107
Ular amirning moliya devoniga bo‗ysunib, maxsus soliq
yig‗uvchilarning to‗plagan yig‗imlarini davlat
xazinasiga tushishini
nazorat qilganlar.
Hokimiyat tepasiga kelgan dastlabki kezlarida Temur mamlakatdagi
siyosiy parokandalikni bartaraf etish uchun o‗z egaligidagi mulklardan
keladigan daromadlar hisobidan davlatning siyosiy mavqeini bir qadar
mustahkamlab turgan. Soliqlardan tushgan mablag‗larni esa asosan
infratuzilmani yaxshilashga sarflagan.
Amir Temur davridan ilgari ma‘lum yo‗nalishlarda
chinakam
ehtiyoj to‗liq o‗rganilmasdan xarajatlar chamalab berilar edi. Oqibatda
ortib qolgan mablag‗lar xazinaga qaytarilmasdan ko‗plab anglashilmov-
chiliklarga
sabab
bo‗lib kelgan. Temur xazina xarajatlarini
me‘yorlashtirish borasida ham islohotlarni amalga oshiradi.
Me‘yorlar, birinchi galda, sipohiylar, lashkarboshilar va
vazirliklarning lavozimli xizmatchilariga beriladigan ulufalarda o‗z
ifodasini topgan. Bunda, pullik normalar
bilan birga moddiy normalar
ham qo‗llanila boshlangan.
Temur ―Tuzuklar‖ida aytilishicha, ―Amr
kildimki, amirul umaroning maoshi o‗z qo‗l
ostidagidan o‗n barobar ortiq bo‗lsin. Shunga
o‗xshash, devonbegi va vazirlarning maoshlari
amirlar maoshidan o‗n barobar ko‗p bo‗lsin.
Yasovullar,
chapovullar,
qalaqchilarning
maoshlari o‗z xizmatlariga
yarasha mingdan to
o‗n ming tangagacha bo‗lsin; ahli majlis bo‗lgan
sayyidlar, olimlar, fozil kishilar: hakimlar,
tabiblar, munajjimlar, qissaxonlar, xabarchilar,
tarixdonlarga o‗z
hollariga qarab, suyurg‗ol, vazifa va maosh
belgilasinlar. Piyodalar, xizmatchilar,
farroshlarga yuzdan ming
tangagacha maosh bersinlar‖.
108
Amir Temur devonida maxsus vazirliklar faoliyat olib borgan,
ulardan uchinchisi ―Mulkchilik va soliq ishlari devoni‖
(vazirlik) deb
atalgan. To‗rtinchisi ham moliya hamda xarajatlar tizimi bilan
shug‗ullangan vazirlik bo‗lib, ―Kirim-chiqimlar va xazinadan sarf
qilinayotgan barcha xarajatlar hisobini olib boruvchi moliya vazirligi‖
deb atalgan.
Soliq ishlari devoni turli sabablarga ko‗ra
egasiz qolgan mol-
mulklarni nazoratga olish, savdogarlardan zakot va boj undirish,
mamlakat
chorvalari,
o‗tloq-yaylovlarni
boshqarish,
ularning
barchasidan
tushadigan
daromadlarni
saqlash,
mulkchilik
va
merosxo‗rlik tartiblarini yuritish kabi vazifalarni amalga oshirgan.
―Tuzuklar‖da moliya vazirlariga tegishli diqqatga sazovor quyidagi
jumlalar uchraydi: ―Moliya vazirlari moliya ishlarida xiyonat qilib
o‗zlashtirib olgan bo‗lsalar, agar o‗zlashtirib olgan mablag‗i o‗ziga
tegishli ulufa (maosh) miqdoriga teng bo‗lsa, mazkur mablag‗ unga
sovg‗a – in‘om o‗rnida berilsin. Agar o‗zlashtirib olgan mablag‗i
maoshidan ikki baravar ortiq bo‗lsa, ortig‗i
oladigan maoshidan ushlab
qolinsin. Agar maoshidan uch baravar ko‗p mablag‗ olingan bo‗lsa,
hammasi saltanat xazinasiga tortiq sifatida olinsin
50
‖.
Dostları ilə paylaş: