Chirchiq davlat pedagogika universiteti gumanitar fanlar fakulteti sirtqi tarix yunalishi


I.BOB. O’ZBEKISTON TARIXINI DAVIRLANISH MASALALARI



Yüklə 328 Kb.
səhifə3/8
tarix16.04.2023
ölçüsü328 Kb.
#98726
1   2   3   4   5   6   7   8
ABDULLAYEVA

I.BOB. O’ZBEKISTON TARIXINI DAVIRLANISH MASALALARI
1.1.Tarixni o‘rganishda davrlashtirishning ahamiyati.
O‘rta Osiyo xududida olib borilgan tadqiqotlar natijasida tarixning ko‘plab jumboqlari o‘z yechimini topdi. Markaziy Osiyoning ilk insoniyat tarixi keyingi davrlardagi mahalliy madaniyatlar rivoji va xalqlarning tarixiy jarayonlarida zamin bo‘lib xizmat qildi
Tarixni davrlarga bo‘lib o‘rganish masalalarini qadimgi davr mualliflari asarlarida ham uchratamiz. Bu masala keyinchalik XVIII-XIX asrlarda ham keng muxokama mavzusi bo‘lib kelgan. Bu ma’lumotlarni talablarga keng taxlil qilingan holda berish lozim. Bu orqali ularda tarixiy taraqqiyot jarayoni taxlil qilish ko‘nikmalari shakllanadi.
XIX asr o‘rtalaridan tarixni ishlab chiqarish usuli va mulk xarakteriga qarab davrlashtirish g‘oyasi ilgari surildi. XX asrda bu g‘oyalar kommunistik g‘oyaga moslashtirilib rivojlantirildi. Butun insoniyat tarixi 5 ta ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarga ibtidoiy jamoa tuzumi, quldorlik, feodalizm, kapitalizm va sotsializm kabi taraqqiyot yo‘llarini bosib o‘tgani va bosib o‘tishi lozimligi ta’kidlandi. Bu g‘oya barcha ilmiy adabiyotlar va darsliklarda o‘z aksini topdi. Lekin jamiyat taraqqiyoti tarixni bunday davrlashtirish noto‘g‘ri ekanligini ko‘rsatdi2. Jamiyat taraqqiyotida har bir xududning o‘ziga xos rivojlanish qonuniyatlarini har tomonlama chuqur o‘rganish va ularni ob’ektiv, aniq, birlamchi manbalar asosida tadqiq qilish va xulosa berish zarurligini davrning o‘zi isbotlamoqda.
Tarixga nazar solsak, jahonning ba’zi davlatlarida ibtidoiy jamoa tuzumi uzoq davom qilganining, qadimgi davr ham turli xududlarda turlicha kechgani, o‘rta asrlar va yangi davr ham turlicha kechganining guvohi bo‘lamiz. Shu sabab bu davr sanalarini barcha mamlakatlar uchun bir xil deb hisoblash va bir sanalarni berish mumkin emas.
Jumladan, Amerika xududida ibtidoiy jamoa tuzumi milodiy 10-12 asrlargacha, Rossiya xududida ibtidoiy jamoa tuzumi milodiy 7-8 asrgacha davom etgan. O‘rta Osiyoda xududida esa, quldorlik tuzumi o‘ziga xos tarzda davom qilgan va u olimlar tomonidan “Osiyocha ishlab chiqarish usuli” deb atalgan. Shuningdek, O‘rta Osiyoda feodalizm jamiyati uzoq davom qilib, kapitalistik munosabatlar rivojlanmasdan bolsheviklar ta’sirida sotsializm tuzumi o‘rnatila boshlandi. Bu sovet davrida ijobiy baholanib, feodalizmdan sotsializmga jamiyat sakrab o‘tdi deb baholangan. Vaholanki, g‘oya o‘zgargani bilan iqtisodiy asos o‘sha holicha, ya’ni agrar mamlakat tarzida saqlab qolingan.
Sovet tuzumi o‘rnatilgach, 1937 va 1954 yillarda O‘rta Osiyo xalqlari tarixini davrlashtirish masalasiga bag‘ishlangan ilmiy konferensiyalar bo‘lib o‘tdi 3. Bunda O‘rta Osiyo xududida o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li bo‘lgan degan xulosaga kelingan bo‘lsada, bu 5 ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyaga moslashtirildi. V.V.Bartold tomonidan ilgari surilgan “abadiy feodalizm” g‘oyasi rad qilindi.
Eng qadimgi davr tarixini davrlashtirishda yevropalik olimlarning olib borgan tadqiqotlari diqqatga sazavordir. XIX asrda L.G.Morgan 1877 yilda nashr qilingan «Qadimgi jamiyat» («Drevnoe obshestvo») asarida birinchi bo‘lib urug‘chilik jamiyati haqida fikrini ilgari surgan. U urug‘ning paydo bo‘lishi odamzotning maydonga kelishi bilan birga yuzaga kelmadi, balki urug‘chilik jamoasi kishilik jamiyati taraqqiyotining ma’lum bir bosqichidir, degan xulosasini ilgari surdi. L.G.Morgan urug‘chilik jamoasi ikki bosqichga bo‘ldi, ya’ni uning birinchi bosqichini ibtidoiy to‘da, ikkinchi bosqichini esa ibtidoiy urug‘chilik jamoasi deb nomladi. Urug‘chilik jamoasi davrini ikki bosqichga bo‘ladi. Uning birinchisi «ibtidoiy urug‘chilik jamoasi», ikkinchisini – «Harbiy demokratiya» deb atadi.XX asrda keng ko‘lamda olib borilgan arxeologik, etnografik va antropologik izlanishlar L.G.Morganning kishilik tarixining ilk bosqichlariga bergan ta’rifini tug‘ri ekanligini ko‘rsatdi. Uzoq paleolit davrining 3 ta bosqichida xam insoniyat texnologik va madaniy jihatdan katta muvafaqqiyatga erishdi. Maxalliy o‘zgarishlarda axamiyati kam lekin har doim kerakli ixtirolar qilindi. Mahalliy o‘zgarishlardan biri ovqat maxsulotlarining paydo bo‘lishida yaqqol namoyon bo‘ldi. arixini davrlashtirish masalasi A.Asqarovning “O‘zbek halqining kelib chiqish tarixi” monografiyasida keng yoritilgan va unda tarixni davrlashtirishda nimalarga e’tibor berish lozimligi ta’qidlanib, O‘zbekiston tarixini 7 ta davrga bo‘lib o‘rganish muvofiqligi ilgari surilgan4. Unda jamiyatda yuz beradigan tub o‘zgarishlar hisobga olingan holda, birinchidan, har bir ulkan tarixiy davrda jamiyat iqtisodiy asosini harakatlantiruvchi kuchlari kimlar edi? Ikkinchidan, jamiyatda mulkka egalik qilishlikning xarakteri qanday bo‘lgan? Uchinchidan, jamiyat ijtimoiy hayotining ma’naviy asosini qanday mafkura tashkil etgan? degan savollar qo‘yilib, kishilik jamiyati tarixi davrlashtirilishi kerak, degan fikrni ilgari surgan5 va quyidagi davrlashtirishni ilgari surgan:
I. O‘zbekistonda “Ibtidoiy to‘da davri” (mil. avv. I million – 40 ming yilliklar)6.
II. O‘zbekistonda “Ibtidoiy urug‘chilik jamoasi va mulk egaligining shakllanish davri” (bundan 40 ming yil avval to milodiy III-IV asrlargacha). Bu davrni uch bosqichga bo‘ladi: 1 bosqich – matriarxat urug‘ jamoasi bosqichi. 2 bosqich - patriarxal urug‘ jamoasi bosqich. 3 bosqich urug‘ jamoalarining harbiy demokratiya bosqichi.
III. O‘zbekistonda “Ilk o‘rta asrlar davri” (milodiy V asrdan to VIII asr oxirigacha).
IV. “O‘rta asrlar davri” ( 9 asrdan Somoniylar davlatini tashkil topishidan to XIX asr o‘rtalarigacha).
V. O‘rta Osiyo, jumladan, O‘zbekiston tarixining beshinchi davrini “Mustamlakachilik va milliy uyg‘onish davri” deb atash mumkin. Uning davriy chegarasi – Chor Rossiyasi bosqinidan to 1917 yil Oktyabr to‘ntarishiga qadar davom etgan davrni o‘z ichiga oladi.

Yüklə 328 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin