Birinchi bosqich – zamin yaratilishi Dastlabki davrlarda aksariyat soliqlar vaqtinchalik xususiyatga ega
bo‗lib, ma‘lum vaqt o‗tgandan keyin bekor qilinar yoki yangilari joriy
etilar edi. Tinimsiz urushlar va tinchlik davrida ham saqlab turiladigan
armiyalar ta‘minoti katta xarajatlarni talab qilardi. Shu va yuzaga kelgan
boshqa vaziyatlar soliqlarning davlat daromadlari doimiy hamda
barqaror manbaiga aylanishiga sabab bo‗ldi. Urush davrida joriy etilgan
ayrim vaqtinchalik soliqlar bekor qilinmasdan, aksincha soliqlar soni
oshirib borildi. Bu o‗z-o‗zidan aholining noroziligiga sabab bo‗ldi.
Bu haqda N.I.Turgenev
222
―Aynan soliq
va moliyaviy tartibsizliklar hammasidan
ko‗proq qo‗zg‗olonlar, inqiloblar va boshqa
jamiyat iztiroblariga sabab bo‗lgan‖
deya
bizga eslatadi. Angliyada XIII asrdagi
Hurriyatlar
buyuk
xartiyasi
va
parlamentarizmning tug‗ilishi voqealari,
XIV asrdagi Uot Tayler qo‗zg‗oloni, XVII
asrdagi ingliz inqilobi kabi soliqlar bilan
bevosita
bog‗liq
bo‗lgan
voqealarni
Turgenev fikriga misol sifatida keltirish mumkin. ―Tarixdan ma‘lumki,
soliqlar, ayniqsa ahmoqona soliq tizimlari niderlandlarni Ispaniyadan,
shveysariyaliklarni Avstriyadan, frislandlarni Daniyadan va nihoyat
kazaklarni Polshadan mustaqil bo‗lishiga sabablardan biri bo‗lgan.
Shuningdek, xalqdan mahoratsiz (tajribasiz) pul yig‗ish Lyuter
222
Тургенев Н. Опытъ теорiи налоговъ. Санкт-Петербургъ. Типография Н.Греча. 1818 г. С.34.
Копия pdf в Harvard college library. www.books.google.com.
220
reformatsiyasiga olib kelgan. Moliyaning parokandaligi albatta fransuz
inqilobiga sabab bo‗lmadi, lekin uning yuz berishini osonlashtirdi va
uning o‗tishiga sezirlarli ta‘siri o‗tkazdi‖, deb yozgan Turgenev.