221
Uchinchi bosqich – ilk ilmiy qarashlarning paydo bo„lishi
.
Soliqlarning iqtisodiy mohiyatiga bevosita bag‗ishlagan
ilk ilmiy
tadqiqot olib borgan olim sifatida U.Petti
224
tan olinishiga qaramasdan,
undan sal oldinroq 1651-yilda e‘lon qilingan Tomas Gobbsning
―Leviafan‖ nomli siyosiy-falsafiy asarida soliqlarga alohida e‘tibor
qaratilgan. Gobbs o‗z asarida ibtidoiy jamiyatni ―hamma hammaga
qarshi urush‖ sifatida tasvirlagan. Jamiyatning bunday halokatli holatini
oldini olish maqsadida odamlar davlat hokimiyatini yaratishadi deb
hisoblaydi. Ushbu hokimiyatni namoyon qiluvchi kishilarning borligini
ta‘minlash uchun jamiyat a‘zolari umumiy jamg‗arma – fisk (lot.
―fiskus‖ - g‗azna), ya‘ni davlat g‗aznasini tashkil etadilar. Uning
fikricha, ―soliqlar – jamiyat tinchligi sotib olinadigan baho‖
225
bo‗lib
hisoblanadi
.
Sal keyinroq Voban (1707 yil)
Gobbs
fikrini
boshqacha
talqin
qildi:
―Davlat
hukmdori ularga (aholiga) bu himoyani
berolmaydi, qachonki ular hukmdorga zarur
mablag‗larni yetkazib bermasalar‖.
Yanada keyinroq Sharl Lui Monteskye (1748-
yil) yuqoridagi qarashni tamomila shakllantirdi.
U ―soliq to‗lovchilar
o‗zlarining
mol-
mulklari ma‘lum bir
qismini
boshqa
qismidan
xotirjam
foydalanishlari uchun berishadi‖, degan fikrni
ilgari suradi.
Soliqa
oid
―jamiyat
shartnomasi‖
nazariyasi J.J.Russo nomi bilan bog‗liq bo‗lib,
224
Petti U.ning 1662 yilda chop etilgan ―Soliq va yigʼimlar toʼgʼrisida traktat‖ nomli asarida soliqlarning
nazariy jihatlari ilk bor tadqiq etilgan. U.Petti soliqlarni mutanosib boʼlishi zarur, chunki bu turli
miqdordagi daromadlarning neytralligini taʼminlaydi degan gʼoyani ilgari suradi.
225
Майбурд Е.М. Введение в историю экономической мысли. От пророков до профессоров. - М.:
Дело, Вита-Пресс, 1996. - 128 C.
222
uning asosida ―fiskal shartnoma‖ nazariyasi yoki unga yaqin bo‗lgan
davlat va fuqarolar o‗rtasida xizmatlar almashinuvi nazariyasi hosil
bo‗ldi. Keyinroq bu konsepsiya bir muncha chuqurlashtirildi va soliq –
bu jamiyat hayotida alohida shaxslarning
ishtirok etish shakli, degan
g‗oya shakllantirildi.
XIX asrda soliq jamiyat boyligini qayta taqsimlovchi instrument
sifatida ko‗rib chiqildi. Unga ko‗ra kuchliroq yelkalar og‗irroq yukni
ko‗tarishi kerak, zaiflarni soliq majburiyatidan ozod qilish va
kuchsizlarni qo‗llab-quvvatlash, ba‘zida esa jamiyat yelkasiga chiqarish
kerak, degan fikrga kelindi
226
.
Merkantilistlar maktabining namoyon-
dalaridan biri J.Boden (fr. Jean Bodin; 1530-
1596) ham soliqlarga shunday ko‗z bilan
qaraydi
227
. Biroq, merkantilistlar garchi XVII
asrda asosiy
tamoyil hisoblangan tenglik
tamoyiliga o‗zining sodiqligini bildirgan
bo‗lsalar-da, soliq solish tamoyillarini
bevosita ishlab chiqish muammosini o‗z
oldilarga maqsad qilib qo‗ymaganlar.
Soliqqa tortishning ilk nazariyalarini
F.Akvinskiy, T.Gobbs, S.P. de Voban, Sh.Monteskye, S.Volter,
O.Mirabo, J.Sismondi, T.Maltuz, A.Tyer, D.Mak-Kullox ilmiy ishlarida
kuzatish mumkin.
F.Akvinskiy (1225-1274) soliqlarni ―qaroqchilikning ruxsat etilgan
shakli‖ deb ta‘riflagan. U soliqni olijanob odamlarning boyligi hisobiga
davlat xarajatlarini moliyalashtirishning eng ―Xudoga ma‘qul shakli‖,
soliqsiz esa buning umuman iloji yo‗q
228
, deb hisobladi.
F.Bekon (1561-1626) o‗zining ―tajribalar yoki axloqiy-siyosiy
ko‗rsatmalar‖ asarida shunday yozadi: ―Xalqning
roziligi bilan
226
Shu yerda 128-134 b.
227
Пушкарева В.М. История финансовой мысли и политики налогов: Учеб. пособие. – М.:
ИНФРА-М, 1996. – 58 с.
228
Черник Д. Г., Шмелева Ю. Д. Налоги и налогообложение. Учебник и практикум для СПО. 2-е
издание, переработанное и дополненное. ―Юрайт‖. М. 2015. С. 493.
223
undiriladigan soliqlar uning mag‗rurligini pasaytirmaydi. Xalqning
roziligi bilan yoki uning roziligisiz yig‗im hamyon uchun farqsiz
bo‗lishi mumkin, ammo xalq ruhiyatiga ta‘siri bir xil emas‖
229
.
Davlatning rivojlanishi va uning funksiyalarini kengaytirish
ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya sifatida soliqlar to‗g‗risidagi ilmiy
qarashlarning evolyusiyasi bilan birga olib
borilgan. Iqtisodiyot nazariyasi doirasida
soliqlarning umumiy nazariyasi paydo bo‗ladi.
Soliqlar
umumiy nazariyasining tamal
toshi ularning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati
masalasidir. Soliqlar biror narsa evaziga
to‗lanishi kerak, shuningdek, ular beg‗araz,
boshqacha aytganda neytraldir. Dastlabki soliq
nazariyalari o‗zida qaytimlilikni ifoda etgan,
ya‘ni soliq to‗lovchi davlat tomonidan taqdim
etilgan muayyan narsa evaziga soliq to‗laydi.
Dostları ilə paylaş: