Chirchiq davlat pedagogika universiteti “fizika va kimyo” kafedrasi “fizika va astranomiya o’qitish metodikasi”


URUG‘LANISH JARAYONIDA 2 TA FAZA FARQ QILINADI



Yüklə 56,82 Kb.
səhifə4/6
tarix25.12.2023
ölçüsü56,82 Kb.
#197109
1   2   3   4   5   6
URUG‘LANISH. MAYDALANISH (DARS ISHLANMA)

URUG‘LANISH JARAYONIDA 2 TA FAZA FARQ QILINADI:

  • Urug‘lanishning ichki fazasi

Urug‘lanishning tashqi fazasi spermatozoidlarning tuxum hujayraga intilishi va tuxum hujayrada qabul qiluvchi do‘mboqchalarning hosil bo‘lishi bilan ifodalanadi. Effektiv (chaqqon) spermato­zoidlarning bittasi bu do‘mboqchaga yetib borib, unga yopishib oladi. Spermatozoid tuxum hujayraga tekkan zahoti spermatozo­id boshchasining akrosomasidagi gialuronidaza fermenti ta’sirida follikulyar hujayralar orasidagi va tuxum hujayra qobig‘idagi glikozaminoglikan erib ketadi. Spermatozoid boshchasi, bo‘yni va tanasi tuxum hujayraga kirib, dumi tashqarida qoladi.



Urug‘lanishning ketma-ket bosqichlarining sxematik tasviri:
A – spermatozoidning tuxum hujayrasiga yaqinlashishi;
B – spermatozodning bosh va bo‘yin qismini kirishi;
C – yadrolarning qo‘shilishi;
D - maydalanishni boshlanishi:
1–tuxum hujayra yadrosi;
2– spermatozoid yadrosi;
3– qo‘shilish burtiqchasi;
4–sentriolalar (hujayra markazi);
5–tuxum hujayra xromosomalari;
6- spermatozoid xromosomalari;
7 – ayol pronukleusi;
8 - erkak pronukleusi.

Spermatozoid tuxum hujayraga kirgach, kortikal gra­nulalar boshqa spermatozoidlarning kirishiga to‘sqinlik qiluvchi urug‘lanish qobig‘ini hosil qiladi. Polispermiyada esa sariqlik pardasi bilan tuxum hujayra qobig‘i orasida sariqlik bo‘shlig‘i hosil bo‘lib, bu yerda sariqlik membranasidan o‘tgan spermatozoidlarning bir qismi halok bo‘ladi. Shu davrdan boshlab urug‘lanishning ichki fazasi boshlanadi va quyidagicha ta’riflanadi: hujayraning yadrosidan iborat bo‘lgan spermatozoidning boshchasi sitoplazmaga kirganidan so‘ng shishadi va tuxum hujayraning yadrosiga nisbatan 180° ga buriladi. Natijada, sperma­tozoidning sentrosomadan iborat bo‘lgan bo‘yni oldinda bo‘lib qoladi va tuxum hujayrasining yadrosi tomon harakatlanadi.


Sentrosoma atrofida axromatin to‘ri hosil bo‘ladi. Tuxum hujayraniig yadrosi ham shishadi va spermatozoidning yadrosi to­mon harakatlanadi, ikki yadro birlashib, zigota deb ataluvchi urug‘langan tuxum hujayra hosil bo‘ladi. Shunday qilib, urug‘lanpsh jarayonida spermatozoid tuxum hujayraga ota organizmining irsiy belgilarini saqlovchi yadrodan tashqari sentrosoma va mitoxondiyalarni ham olib kiradi. Shundan so‘ng embrional taraqqiyotning ikkinchi bosqichi – maydalanish boshlanadi.



Yüklə 56,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin