Chinor fayzi baland


Ikkinchi bosqich – shakllanishi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/117
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#203151
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   117
6466070627abc SOLIQ NAZARIYASI VA TARIXI

Ikkinchi bosqich – shakllanishi
Yuzaga kelgan bunday vaziyat moliya fani tomonidan soliqlarning 
nazariy asoslari yaratilishini davr taqozosiga aylantirdi. Shu tariqa soliq 
nazariyasi shakllana boshladi. 
Soliqlar nazariyasi shakllanishiga oid N.I.Turgenevning quyidagi 
fikrlarini keltirish o‗rinli. ―Bizda moliya haqida ko‗p gapirilib, kam 
yozilayotgan hozirgi davrda moliyaning asosi bo‗lib xizmat qiluvchi 
soliq nazariyasini o‗rganish yetarli bo‗lmagani kabi, mutlaqo ortiqcha 
ham bo‗lmaydi. Odamzodning tabiiy yoki yovvoyi holatida soliqqa 
ehtiyoj bo‗lgan emas. Dastlab bitta, keyin bir necha to‗dalardan jamoa 
(jamiyat)ning tarkib topishi odamlar o‗rtasida jamiyat foydasiga yakka 
tartibda (xususiy) qurbonlik, ya‘ni xayriya qilish zarurligini tasdiqlab 
qo‗ydi. Bu qurbonliklar boshida oddiy yumushlarni bajarish yoki 
mevalarning bir qismini berish tarzida bo‗lgan bo‗lsa, keyinchalik 
jamiyatning takomillashib borgani sayin ular ham mukammallashib 
bordi va hozirgi holatga yetib keldi‖
223

Soliq nazariyasi dastlab umumiy soliq 
nazariyasi sifatida shakllangan bo‗lsa, 
keyin xususiy soliq nazariyalarining tamal 
toshi 
qo‗yila boshlandi. Soliqlarning 
umumiy nazariyasi orqasidan xususiy soliq 
nazariyalari 
shakllangan 
bo‗lsa, soliq 
munosabatlari 
murakkablashib 
borgani 
sayin hozirgi kunga kelib soliqlarning 
zamonaviy nazariyalari ham shakllanib 
ulgurdi. 
 
223
Тургенев Н. Опытъ теорiи налоговъ. Санкт-Петербургъ. Типография Н.Греча. 1818 г. С.34. 
Копия pdf в Harvard college library. www.books.google.com. 


221 
Uchinchi bosqich – ilk ilmiy qarashlarning paydo bo„lishi

Soliqlarning iqtisodiy mohiyatiga bevosita bag‗ishlagan ilk ilmiy 
tadqiqot olib borgan olim sifatida U.Petti
224
tan olinishiga qaramasdan, 
undan sal oldinroq 1651-yilda e‘lon qilingan Tomas Gobbsning 
―Leviafan‖ nomli siyosiy-falsafiy asarida soliqlarga alohida e‘tibor 
qaratilgan. Gobbs o‗z asarida ibtidoiy jamiyatni ―hamma hammaga 
qarshi urush‖ sifatida tasvirlagan. Jamiyatning bunday halokatli holatini 
oldini olish maqsadida odamlar davlat hokimiyatini yaratishadi deb 
hisoblaydi. Ushbu hokimiyatni namoyon qiluvchi kishilarning borligini 
ta‘minlash uchun jamiyat a‘zolari umumiy jamg‗arma – fisk (lot. 
―fiskus‖ - g‗azna), ya‘ni davlat g‗aznasini tashkil etadilar. Uning 
fikricha, ―soliqlar – jamiyat tinchligi sotib olinadigan baho‖
225
bo‗lib 
hisoblanadi

Sal keyinroq Voban (1707 yil) Gobbs 
fikrini 
boshqacha 
talqin 
qildi: 
―Davlat 
hukmdori ularga (aholiga) bu himoyani 
berolmaydi, qachonki ular hukmdorga zarur 
mablag‗larni yetkazib bermasalar‖.
Yanada keyinroq Sharl Lui Monteskye (1748- 
yil) yuqoridagi qarashni tamomila shakllantirdi. 
U ―soliq to‗lovchilar 
o‗zlarining 
mol-
mulklari ma‘lum bir 
qismini 
boshqa 
qismidan 
xotirjam 
foydalanishlari uchun berishadi‖, degan fikrni 
ilgari suradi. 
Soliqa 
oid 
―jamiyat 
shartnomasi‖ 
nazariyasi J.J.Russo nomi bilan bog‗liq bo‗lib, 
224
Petti U.ning 1662 yilda chop etilgan ―Soliq va yigʼimlar toʼgʼrisida traktat‖ nomli asarida soliqlarning 
nazariy jihatlari ilk bor tadqiq etilgan. U.Petti soliqlarni mutanosib boʼlishi zarur, chunki bu turli 
miqdordagi daromadlarning neytralligini taʼminlaydi degan gʼoyani ilgari suradi. 
225
Майбурд Е.М. Введение в историю экономической мысли. От пророков до профессоров. - М.: 
Дело, Вита-Пресс, 1996. - 128 C.


222 
uning asosida ―fiskal shartnoma‖ nazariyasi yoki unga yaqin bo‗lgan 
davlat va fuqarolar o‗rtasida xizmatlar almashinuvi nazariyasi hosil 
bo‗ldi. Keyinroq bu konsepsiya bir muncha chuqurlashtirildi va soliq – 
bu jamiyat hayotida alohida shaxslarning ishtirok etish shakli, degan 
g‗oya shakllantirildi. 
XIX asrda soliq jamiyat boyligini qayta taqsimlovchi instrument 
sifatida ko‗rib chiqildi. Unga ko‗ra kuchliroq yelkalar og‗irroq yukni 
ko‗tarishi kerak, zaiflarni soliq majburiyatidan ozod qilish va 
kuchsizlarni qo‗llab-quvvatlash, ba‘zida esa jamiyat yelkasiga chiqarish 
kerak, degan fikrga kelindi
226

Merkantilistlar maktabining namoyon-
dalaridan biri J.Boden (fr. Jean Bodin; 1530-
1596) ham soliqlarga shunday ko‗z bilan 
qaraydi
227
. Biroq, merkantilistlar garchi XVII 
asrda asosiy tamoyil hisoblangan tenglik 
tamoyiliga o‗zining sodiqligini bildirgan 
bo‗lsalar-da, soliq solish tamoyillarini 
bevosita ishlab chiqish muammosini o‗z 
oldilarga maqsad qilib qo‗ymaganlar. 
Soliqqa tortishning ilk nazariyalarini 
F.Akvinskiy, T.Gobbs, S.P. de Voban, Sh.Monteskye, S.Volter, 
O.Mirabo, J.Sismondi, T.Maltuz, A.Tyer, D.Mak-Kullox ilmiy ishlarida 
kuzatish mumkin. 
F.Akvinskiy (1225-1274) soliqlarni ―qaroqchilikning ruxsat etilgan 
shakli‖ deb ta‘riflagan. U soliqni olijanob odamlarning boyligi hisobiga 
davlat xarajatlarini moliyalashtirishning eng ―Xudoga ma‘qul shakli‖, 
soliqsiz esa buning umuman iloji yo‗q
228
, deb hisobladi.
F.Bekon (1561-1626) o‗zining ―tajribalar yoki axloqiy-siyosiy 
ko‗rsatmalar‖ asarida shunday yozadi: ―Xalqning roziligi bilan 
226
Shu yerda 128-134 b. 
227
Пушкарева В.М. История финансовой мысли и политики налогов: Учеб. пособие. – М.: 
ИНФРА-М, 1996. – 58 с. 
228
Черник Д. Г., Шмелева Ю. Д. Налоги и налогообложение. Учебник и практикум для СПО. 2-е 
издание, переработанное и дополненное. ―Юрайт‖. М. 2015. С. 493.


223 
undiriladigan soliqlar uning mag‗rurligini pasaytirmaydi. Xalqning 
roziligi bilan yoki uning roziligisiz yig‗im hamyon uchun farqsiz 
bo‗lishi mumkin, ammo xalq ruhiyatiga ta‘siri bir xil emas‖
229

Davlatning rivojlanishi va uning funksiyalarini kengaytirish 
ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya sifatida soliqlar to‗g‗risidagi ilmiy 
qarashlarning evolyusiyasi bilan birga olib 
borilgan. Iqtisodiyot nazariyasi doirasida 
soliqlarning umumiy nazariyasi paydo bo‗ladi. 
Soliqlar umumiy nazariyasining tamal 
toshi ularning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati 
masalasidir. Soliqlar biror narsa evaziga 
to‗lanishi kerak, shuningdek, ular beg‗araz, 
boshqacha aytganda neytraldir. Dastlabki soliq 
nazariyalari o‗zida qaytimlilikni ifoda etgan, 
ya‘ni soliq to‗lovchi davlat tomonidan taqdim 
etilgan muayyan narsa evaziga soliq to‗laydi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin