Chirchiq davlat pedagogika universiteti turizm fakulteti umukasbiy va ixtisoslik fanlari


O’zbekistonning asosiy daryolari va ularning to’yinish manbalari



Yüklə 462,68 Kb.
səhifə4/10
tarix09.05.2023
ölçüsü462,68 Kb.
#110266
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Abduraslova Hulkaroy

1.3 O’zbekistonning asosiy daryolari va ularning to’yinish manbalari.
Amudaryo eng sersuv, suv yig’adigan maydoni eng katta daryo, qadimda yunon va rim Oqsu, arablar Jayxun mahalliy xalqlar Omul deb atagan. Xinduqush tog’ining shimol yonbag’rida 4950 m Vrevskiy muzligidan Vaxjir nomi bilan boshlanadi. Vohandaryo Zo’rko’ldan keyin Pomir bilan qo’shilib Panj o’ngdan G’unt, Bartang, Yazg’ulom, Vanch, Qizilsuv kelib qo’shiladi, Panj Vaxsh bilan qo’shilgach Amudaryo deyiladi. O’ngdan Kofirnihon ham Surxondaryo chapdan Qunduzdaryo kelib quyiladi.
Amudaryoning uzunligi 2540km. shundan 1500 km tekislikdagi qismi O’zbekiston hududidan oqib o’tadi.
Sheroboddaryo esa Amudarryoga ba’zi yillari quyiladi, Ko’hittangdaryo esa umuman etib kela olmaydi.
Amudaryo havzasi 465 ming km2 shundan 227,3 km2 tog’li qismga to’g’ri keladi. Tog’li qismida tor o’zanda shiddat bilan oqib o’tib har 1 km2 ga 4 m, ayrim joylardan 10 m pasayib boradi.
Suv tezligi tog’larda sekundiga 6 m.gacha boradi. Aksincha tekisliklarda u nishab o’zanda sekin oqib har bir km.ga 0,2-3 m ga pasayadi. Oqimning o’rtacha tezligi sekundga 1-3 m.ga tushib qoladi. Natijada daryo qirg’og’ini tez yuvib, o’zanni tez o’zgartirib turadi. Bu hodisani mahalliy xalq “Degish” deb ataydi: Daryo qirqog’ini sutkasiga bir necha metrgacha yuvadi. 1898 yil Amudaryo Karki shahari yonida 6 minut ichida 10 m qirg’og’ini o’pirib yuvib ketganligi ma’lum., 1932 yil To’rtko’l yaqinida 500 m qirg’oq yuvilib ketgan.1961 yil yilgacha Orol dengiziga doimo quyilib turganda dengizga yetmasdan tarmoqlanib, umumiy maydoni 11 ming km kv bo’lgan del’ta hosil qilgan edi.
1961 yil Orolga 29,2 km3 suv quygan bo’lsa, 1988 yil 16 km3, 1991 yil 12,5 km3 suv quygan.Sirdaryo O’rta Osiyoning eng uzun daryosi 2982 km, suvining ko’pligi jihatidan 2 o’rin (Amudaryodandan keyin)ni egallaydi. Sirdaryo Markaziy Tyanshanda joylashgan Oqsihroq tog’idagi Petrov muzligidan boshlanuvchi Qorasoy va Tarag’an daryo qo’shilishidan vujudga keladi. Norin va Farg’ona tizmasidan suv yig’uvchi Qoradaryoning Namangan shahri yaqinidagi Baliqchi qishlog’i yonida birlashishidan vujudga keladi.
Qadimda yunonlar Sirdaryoni Yaxartes (Yaksart), arablar Sayxun deb atagan. Beruniy asarlarida “Xasat” shaklida tilga olinadi. Sirdaryoning Farg’oma vodiysida doimiy irmog’I yo’q.O’ng irmoqlari: Chortoqsoy, Kosonsoy, G’ovasoy, Chatoqsoy, Pochcha ota. Chap irmoqlari: Oqbura, Aravansoy, Isfayramsoy, Shoximardonsoy, So’x,Isfara, Xo’jabaqirgan, Oqsuv.Sirdaryo Farg’ona vodiysidan oqib chiqqach, o’ng tomondan unga Oxangaron, Chirchiq, Kalas, Aris kabi irmoqlar kelib quyiladi.Lekin Sirdaryo suvining 78 % Norin, 22 % Qoradaryo zimmasiga to’g’ri kelganligi tufayli u ko’proq Norin daryosi oqimi xususiyatlariga o’xshashdir.xisobidan to’lin suv iyun (17,5 %).Sirdaryoning o’rtacha ko’p yillik suv sarfi Bekobod yaqinida 568 m3 Sirdaryo suvida 1 m3 suvida 2,17 kg loyqa bor.1 yil o’rta xisobda 110 kun muzlaydi (sovuq kelganda 140 kungacha) (noyabr, mart oylarida).
Sirdaryoning asosiy irmoqlari. Chirchiq va Ohangaron.Chirchiq daryosi Sirdaryoning eng katta va sersuv o’ng irmog’I hisoblanib, G’arbiy Tyanshan tog’ tizmalaridagi qor va muzliklaridan Chotqol, Ko’ksuv, Pskon nomi bilan boshlanadi. Chorbog’ botig’ida (Chorbog’suv ombori o’rnida ) Chotqol va Pskom qo’shilib Chirchiq nomini oladi. Chorbog’ botig’idan chiqqach Chirchiq daryosiga o’ng tomondan Ugom, Qizilsuv, Qoraqiya, Oqtosh va chap tomondan Oqsoqota, Parkentsoy, Boshqizilsoy irmoqlari kelib qo’shiladi.Chirchiq daryosi uzunligi 174 km, havzasi 13240 km2 tashkil etadi. Suv sarfi Chimboyliq qishlog’igacha tor o’zamda tez oqadi., so’ngra to Sirdaryogacha keng o’zamda ilonizi bo’lib oqadi. 220 m3g’sek, o’rtacha loyxa tog’larda 1 m3 260 g, tekisliklarda 520 g.Ohangaron daryosi Sirdaryoning Chirchiq daryosidan keyin ikkinchi yirik o’mg irmog’idir. Uning uzunligi Oqtoshsoyning boshlanish joyidan Siurdaryogacha 236 km, suv yig’adigan havzasining kattaligi 7710 kv.km. Ohangaron daryosi yuqori qismida Qurama tizmasining yonbag’ridan oqib tushuvchi buloq va jilg’alarning qo’shilishidan vujudga kelgan Oqtoshsoy nomi bilan boshlanadi. So’ngra Chovlisoy, Yakkaarchasoy, Yertoshsoy, Lukentsoy, Qorabovsoy, Nishobsoyni qo’shib oladi.Suv sarfi (Turk qishlog’I yonida) 22,8 m3, eng ko’p suv sarfi 460 m3. Ohangaron daryosining suvi ko’plab sug’orishga sarflangani tufayli yozda Sirdaryoga yetmasdan qurib qoladi.Loyqaligi 1m3 0,170 kg.Zarafshon daryosi : O’rta Osiyo, Zarafshon va Oloy to’lari tutashgan Ko’ksuv (Mastchoh) tog’ tuginidagi Zarafshon muzligidan 2772,5 m balandlikdan Mastchoh nomi bilan boshlanadi. Mastchoh Ayniyqishlog’i yonida Fandaryo bilan qo’shilgach Zarafshon nomini oladi. Zarafshon qadim Amudaryoga 20 km etmasdan Sandiqli qumligiga shimilib ketar edi. Uzunligi muzlikdan Sandiqli qumigacha 751 km edi.Daryoning suv yig’adigan maydoni 12374 km2.Quyi qismida Qorako’ldaryo nomini olib, Qoraqul shahri yaqinida 2 tarmoqqa bo’linib, Toyqir Dengizko’lga, Sarbozor esa Chigarko’lga yetib borar edi. Enfilikda esa Zarafshonning suvi ko’plab sug’orishga sarflanishi tufayli daryo u yerga yetib bormaydi. Zarafshon daryosining tog’li qismi Tojikistonga Ravatxo’ja tog’idan quyi qismi O’zbekistonga qaraydi.Zarafshon daryosiga 200 ga yaqin daryo va soylar kelib quyiladi.Eng muhim chap irmoqlari: Fandaryo, Kishtutdaryo, Mog’iyondaryo, Urgitsoy.O’ng irmoqlari: Rom, Tursinsoy, Kattasoy. To’lin suv iyun-avgust. Suv sarfi Rovotxo’ja to’g’onida 165 m3g’sek.Oqiziqlar 1 km2 suv yig’adigan maydondan 401 tonna oqiziq yuvsa tog’larda 943 t etadi.Loyqa 1m3 0,88 kg.Zarafshon suvi tekislik qismida 76 kun iliq kelganda 2 kun muzlaydi.
Qashqadaryo: Hisor g’arbiy qismida joylashgan. Tog’tosh davoni yaqini yaqinida 3000 m kichik soycha sifatida boshlanadi va Muborakka 10 km yetmasdan qurib keladi. Shu masofada daryoning uzunligi 332 km suv yig’adigan havzasining maydoni 8750 km2.Chap irmoqlari Jinnidaryo, Oqsuv, Ganxoz, Yakkabog’, G’uzor.O’ng irmoqlari yo’q soy va jilg’alar.Qor suvidan to’yinadi. Eng ko’p suv sarfi oyida. Yillik suv sarfi Vorgonzi k yonida 5,46 m3g’sek.Suvning 75 % Oqsuv, Tanxoz, Yakkabog’ga to’g’ri keladi.Surxondaryo- Xisorning g’arbiy qisminimg janubiy yonbag’ridan joylashgan doimiy qor va muzliklaridan boshlanuvchi To’polon va Qoratog’ daryolari qo’shilishidan hosil bo’ladi, Surxondaryoning uzunligi 196 km.O’ng tomonidan irmoqlari Sangardak, Xo’jaipok kabi yirik irmoqlarini qo’shib olib, Amudaryoga kelib quyiladi.To’lin suv mart-iyun (qor va muz) 65,2 % suvi toshib keladi.O’rtacha ko’p yillik suv sarfi Qorovultepa qishlog’I yonida 70,2 m3.ni tashkil etadi.Surxondaryo O”zbekistonning loyqa daryolaridan biri bo’lib, Marguzar qishlog’I yonida har kubometr suvida 9,90 kg loyqa bor. 1 yil o’rtacha 6050 ming tonna oqiziq oqizadi.Sangzor daryosi Jizzax viloyatidagi daryo. Turkiston tog’ tizmasidagi Guralash davoni yaqinida 3400 metr balandlikdagi buloqlardan boshlanadi va Jizzax shahridadan 70 km shimoli –g’arbda, Qizilqum cho’lining janubi sharqiy chekkasidagi Tuzkon ko’liga quyiladi. Uzunligi 198 km, havzasining maydoni 3220 km.kv (tog’li qismi). Bosh qismi Guralashsoy nomi bilan ataladi. Kichik Qorashaqshaq qishlog’i yonida Jontekasoy qo’shilgandan so’ng u Sangzor nomini oladi.Uning o’rtacha ko’p yillik suv sarfi 4m kub/sek.Sangzorga 80 dan ortiq soy va jilg’alar (Xo’jasoy, Boyqo’ng’irsoy, Ko’kjarsoy, Oqqurg’onsoy, Tangatopdisoy, Sutariq, Baxmazarsoy, Navqasoy va boshqalar ) qo’shiladi.
O’zbekiston daryolarining toyinish xususiyatiga ko’ra turlari:
1. Muzlikni qor suvlaridan to’yinadigan daryolari.
2. Qor-muzlik suvlaridan to’yinadigan daryolar.
3. Qor suvlaridan to’yinadigan daryolar.
4. Qor yomg’ir suvlaridan to’yinadigan daryolar.
4500 m boshlanadigan daryolar asosan muzlik va qorning erishidan suv oladi. Amudaryo, Zarafshon, Isfayramsoy, Surxondaryo, Isfara kabi daryolar kiradi To’lin suv davri iyul-avgust oylariga to’g’ri keladi. Yillik oqimning 30-50 %ni iyul sentyabr oylarida oqizadi. suv oqadi. Eng ozaygan davri dekabr-mart oylariga to’g’ri keladi.
Ikkinchi xildagi daryolarga O’zbekiston tog’larining dengiz sathidan 3400- 4500 m baland qismlaridan boshlanadigan Sirdaryo,Norin, Qoradaryo qor va muzlikdan boshlanadi.
Uchinchi xil daryolar 3400 m (doimiy qor chizig’idan pastdan) Qashqadaryo, G’uzordaryo, G’avasoy, Sangardak, Sangzor kabi daryolar kiradi.to’lin suv mart- may oyiga (60 %) eng kam suv avgust-sentabrga to’g’ri keladi.
To’rtinchi xil daryolar 2000 m pastdan boshlanadi, asosan yomg’irdan to’yinadi. Mart-may oylari 80 % tashkil qiladi. Yozning ikkinchi yarmida suvi kamayib qurib qoladi. Zomin suv, Shyeroboddaryo, Tursundaryo, Oxangaron, Qalasdaryolar va soylar kiradi.


Yüklə 462,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin