Chinor fayzi baland



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/117
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#203151
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   117
6466070627abc SOLIQ NAZARIYASI VA TARIXI

muzoriy 
(ziroatchilar)
 
deb 
yuritilgan.
 
5.3-rasm. Temuriylar davrida muzoriylarning tabaqalanishi 
Muzoriy davlat yoki vaqf yerlarida ham, tarxon yoki suyurg‗ol 
egalari kabi yirik mulkdorlarning yerlarida ham yollanma ziroatchi 
bo‗lib dehqonchilik qilgan. Uning hosildan oladigan hissasi yer 
egalarining yerdan tashqari, urug‗lik, omoch, ho‗kiz, ot-arava kabilarni 
davlat 
yerlarida 
ishlovchi 
muzoriylar 
mulkdorlar-
ning yerlarida 
ishlovchi 
muzoriylar 
o‗z yeriga ega 
boʼlgan 
dehqon 
muzoriylar 
vaqf 
mulklarida 
ishlovchi 
muzoriylar 
Muzoriylarning turlari 


111 
berishiga qarab belgilangan. Qanday yerda dehqonchilik kilishidan qat‘i 
nazar, muzoriy hamma vaqt soliqlarni to‗lar va majburiyatlarni o‗tar edi. 
Amir Temur jahondagi 27 mamlakatni bosqichma-bosqich o‗z 
davlati tarkibiga kiritib, yagona davlat safida birlashtirdi, ularning 
iqtisodiyoti va moliya tizimini takomillashtirdi. 
Bu mamlakatlarning tabiiy sharoiti bir xil bo‗lmaganidek, ularning 
iqtisodiy rivojlanish darajalari ham, shuningdek, aholisining turmush 
darajasi, mashg‗uloti, boshqa mamlakatlar bilan savdo aloqalari ham bir 
xil emas edi. 
Amir Temurning yagona mustahkam saltanatni shakllantirish 
strategiyasida moliya muammolari o‗zining muhimligi bilan boshqa 
muammolardan ajralib turar edi. 
Temur, 
avvalo, 
davlat 
moliyasining 
mo‗g‗ul va boshqa 
bosqinchilarga qaramligiga uzil-kesil nuqta qo‗ydi, ulkan mamlakatning 
mustaqil davlat moliyasini yaratdi va uni muttasil takomillashtirib bordi. 
Markazlashtirilgan davlat tarkibiga kirgan barcha mamlakatlar 
moliyasini bir tizimga birlashtirdi va ularni ma‘muriy boshqarish 
talablari asosida idora qilish usullarini joriy etdi. 
Qur‘oni karim talablarini o‗zida ifoda etgan moliya sohasidagi 
shariat qonunlari asosida soliq tizimi shakllantirildi. Bunda har bir 
mamlakat va aholining xususiyatlarini e‘tiborga olib, qator imtiyozlar 
joriy etildi. 
Davlat xazinasi resurslari va mahalliy ulus hamda tumanlar 
ixtiyoridagi mablag‗lar tarkibiga aniqlik kiritildi, ularning markaz bilan 
moliyaviy munosabatlari takomillashtirildi. Shu o‗rinda, aytish lozimki, 
Amir Temur Yevropadagi birinchi byudjet tuzilishiga (XVII asr) 
nisbatan taxminan uch asr avval mamlakatni idora qilishda byudjetning 
dastlabki kurtaklarini ishlab chiqdi va joriy qildi. 
Ma‘lumki, islom shariatida ham ―byudjet‖ tushunchasi mavjud va u 
―baytulmol‖
52
deb yuritiladi. Shunday qilib, mayda mulklar amirlarga, 
uluslarga, ya‘ni ikki-uchta sobiq mamlakat amirzodalariga beriladi. 
52
Ilk ―baytulmol‖ boy yaxudiylar yashaydigan Xaybar kalʼasi zabt etilganda (milodiy 627 yilda) vujudga 
kelgan.


112 
―Suyurg‗ol‖ va ―ulufa‖ o‗rtasidagi tafovut esa tarxonlar, amirlar, 
bahodirlar, iqtadorlar kabi harbiy amaldorlar vakolatlari va ularning 
mol-mulki bilan to‗ldiriladi. 
Amir Temur zamonida saltanatning 40 ga yaqin shahrida, shu 
jumladan, Samarqandda pul zarb qiluvchi korxonalar tashkil qilingan. 
Bunday korxonalar daromadlarining 3/4 qismi xazinaga ajratilgan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin