atomistik nazariya
deb nomlangan turi paydo bo‗ldi.
Atomistik nazariyaga fransiyalik mutafakkirlar
Sebastyen Le Pretr de
Voban (fr. Sébastien Le Prestre de Vauban, 1633-1707) (―jamoat
shartnomasi‖ nazariyasi) va Sharl Lui de Monteskye (fr. Charles-Louis
de Seconda, Baron de La Brède et de Montesquieu; 1689-1755) (―davlat
shartnomasi‖ nazariyasi) hamda Volter kabilar unga asos soldi. Ushbu
nazariya soliq fuqarolar va davlat o‗rtasidagi shartnoma mahsuli ekanini
e‘tirof etadi. Unga muvofiq fuqaro shaxsiy va mulkiy xavfsizligi
himoyasi hamda boshqa xizmatlar uchun davlatga haq to‗laydi
239
.
Biroq, soliqni to‗lash bilan davlatdan olingan manfaatlar o‗rtasida
aniq aloqa o‗rnatish qiyin, chunki soliqni to‗lash sotib olingan tovarlar
uchun pul to‗lashdan farq qiladi. Birinchi holda, dispozitiv (siyosiy va
ijtimoiy institutlar, ma‘muriy qarorlar) munosabatlar haqida, ikkinchi
holatda esa imperativ (talab, tartib, qonun) munosabatlar haqida
mulohaza qilinmoqda. Bunda soliqlar shartnoma asosida emas, balki
davlatning majburlovchi kuchi bilan bog‗liq holda undiriladi. Bundan
tashqari, muayyan shaxs to‗laydigan soliq summasi bilan uning davlat
faoliyatidan oladigan foydasi o‗rtasida tenglik mavjud emas. Davlat
xizmatlarining alohida shaxslarga nisbatan noaniqligi bir mahsulot
qiymatini boshqasining qiymati orqali ifodalovchi miqdoriy nisbat
sifatida qabul qila olmasligidan iborat. Yuqorida muhokama qilingan
239
Пушкарева В.М. История финансовой мысли и политики налогов. М.: Финансы и статистика,
2001. – С 78.
232
ikki nazariyaning o‗xshashligi atomistik nazariyani almashinuv
nazariyasining bir turi ekanligi bilan bog‗liq.
Atomistik nazariya almashinuv nazariyasi kabi soliqlarning
undirilishi davlat va uning subyektlari
o‗rtasida tuzilgan shartnoma bajarilishining
bir
turi
deb
hisoblaydi.
Uning
(shartnomaning) predmeti esa qo‗riqlash,
himoya va boshqa xizmatlar ko‗rsatishdir.
Ichki tartibni va mamlakatda tinchlik-
totuvlikni qo‗llab-quvvatlash muammosi
tashqi
dushmandan
himoya
qilish
muammosi bilan umumlashtiriladi. Bunday
muammoni hal etish uchun mudofaa, sud,
huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlari talab etiladi,
ularni saqlab turish uchun soliq to‗lash zarur.
David Yumning (ingl. David Hume; 1711 - 1776) ―fiskal
shartnoma‖ g‗oyasini alohida ajratib ko‗rsatish maqsadga muvofiq.
O‗zining ―Soliqlar to‗g‗risida‖gi inshosida (1752) u shunday yozgan edi:
iste‘molga soliqlar yuqori darajada o‗rnatilsa, ishchilar o‗z ehtiyojlarini
kamaytirishlari yoki o‗z mehnatiga to‗lanadigan haqning oshirilishini
talab qilishlari kerak. O‗shanda soliq yuki boylarga tushadi, biroq agar
soliqlar maqbul darajada bo‗lsa va bosqichma-bosqich joriy etilsa,
ishchilar ko‗proq va yaxshiroq ishlay boshlaydi, ularning turmush
darajasi esa ish haqi oshirilmasa ham
avvalgidek
qoladi.
Bunday
holat
mamlakatning umumiy iqtisodiy o‗sishiga
olib boradi degan xulosaga keladi
240
.
Mashhur rus iqtisodchisi I.M.Kulisher
(1878-1934)
almashinuv
nazariyasining
xususiyati
va
iqtisodiy
ta‘limotlar
taraqqiyotidagi
o‗rni haqida to‗xtalib,
shunday degan: ―Ushbu bitim har doim ham
240
Майбурд Е.М. Введение в историю экономической мысли. От пророков до профессоров. - М.:
Дело, Вита-Пресс, 1996. - 144 C.
233
ixtiyoriy va boz ustiga adolatli bo‗lmagan, lekin baribir ushbu
ayirboshlash oxir-oqibatda foydalidir. Hattoki zaif bo‗lib qolgan
hukumat ham fuqarolarini, ular o‗zlarini mustaqil himoya qilganidan
ko‗ra arzonroq hamda yaxshiroq muhofaza qila oladi‖
241
.
Biroq,
iqtisodiy
ta‘limotlarni rivojlantirishdagi fransiyalik
olimlarning xizmati atomistik nazariyani yaratish bilan cheklanib
qolmadi. Fransiyaning fiziokratlar maktabi vakili Onore Mirabo (fr.
Honoré Gabriel Riqueti, comte de Mirabeau, 1749-1791) tomonidan
F.Kene bilan hamkorlikda yozilgan risolalaridan (pamflet) birida soliq
bo‗yicha mulohazalarining asosiy qoidalarini shakllantirdi. Mirabo har
qanday soliq solish uchta tamoyilga javob berishi kerak deb hisoblardi:
birinchidan, u bevosita daromadlar manbaining o‗ziga asoslangan
bo‗lishi lozim; ikkinchidan ushbu daromadlar bilan muayyan
munosabatda bo‗lishi zarur; uchinchidan, uni undirish xarajatlari haddan
ortiq ko‗p bo‗lmasligi kerak.
Fransua Kene (fr. François Quesnay, 1694-1774) o‗zining iqtisodiy
jadvalini tahlil qilishda takror ishlab chiqarish jarayonini qisqartiruvchi
sabablar
sifatida
quyidagilarga
alohida
to‗xtalgan:
1)
soliq
solishning
noqulay
shakli;
2)
soliqlarning
ortiqcha
yuki;
3) ortiqcha sud chiqimlari
242
.
Demak, F.Kene takror ishlab chiqarish
ko‗lamini
kengaytirish
iqtisodiyot
241
Кулишер И.М. Очерки финансовой науки. Пг., 1919.
https://bstudy.net/608308/ekonomika/nalogovaya_teoriya_obmena_raznovidnosti
242
Лобачева Е.Н. Экономическая теория. Учебник для академического бакалавриата. 4-е изд.,
перераб. и доп.- М.: Издательство Юрайт. 2015. – 539 с. – Серия: Бакалавр. Академический курс.
234
rivojlanishining muhim yo‗nalishlaridan biri sifatida qarab, soliq yuki va
sud chiqimlarini salbiy ta‘sir etuvchi omillar deb baholaydi. Fiziokratlar
maktabining xizmati shundan iboratki, u soliq umumiy yoki sof
foydadan olinishi kerakmi degan savolga birinchi bo‗lib javob berayotib,
oxirgisiga ustuvorlik berdi. Bu esa ularning nuqtai nazaridan soliq yuki
taqsimlanishining tengligini ta‘minlashi kerak. Shunday qilib, ular soliq
solish tamoyillari to‗g‗risidagi masalani birinchilardan bo‗lib ilgari
surdi.
Shartnoma nazariyasiga to‗xtaladigan bo‗lsak, davlat xizmatlari
aniq yoki mavhum bo‗lishi mumkin. Masalan, ―mulkingizni
tajovuzlardan himoya qilish uchun xotirjamlik‖ davlat xizmatining
mavhum ifodasidir.
Monteskye soliqqa tortishni madaniyatli
jamiyatda yashash huquqi uchun to‗lov deb
hisobladi. Atomistik nazariya vakillarining
so‗zlariga ko‗ra, hech kim soliqlardan va
davlat tomonidan ko‗rsatiladigan xizmatlardan
foydalanishdan bosh torta olmagan. Bu
aqidaga asosan soliq fuqarolarning manfaati
(foydasi) va tinch hayoti uchun jamiyatning
bahosi bo‗lgan
243
.
Bu nazariya boshqacha aytganda shartnomaviy deb ataladi ―jamiyat
shartnomasi‖ nazariyasi, bu nazariya doirasida ―fiskal shartnoma‖
nazariyasi paydo bo‗ldi). Unga ko‗ra jamiyat va davlat o‗rtasida o‗ziga
xos shartnoma mavjud. Shartnoma shartlariga ko‗ra, davlat jamiyatga
ijtimoiy xizmatlarni ko‗rsatish majburiyatini oladi, buning evaziga
undan soliq undirish huquqini oladi. Boshqacha qilib aytganda, jamiyat
davlatga soliq to‗lash bo‗yicha o‗z huquqini o‗tkazadi
244
.
243
Майбурд Е.М. Введение в историю экономической мысли. От пророков до профессоров. - М.:
Дело, Вита-Пресс, 1996. - 284 C.
244
Toshmatov Sh., G‗iyosov А., Giyasov S. Soliq nazariyasi va tarixi. O‗quv qo‗llanma. – T.: Iqtisod-
Moliya, 2021. – 267 b.
235
Xuddi shu nazariya uning (nazariyaning) boshqa vakillari
tomonidan biroz boshqacha tarzda talqin qilinadi: soliq hatto davlatning
tashkil etilishi emas, balki jamiyatning o‗zi tomonidan uning vakillari,
ya‘ni parlament a‘zolari orqali amalga oshiriladi.
Umuman olganda, atomistik nazariya qoidalari zamonaviy soliqqa
tortish va soliq yukini taqsimlashning ikkita konseptual tamoyillaridan
birining asosini tashkil etganini ta‘kidlash kerak. Bu olingan foyda
(xizmatlar, naf, manfaat) tamoyili bo‗lib, uning asosida to‗lovga qodirlik
tamoyili bilan birgalikda hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarning
soliq tizimlari qurilmoqda.
Dostları ilə paylaş: |