Chinor fayzi baland



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/117
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#203151
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   117
6466070627abc SOLIQ NAZARIYASI VA TARIXI

UDK: 336.22(075.8) 
KBK: 65.261.8ya73 
ISBN 978-9943-7878-9-6 
© I.M.Niyazmetov, S.A.Giyasov, 
F.A.Fayziyev, R.R.Duschanov, 2022 
© “CHINOR FAYZI BALAND”, 2022 



 
KIRISH 
Har qanday jamiyatning taraqqiyot bosqichlarida soliqlarning 
vujudga kelish tarixi ilk davlatchilik asoslari paydo bo‗lishi bilan 
chambarchas bog‗liqdir. G‗oyat mas‘uliyatli, o‗z navbatida, o‗ta yuqori 
darajadagi ehtiyojni o‗zida ifodalagan soliqlarning o‗ziga xos 
rivojlanishi natijasida ularning jamiyat taraqqiyotida yangi qirralari, 
imkoniyatlari ortib bordi. 
Soliq muhim va serqirra ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya bo‗lib, uning 
turli shakllarda paydo bo‗lishi va amal qilishi kishilik jamiyati rivoji 
bilan chambarchas bog‗liq. 
O‗zbekiston hududida davlatchilikning uch ming yillik tarixga ega 
ekanligi bu makonda soliq munosabatlarining ham shuncha davrlik 
tarixga ega ekanligidan dalolat beradi. Tarixiy manbalarning guvohlik 
berishicha, miloddan avvalgi IX asrlarda Xorazm vohasi hududida 
zardo‗shtiylik dinidagi ajdodlarimiz yashagan davlat vujudga kelgan. Sal 
keyinroq Movarounnaxr hududida Baqtriya (Surxon vohasi) va So‗g‗d 
(Zarafshon, Qashqadaryo vohalari) kabi davlatlar shakllangan. Tabiiyki, 
Turon zaminidagi bu qadimiy davlatlar o‗z soliq munosabatlari tarixiga 
ega. 
Soliqlarning tarixiy shakllanishi va rivojlanishini, shuningdek
ularning bugungi kunda davlat va jamiyat hayotidagi o‗rnini o‗tmishda 
kechgan soliq munosabatlari bilan solishtirish asosida tadqiq etish 
hamda tizimning rivojlanish istiqbollarini ilmiy manbalar hamda tarixiy 
hujjatlar asosida o‗rganish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Jahon iqtisodiyotining taraqqiyot tajribalari shuni ko‗rsatadiki, 
soliqlar iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishda muhim vosita 
bo‗lib kelgan. Soliqlar davlatlarning moliyaviy faoliyatini ta‘minlash va 
kafolatlashga xizmat qilgan. Amaliyotda va nazariyada soliqlar 
mohiyatiga nisbatan turlicha qarashlar paydo bo‗lib kelgan. Shu bois, 



har bir davlat soliqlardan o‗ziga xos tarzda va turli sharoitlarda har xil 
shakllarda foydalanib kelgan. 
Shu sababdan, soliq solishning jahon hamda mamlakatimiz 
hududida kelib chiqish va shakllanish tarixining asosiy jihatlarini 
o‗rganish bugungi kunda soliq siyosatini to‗g‗ri ishlab chiqish va 
samarali soliq tizimini shakllantirishda, soliq sohasida amalga 
oshirilayotgan keng qamrovli islohotlardan ijobiy natijalarga erishish, 
bozor iqtisodiyoti sharoitida soliqlardan iqtisodiy tartibga solish vositasi 
sifatida foydalanishda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, har qanday 
jamiyat o‗zining xususiyati va tabiatiga ko‗ra soliqlar va soliqqa tortish 
jarayoniga hamohangdir. 
Yuqoridagilardan kelib chiqib, soliq munosabatlarining tarixi 
hamda soliqqa tortishning nazariy jihatlarini o‗rganish maqsadida ―Soliq 
nazariyasi va tarixi‖ fani asosiy fanlardan biri sifatida shakllandi. Ushbu 
fan ―Soliqlar va soliqqa tortish‖ yo‗nalishidagi bakalavriat bosqichi 
talabalariga o‗qitiladigan dastlabki mutaxassislik fani hisoblanadi. 
O‗quv qo‗llanmada soliqqa tortish nazariyasi va tarixining barcha 
jabhalari qamrab olingan. Fanni o‗qitish soliqlar tarixi va nazariyasini 
uyg‗unlikda o‗rganishga qaratilgan. 
Mazkur o‗quv qo‗llanma mantiqiy jihatdan uch qismdan iborat. 
Birinchi qism bitta mavzu (birinchi bob) doirasida yoritilgan bo‗lib, 
unda ―Soliq nazariyasi va tarixi‖ fanining soliqqa oid boshqa fanlar 
nazariy-uslubiy poydevori va davlat soliq siyosatining ilmiy asosi 
sifatidagi mohiyati ochib berilgan. Fanning predmeti va mazmuni 
yoritilgan. Fanni o‗rganishdagi umumiy va alohida usullari keltirilgan. 
Shuningdek, fanning kadrlarni tayyorlash va ilmiy tadqiqotlarni 
o‗tkazishdagi o‗rni va ahamiyati ochib berilgan. 
Ikkinchi qism soliqlarning paydo bo‗lishi va shakllanishi tarixini 
o‗rganishga bag‗ishlangan. O‗quv qo‗llanmaning bu qismi yettita 
mavzuni (II-VIII boblarni) qamrab olgan bo‗lib, bu mavzular doirasida 
soliqlarning vujudga kelishi, qadimgi dunyo davlatlarida soliq 



munosabatlarining shakllanishi, arablar, turon zaminidagi boshqa o‗rta 
asr davlatlari, mo‗g‗ul istilochilari, temuriylar, o‗zbek xonliklari, rus 
chorizmi va sovet hukmronligi davrlarida Markaziy Osiyodagi amal 
qilgan soliqlar hamda soliq munosabatlari batafsil yoritilgan. 
O‗quv qo‗llanmaning uchinchi qismi soliqlar nazariyasiga 
bag‗ishlangan to‗rtta mavzuni (IX-XII boblar) qamrab olgan bo‗lib, 
unda soliqqa oid ilmiy qarashlarning shakllanishi, soliqlar xususidagi ilk 
umumiy nazariyalar, soliqqa tortishning takomillashgan umumiy 
nazariyalari, soliqqa oid dastlabki xususiy nazariyalar hamda soliqqa 
tortishning zamonaviy nazariyalari ko‗rib chiqiladi. 
Yuqoridagilardan ko‗rinadiki, ushbu o‗quv qo‗llanmada soliqqa 
tortish nazariyasi va tarixining barcha jabhalari qamrab olingan. 




Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin