Chinor fayzi baland


soliqqa tortishning umumiy nazariyalari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/117
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#203151
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   117
6466070627abc SOLIQ NAZARIYASI VA TARIXI

soliqqa tortishning umumiy nazariyalari 
-
soliqqa tortishning xususiy nazariyalari. 
Lekin hozirgi kunga kelib soliqqa tortishning zamonaviy 
nazariyalari ham shakllanib ulgurgan. 
Soliqlarning umumiy nazariyasiga berilgan ta‘riflardan kelib 
chiqqan holda umulashtirib aytganda, soliq nazariyasi – bu soliqlarning 
mohiyati va tabiati hamda jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy 
hayotidagi o‗rni, roli va ahamiyati to‗g‗risidagi ilmiy ta‘limotlar 
tizimidir. 
Soliqning umumiy nazariyalari uchta asosiy nazariyalarga, xususan 
soliqlar xususidagi ilk umumiy nazariyalar, soliqqa tortishning 
takomillashgan umumiy nazariyalari va soliqqa tortishning zamonaviy 
nazariyalariga ajratib o‗rganish mumkin. 
O‗z navbatida, soliqlar xususidagi ilk umumiy nazariyalar to‗rtta 
asosiy nazariyalarga tasniflanadi. Bular: soliqning almashinuv 
nazariyasi, atomistik soliq nazariyasi, soliqning rohatlanish nazariyasi va 
soliqning ―sug‗urta mukofoti‖ nazariyalaridir. 
Shuningdek, 
soliqqa 
tortishning 
takomillashgan 
umumiy 
nazariyalari – soliqqa tortishning klassik nazariyasi, soliqqa tortishning 
keynschilik nazariyasi, soliqqa tortishning neoklassik nazariyasi (―neo‖- 
yangi, yosh), soliqqa tortishning neokeynschilik nazariyasi, soliqning 
qurbonliklar nazariyasi va kollektiv (jamoa) ehtiyojlar nazariyasiga 
232
Сорокина Ю. В. Финансовое управление и правовое регулирование финансовых отношений в 
России XVIII - нач. XX в. Воронеж, 2001. С. 133.


226 
ajratiladi. Soliqqa tortishning neoklassik nazariyasi ham o‗z navbatida, 
monetarizm va taklif iqtisodiyoti nazariyalarga tasniflanadi.
Bundan tashqari, soliqqa tortishning zamonaviy nazariyalari 
mohiyatiga ko‗ra – optimal soliqqa tortish nazariyasi, Ramsey nazariyasi 
va Korletta-Xeyg qoidasi, soliqqa tortish chegarasi nazariyasi, Lorens 
egri chizig‗i nazariyalaridan tashkil topgan. 
Soliqqa tortishning umumiy nazariyalari, soliqqa tortish maqsadini 
aks ettiruvchi umumlashtirilgan ilmiy-nazariy tadqiqotlarni ifodalasa, 
soliqqa tortishning xususiy nazariyalari aniq soliqqa tortish masalalari 
bo‗yicha ishlanmalarni ifodalaydi. Demak, umumiy nazariyalar ikki 
guruhga bo‗linadi. Birinchisi, soliqqa tortishning kelib chiqishi va soliq 
tabiatini ochib beruvchi umumiy nazariyalar, ikkinchisi, soliqqa 
tortishning boshqarish (tartibga solish) nazariyalari hisoblanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin