Chirchiq davlat pedagogika universiteti gumanitar fanlar fakulteti sirtqi tarix yunalishi


XULOSA…………………………………………………………………………28 ILOVALAR



Yüklə 328 Kb.
səhifə2/8
tarix16.04.2023
ölçüsü328 Kb.
#98726
1   2   3   4   5   6   7   8
ABDULLAYEVA

XULOSA…………………………………………………………………………28
ILOVALAR………………………………………………………………………29
FOYDALANILGAN ADABIYOTLA R RO‘YXATI…………………………30

KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi .Har bir davr o‘ziga xos iqtisodiy, siyosiy asosga, moddiy, ma’naviy va madaniy turmush tarziga ega. Har bir tarixchi davrlar xususiyatlarini aniq bilishi va talqin qila olishi lozim. Davrlar xususiyatini to‘liq anglash tarixiy voqealarni haqqoniy baholashda va o‘sha davr ruhiyatini to‘liq anglashda muhim ahamiyat kasb etadi.Insoniyat tarixida har doim ham bugungi yillar tizimidan foydalanilgan emas. Xar bir davrda har bir halq o‘zining yashagan davrini turlicha yil hisobini olib borganlar. Bu yil hisoblarini o‘rganish va tadqiq qilish ham tarixchilarning burchlari hisoblanadi. Bu davrlarni aniqlash orqali tarixchilar mazkur voqealar qachon ro‘y berganini aniqlaydilar. Lekin bu jarayon tarixchi olimlardan ko‘p mehnat va izlanish talab qiladi. Ba’zi yozma manbalardagi yil hisoblarini aniqlash haligacha no’malumligicha qolmoqda va tarixchilar orasida bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Jumladan, Abu Rayhon Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida qanday yil hisobidan foydalangani haligacha aniqlangan emas. Uning xabar berishicha, Xorazmga odamlar Iskandar Zulqarnayndan rosa 980 yil avval kelib joylashganlar1. Olimlar buni o‘rganib 1292 yil, ya’ni mil.avv. XIII asrga to‘g‘ri kelishi mumkin degan fikrlarni ilgari surganlar. Lekin qadimgi Xorazm xududida olib arxeologik tadqiqotlar bundan ancha ilgari bu xududda ibtidoiy qabilalar yashaganligini isbotlaganlar. Shuningdek, Xorazm xududida ilk davlatchilik izlari ham keyingi davrlarga, ya’ni mil.avv. 7-6 asrlarga mansubligini arxeologik izlanishlar ko‘rsatmoqda.
Talaba tarixiy davrlashtirish masalasini qanchalik chuqur o‘zlashtirsa, uning tarixni anglash jarayoni shunchalik chuqur va mulohazali bo‘ladi. Insoniyat o‘z taraqqiyotida turli xil jarayonlarni boshdan kechirgan. Olimlar inson faoliyati bilan bog‘lik bo‘lgan rivojlanishlar jarayonlarini taxlil etib, inson tarixiy taraqqiyotini ijtimoiy – iqtisodiy jihatdan davrlar va bosqichlarga bo‘lib o‘rganish va tadqiq qilish lozim ekanligini ta’kidlashgan. Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy Universiteti fakultetlararo O`zbekiston tarixi kafedrasi professor-o`qituvchilari tomonidan tayyorlanib, o`quvchilar hukmiga havola etilayotgan mazkur darslik oliy va o`rta maxsus o`quv yurtlarining nomutaxassis yo`nalishdagi talabaiariga mo`ljallangan. Mustaqillik yillarida Vatanimiz tarixini har tomonlama va izchil o`rganish borasida samarali ishlar amalga oshirilgan bo`lishiga qaramay, tadqiqotlar yanada chuqurroq va har tomonlama davom ettirilishi lozim bо`lgan dolzarb mavzular talaygina. Shu nuqtayi nazardan ushbu darslik mualliflari o`zbek davlatchiligi tarixi, o`troq dehqonchilikning yoyilishi va dastlabki shahar madaniyati, o`zbek xalqining kelib chiqishi, Uyg`onish davri madaniyati, O`rta Osiyo xonliklaridagi o`zaro munosabatlar, mahalliy xalqlarning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayoti, O`zbekistonning sovet mustamlakachiligi davri ziddiyatlarga boy tarixi masalalariga alohida e'tibor qaratdilar.
Olimlar e'tirof etganlaridek, O`zbekiston tarixi nihoyatda boy va rang-barangdir. o`lkamiz hududlari eng qadimgi davrlardan boshlab jahon sivilizatsiyasi o`choqlaridan biri hisoblanib, bu yerda dunyo sivilizatsiyasidagi mahalliy xalqlarga xos tarixiy-madaniy jarayonlar bo`lib o`tgan. O`lkamiz hududlaridan dunyo sivilizatsiyasi tarixiy taraqqiyotida o`chmas iz qoldirgan olimu fuzalolar, davlat arbobiyu, sarkardalar yetishib chiqganlarki, biz ular bilan xaqli ravishda faxrlansak arziydi.
Mualliflar jamoasi 2003-yilda nomutaxassis yo`nalishdagi talabalar uchun darslik tayyorlab chop ettirgan edi. Ushbu darslikka uning kengaytirilgan, to`ldirilgan va qayta ishlangan ikkinchi nashri bo`lib, ilgari boshqa oliy ta'lim talabalariga mo`ljallangan darsliklardan farq qilgan holda, bu darslikda har bir mavzuni yoritishda yoshlarda milliy g`urur, vatanparvarlik, Ona-Vatanga bо`lgan cheksiz muhabbat tuyg`ularini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega bо`lgan omiliarga alohida e'tibor qaratildi. Undan tashqari mualliflar boy manbalar, arxivlarda saqlanayotgan va hali kam ma'lum bо`lgan hujjatlar ma'lumotlarini harri ilk marta fanga joriy etdilar. Misol uchun, 1-mavzuda O`zbekiston tarixi fani predmeti, uni o`rganishning metodologik tamoyillari, manbalari, obyekti va ahamiyati maxsus mavzuda yoritildi; 3-mavzuda o`zbek xalqining shakllanishi yangi manbalar asosida o`rganilgan bo`lsa, 4-mavzuda ilk shaharsozlik madaniyati masalaiari, yozuv haqidagi yangi ma'lumotlar yartgi arxeologik izlanishlar asosida talqin etildi. 5-mavzu esa, antik davr O`rta Osiyo xalqlari madaniyatida muhim ahamiyatga ega bо`lgan ellinizm madaniyatiga alohida to`xtalib o`tildi. 8-mavzuda esa boshqa darsliklardan farqli o`laroq IX-XII asrlar madaniyati Uyg`onish davri madaniyati sifatida alohida yoritildi. 13-mavzuda Turkiston Muxtoriyati hukumati, mintaqadagi Sovet hukumatiga va qizil armiyaga qarshilik ko`rsatish harakati Buxoro va Xorazm Respublikalarining faoliyati kabi muammolar o`z ifodasini topgan. 14-mavzuda O`zbekistonda 20-yillardagi murakkab ijtimoiy-siyosiy vaziyat keng yoritilgan. Shuningdek, ushbu mavzuda qatag`onlik siyosatining asosiy maqsadlari ma'lumotlar asosida ochib berilgan. 16-mavzuda yangi ma'lumotlar asosida O`zbekistondagi sovet mustamlakachilik tizimining iqtisodiy-siyosiy yo`nalishlari, uning oqibatlari, xalqning xususan, o`zbek xalqining ijtimoiy ahvolidagi ziddiyatli holatlarni haqqoniy yoritishga harakat qilindi. Mustaqillik davriga bag`ishlangan mavzularda O`zbekiston Respublikasining asrlarga teng 14 yillik davri yakunlari va xulosalari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati faoliyati eng yangi ma'lumotlar bilan boyitildi.



Yüklə 328 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin