗rta asrlar) bilan cheklangan 
emas va soliqlar mohiyatiga ―rasmiy yondashuviga muhtoj emas‖. 
Ya‘ni, u hech bo‗lmaganda o‗zining asosiy g‗oyasi soliq 
munosabatlarining qaytarilishida (ekvivalentligi) obyektiv bo‗lishi 
mumkin. 
Tashqi dushmandan himoyani ta‘minlash, ichki qonun-qoidalar
tartibni saqlash uchun armiya, sud, politsiya va boshqa davlat 
muassasalari kerak, ularni saqlash uchun esa mablag‗ talab etiladi. Shu 
maqsadda soliqlar undiriladi, ya‘ni bir qiymatning boshqa qiymatga 
almashinuvi amalga oshiriladi. Masalan, sotuvchiga tovarlar uchun, 
advokatga esa maslahat uchun to‗lov amalga oshirilsa, davlat xizmatlari 
uchun haq soliqlar orqali amalga oshiriladi
237

Almashinuv nazariyasi pozitsiyasida turgan XIX asrdagi fransuz 
moliya maktabi vakillari (P.Lerua-Bolye, R.Sturm va boshq.) soliqni 
237
Кулишер И.М. Очерки финансовой науки. Пг.: Наука и Школа, 1919. С. 76—77. 


230 
xizmat uchun to‗lov sifatida ko‗rib chiqishgan. Ularni sotsialist 
P.Prudon 
qo‗llab-quvvatlaydi. Uning ta‘kidlashicha, muayyan 
ehtiyojlarni qondirish uchun ham alohida shaxslar o‗rtasida almashinuv 
mavjud bo‗gani kabi boshqa muayyan ehtiyojlarni qondirish uchun ham 
shaxslar va jamoaviy shaxs – davlat o‗rtasida almashinuv mavjud. 
Soliq munosabatlarida qaytarilish xarakteri hamda to‗langan soliqlar 
va davlatdan olingan xizmatlar o‗rtasidagi bog‗liqlik tan olinishining 
muxoliflari 
odatda 
quyidagi 
dalillarni 
keltiradilar. ―Birinchidan, amalga oshiriladigan 
har qanday oldi-sotdida bo‗lgani kabi ixtiyoriy 
va erkin kelishuv yo‗q, shuning uchun soliq 
to‗lash bozorda sotib olingan tovarlar uchun 
pul to‗lash kabi narsa emas. Shu bilan birga, 
shaxs to‗laydigan soliq summasi bilan uning 
davlat faoliyatidan oladigan foydasi o‗rtasida 
hech 
qanday 
tenglikni o‗rnatish mumkin emas. Nihoyat, 
davlatning xizmatlari jismoniy shaxslarga 
nisbatan 
juda 
noaniqdir, 
ular 
hech 
qanaqasiga 
to‗lov (soliq) qiymatining 
ifodasini ololmaydilar. Shuning uchun 
davlat tomonidan alohida olingan shaxsga 
ko‗rsatiladigan xizmatlarni baholash juda 
mushkul‖.
238
Soliq munosabatlaridagi ekvivalent almashinuvning o‗ziga xos 
xususiyatlarini inkor etib bo‗lmaydi, bu shubhasiz mavjud. Davlat 
xizmatlarini 
to‗g‗ridan-to‗g‗ri 
baholashning 
murakkabligiga 
qaramasdan, davlat xarajatlari orqali ularning almashinuv qiymatini 
bilvosita ifodalash mumkin. Soliq munosabatlarida ekvivalentlik 
(qaytarilish) soliq to‗lovining individual maxsus holati sifatida emas, 
238
Кулишер И.М. Очерки финансовой науки. Пг.: Наука и Школа, 1919. С. 76—77. 


231 
balki butun jamiyat miqyosida yig‗ma to‗lov munosabatlari sifatida 
amalga oshiriladi. 
Almashinuv nazariyasining ahamiyati shundan iboratki, iqtisodiyot 
va moliya fanining turli sohalaridagi barcha keyingi vakillari ixtiyoriy 
yoki ixtiyorsiz ravishda unga kiritilgan asosiy g‗oyaga murojaat 
qilishadi. Mazkur nazariya ularni soliq munosabatlari va soliqlarning 
teng (qaytariladigan) yoki beg‗araz (qaytarilmaydigan) tabiatini jamoat 
tovarlari (xizmatlar) yoki jabrlanuvchi (ommaviy zarar) sifatida tan olish 
tarafdorlari va muxoliflariga ajratdi. 
XVII-XVIII asrlarda shakllangan ma‘rifat davrida almashinuv 
nazariyasining 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin