119
Birinchi tamoyil – adolatparvarlik tamoyili. Soliqqa tortishning
ommaviy
xarakteri, soliqni fuqarolarning daromadlariga qarab
taqsimlash.
Ikkinchi tamoyil – aniqlik tamoyili. Bunga asosan soliq to‗lovchiga
soliq hisoblash usuli va to‗lash vaqti oldindan ma‘lum bo‗lishi kerak.
Uchinchi tamoyil
– soliq to‗lash va undirish aholiga qiyin bo‗lmas-
dan, qulay bo‗lishi kerak. Soliq fuqarolar uchun qulay vaqtda va usulda
undirilishi kerak.
5.6-rasm. Amir Temur davrida soliqqa tortish jarayonini tashkil
etishda qo„llanilgan tamoyillar
To‗rtinchi tamoyil
-
soliqlarni tobora takomillashtirib, soliq to‗plash
xarajatlarini esa kamaytirib borish tamoyili.
Bu tamoyillarni Amir Temur ―Tuzuklar‖da o‗ziga
xos mulohaza
bilan bayon qilgan. Masalan, uning fikricha,
soliq hosil pishib
yetilgandan keyin olinishi kerak. Bundan tashqari,
Temurning
tashabbusi bilan favqulodda va mahalliy ahamiyatga ega bo‗lgan
soliqlarning bir qanchasi bekor qilinadi. Bular qatoriga sovariy (oliy
mansabdagi kishilarga sovg‗a uchun olinadigan), qo‗nalg‗a (elchilar va
choparlar uchun mehmon puli), shilon (saroy xizmatchilari uchun
sovg‗a) va boshqalar kirgan.
Amir Temur davlati moliyasini tahlil etganda markaziy va mahalliy
xazinalarga tushadigan barcha to‗lovlar
bilan birga, ayrim soliqsiz
daromadlar ham e‘tiborda tutilishi kerak. Quyida
shulardan ayrimlarini
keltiramiz:
chorvachilikdan keladigan daromadlar;
bosib olingan mamlakatlar xazinalarini musodara qilishdan
keladigan daromadlar;
Аdolatparvarlik
tamoyili
Kam
xarajatlilik
tamoyili
Аniqlik
tamoyili
Qulaylilik
tamoyili
120
oltin va kumushdan pul zarb qilishdan keladigan daromadlar;
nodir metallarni qazib olish va
ularni sotishdan keladigan
daromadlar;
bedarak yo‗qolgan shaxslardan qolgan, vorissiz mol-mulklar;
qozilar va shayxulislomlarning hukmi bilan olingan jarimalar;
tashqi savdoni rivojlantirishdan tushgan daromadlar;
sovg‗alar va xazinaga taqdim qilingan boshqa daromadlar.
Dostları ilə paylaş: