1-BOB. “SOLIQ NAZARIYASI VA TARIXI” FANINING
PREDMETI, MAZMUNI VA UNI O„RGANISH USULLARI
§
1.1. “Soliq nazariyasi va tarixi” fani soliqqa oid boshqa fanlarning
nazariy-uslubiy poydevori va davlat soliq siyosatining ilmiy asosi
sifatida
Har qanday jamiyatning taraqqiyot bosqichlarida soliqlarning
vujudga kelish tarixi davlat paydo bo‗lishi bilan chambarchas bog‗liq.
Shu sababdan soliq solishning jahonda hamda mamlakatimizda kelib
chiqish va shakllanish tarixini, asosiy jihatlarini o‗rganish bugungi
kunda davlat xazinasini boyitishda va soliqlarni to‗g‗ri shakllantirishda,
mamlakatimizda
olib
borilayotgan
iqtisodiy
islohotlarni
chuqurlashtirishda, bozor iqtisodiyoti sharoitida soliqlardan iqtisodiy
boshqaruv vositasi sifatida foydalanishda alohida ahamiyat kasb etadi.
Soliq muhim iqtisodiy kategoriya, uning turli shakllarda paydo
bo‗lishi va amal qilishi kishilik jamiyati bilan chambarchas bog‗liq.
Soliqlar davlatlarning moliyaviy faoliyatini ta‘minlash va kafolatlashga
xizmat qilgan. Amaliyotda va iqtisodiyotda soliqlar mohiyatiga nisbatan
turlicha qarashlar bo‗lgan. Shu bois har bir davlat soliqlardan o‗ziga xos
tarzda va turli sharoitlarda har xil shakllarda foydalanib kelgan.
Soliqlarning vujudga kelishi va shakllanishi davlat paydo bo‗lishi va
rivojlanishi bilan bog‗liq. Davlat mamlakatda yaratilgan ijtimoiy
mahsulot ishlab chiqarish va uni taqsimlashning qonun-qoidalarini
ishlab chiqadi. Bu taqsimlashdagi munosabat bozor iqtisodiyoti
sharoitida pul orqali amalga oshiriladi. Davlat uni taqsimlashni ham pul
munosabatlari orqali, ya‘ni soliq, pul va kredit orqali amalga oshiriladi.
Davlatning bunday faoliyatini o‗rganish ―Soliq nazariyasi va tarixi‖
fanining diqqat markazida turadi.
Bozor iqtisodiyoti talab va taklif, raqobat, qiymat va boshqa
qonunlar orqali amalga oshiriladi. Bozor iqtisodiyoti – erkin va pulli
7
munosabatlar iqtisodiyotidir. Soliqlar ham pul munosabatlarini ifoda
etganligi uchun bozor iqtisodiyoti tarkibiga kiradi, uning ajralmas qismi
hisoblanadi.
Soliqlar
davlat
byudjetining
daromadlar
qismini
shakllantiradi.
Bozor iqtisodiyoti qonunlari ―Soliq nazariyasi va tarixi‖ fanining
asosini tashkil etadi. U qonunlarni chuqur anglamasdan turib, soliqlarni
tushunib bo‗lmaydi.
Bozor iqtisodiyoti qonunlarini o‗rganib chiqib, davlat yalpi ichki
mahsulot qiymatini soliqlar orqali taqsimlash vazifasini o‗z zimmasiga
oladi. Shunday ekan, davlat to‗g‗risidagi ta‘limot davlat iqtisodiyotini
boshqarishda
bosh
rol
o‗ynaydi. Davlat bozor iqtisodiyotini
boshqarishda yetakchilik, boshqaruvchilik vazifalarini bajaradi. Davlat
soliqlarni iqtisodiy mohiyati va vazifalarini o‗rganib chiqib, uni
amaliyotga tatbiq qilishni o‗z zimmasiga oladi.
Soliq munosabatlari davlatning bajaradigan vazifa va faoliyati
amaliy jarayonining ibtidosini tashkil etadi. Chunki, har qanday
ustqurtma muayyan iqtisodiy bazisdan oziqlanadi. O‗z navbatida,
bazisning fundamental asosini yaratuvchi omillar, ayni paytda uning
qismatini ham belgilaydi. Mazkur ta‘kiddan kelib chiqib, ana shu
bazisning oqilona asosini shakllantiruvchi soliq hamda uning tizimini
jamiyat tarixi taraqqiyotida tutgan rolini ko‗zdan kechiradigan bo‗lsak,
o‗ziga xos dastak ekanligini ilg‗ash qiyin emas.
―Soliq nazariyasi va tarixi‖ fanini o‗qitishning zarurligi bozor
iqtisodiyoti munosabatlari ichida soliq munosabatlarining ahamiyati
o‗sib borayotganligidan kelib chiqadi.
Mazkur fan soliq voqeliklarini chuqur o‗rganish asosida zarur
xulosalar chiqarib, ularni amaliyotga tatbiq etish yo‗llarini o‗rgatadi.
―Soliq nazariyasi va tarixi‖ fani soliq amaliyotidagi eng to‗g‗ri, eng
mukammal va eng progressiv voqeliklarni o‗rganib, amaliyot uchun
xuddi bir dasturiy amalday yoritib beradi. Nazariya voqeliklarni
8
amaliyotdan oladi va yana amaliyotdan eng to‗g‗ri, ma‘qul va ilg‗or
tajribalar olinib, amaliyotga yo‗l ko‗rsatish uchun o‗rgatiladi.
Demak, nazariya amaliyot uchun kerak va amaliyot uchun kompas,
barometr, yo‗l boshlovchi vazifasini bajaradi. Nazariyasiz amaliyot
yo‗ldan adashgan yo‗lovchidir. Nazariyani chuqur bilgan amaliyotchi
har qanday o‗zgarishlarda ham ishlab keta oladi va yo‗ldan adashmaydi.
«Soliq nazariyasi va tarixi‖ fanini o‗qitishning zarurligi amaliyotda
yo‗ldan adashmaslik, keraksiz soliqlar bo‗yicha o‗zgartishlarga yo‗l
qo‗ymaslik, amaliyotda istiqbolli qadamlar tashlash uchun va katta
muvaffaqiyatlarga erishish uchun ham zarurdir
1
.
―Soliq nazariyasi va tarixi‖ fani masalalariga doir bilimlarni
o‗rganish boshqa fanlardan ham xabardor bo‗lishni talab etadi.
Jumladan, tarix fanlari, iqtisodiy ta‘limotlar tarixi va nazariyasi, moliya
nazariyasi, davlat moliyasini boshqarish hamda soliqlar va soliqqa
tortish yo‗nalishidagi fanlar shular jumlasidandir.
Fanning tarixga oid boshqa fanlar bilan bog‗liqlik jihati shundan
iboratki, ―Soliq nazariyasi va tarixi‖ fanida ham soliqlarning rivojlanish
bosqichlari, davrlari, har bir davrda va davlatda amal qilgan soliqlar,
ularning tarkibi va tuzilishi, dinamikasi kabilar o‗rganiladi. Xususan,
fanning iqtisodiy ta‘limotlar tarixi bilan bog‗liqlik jihati shundaki, har
ikkala fan ham o‗z predmetida asosan jamiyat taraqqiyoti davrlarida
ulardagi muammolarni yechib berishga qaratilgan turli shaxslarning
iqtisodiy fikrlarini, g‗oyalarini va turli nazariyalarning mohiyatini
o‗rganadi.
―Soliq nazariyasi va tarixi‖ fani iqtisodiy nazariya fani bilan
chambarchas
bog‗liqdir
va
uning
maxsus
bo‗limi,
ya‘ni
chuqurlashtirilgan,
kengaytirilgan
bo‗limdir.
Chunki,
soliq
nazariyasining qonuniyatlari umumiqtisodiy nazariya qonuniyatlaridan
chetga chiqmasdan, ularga asoslanadi. Shuningdek, mazkur fan ―Moliya
nazariyasi‖ fani bilan ham chambarchas bog‗liqdir. Chunki, moliya
1
Yahyoyev Q. Soliqqa tortish nazariyasi va amaliyoti. Darslik (qayta ishlangan). TMI. Fan va
texnologiyalar markazi. Toshkent. 2003. 247 b.
9
uchun ham, soliq uchun ham yagona asos pul munosabatlarining
mavjudligidir. Lekin soliq nazariyasi o‗ziga xos bo‗lgan pul
munosabatlarini, ya‘ni soliq to‗lovchilar bilan davlat o‗rtasidagi
majburiy pul munosabatlarini o‗rganadi.
―Soliq nazariyasi va tarixi‖ fani soliqlar va soliqqa tortish
yo‗nalishidagi boshqa barcha fanlar bilan chambarchas bog‗liqdir.
Mazkur fan o‗z predmeti bilan, birinchi navbatda, soliq tizimi va soliqqa
tortish asoslari bilan hamnafas bo‗lishi lozim. Unda asosan soliqlarning
kelib chiqishi, tabiati, iqtisodiy mohiyati, belgilari, funksiyalar hamda
soliqqa tortish tamoyillari kabi bilimlar qamrab olinganligi ―Soliq
siyosati‖, ―Soliqqa tortish asoslari‖, ―Iqtisodiyotni soliqlar vositasida
tartibga solish‖, ―Individual daromadni soliqqa tortish‖, ―Bilvosita
soliqqa tortish asoslari‖, ―Biznesni soliqqa tortish‖, ―Soliq huquqi‖,
―Soliq ma‘murchiligi‖ va boshqa shu kabi soliqqa oid fanlar bilan
chambarchas bog‗liqligini, ushbu fanlarning nazariy poydevori
ekanligini anglatadi.
Bundan tashqari, ushbu fan doirasida o‗rganiladigan kishilik
jamiyatida soliq munosabatlarining yuzaga kelishi va rivojlanishi,
soliqlarning iqtisodiy mohiyati va soliqqa tortishning obyektiv zarurligi
hamda iqtisodiy munosabatlarda soliqlarning beqiyos o‗rni va roli davlat
soliq siyosatining ilmiy-nazariy asosini tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: |