Chirchiq davlat pedagogika universiteti turizm fakulteti umukasbiy va ixtisoslik fanlari


Qishloq xo’jaligini rivojlanishida daryo suvlarining taqsimlanishi va minyerallashish darajasi



Yüklə 462,68 Kb.
səhifə6/10
tarix09.05.2023
ölçüsü462,68 Kb.
#110266
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Abduraslova Hulkaroy

2.2 Qishloq xo’jaligini rivojlanishida daryo suvlarining taqsimlanishi va minyerallashish darajasi.
O’zbekiston daryolari muhim tabiiy boylik sifatida uning xalq xo’jalik taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa iqlimi quruq, sug’orib dehqonchilikka asoslangan hududiniz uchun daryolar sug’orishdagi ahamiyati kattadir. Hozir O’zbekistonda 4,2 mln gektar yyerni sug’orish va suvini yuvish uchun daryolardan yiliga 53-55 metr kub suv olinmoqda. Qishloq xo’jalik uchun olinayotgan 53-55 metr kub suvni 80% ni yyerlarni sug’orishga sarflansa, qolgan 20% tuproq sho’rini yuvishga sarflanmoqda.
O’zbekistonda sug’orishga olingan daryo suvlarining 25-30%i zovur-drenaj orqali ba’zi joylarda (Farg’ona, Surxondaryo va Samarqand botig’i) tabiiy holda sizib qaytarma suvlar sifatida zaharli kimyoviy moddalar va minyeral o’g’itlar bilan ifloslanib tabiiy havzalarga qo’shiladi yoki sug’oriladigan mintaqadan tashqariga chiqarib tashlanadi.
O’zbekiston daryolari suvlaridan oqilona foyfalanish maqsadida 156 ming km kanal qurilgan bo’lib, 22 ming km uzunlikdagi qismi xo’jaliklararo, qolgan 134 ming km uzunlikdagi xo’jaliklar ichidagi kanallarga to’g’ri keladi. O’zbekiston daryolarining yana sanoat tarnoqlarida, maishiy kommunal xo’jalikni suv bilan ta’minlashda ahamiyati katta. Hozir O’zbekistonda sanoat tarnoqlari, maishiykommunal xo’jaligi va boshqa sohalarni suvga bo’lgan ehtiyojini qondirish uchun daryolarning 7,5-8,0 km.kub suv olmoqdalar.
Yerdan va suvdan samarali foydalanish nafaqat Hozirgi kunning hatto kelajakda xam talab qilinadigan dolzarb va zarurat masaladir.
Yer va suvdan foydalanish darajasini va samaradorligini oshirish yo‘llari quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi.
a) qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yer va suv resurslarining tatibidan va imkoniyatidan kelib chiqqan holda joylashtirish zarur.
Albatta, mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, mavjud resurslardan yaxshi foydalanilgan holda bozor talab qiladigan mahsulotlarni ishlab chiqarish va aholiningi ehtiyojini inobatga olish kerak. Lekin shunday bo‘lganda, yer va suv resurslarining holatini hisobga olmasdan ishlab chiqarishni tashkil yetish salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Masalan, kuchli sho‘r bosgan yerlarga kuzgi don ekinlarini joylashtirsak samaradorlikni pasaytiradi. Hozirda O‘zbekistondagi jami sug‘oriladigan yerlarning 47.8% sho‘rlanmagan, 30.8% kam sho‘rlangan, 17.2 % o‘rtacha sho‘rlangan va 4.2% kuchli sho‘rlangan yerlardir.
Respublikamizdagi qishloq xo‘jalik yerlarinig meliorativ holati bo‘yicha ularning 38% yaxshi, 53.4% qoniqarli va 8.2% qoniqarsiz ya’ni meliorativ holati yomon yerlardir. Yerlarning bir sifat holatidan ikkinchi holatga o‘tishi umumiy holda yer tranformatsiyasi deyiladi.Yer transformasiyasi ijobiy va salbiy bo‘ladi.
Ijobiy transformasiya – yaxshi yerlarning yomon yerlar safiga o‘tishga imkoni borichayo‘l qo‘ymaslik lozim. Yer islohotlarini to‘g‘ri O‘tkazish ham yer va suvdan foydalanish samaradorligini oshiradi. Yer duch kelgan kishiga emas, balki yerda ishlash tajribasi, bilimi bor kishilarga, xo‘jaliklarga berilishi kerak. Shu bilan birga, yerdan olingan mahsulotga egalik qilish sharoitlarini to‘g‘ri hal yetish talab qilinadi.
Eng zarur omillardan biri yer va suvdan foydalanuvchilarning samaradorlikni oshirganliklari uchun manfaatdorligini ta’minlashdir.
Yer va suvdan foydalanish samaradorligini oshirish ko‘p jihatdan ilg‘or texnologiyani ishlab chiqarishga joriy yetish bilan bog‘liq. Masalan, suvdan foydalanish
samaradorligi tomchilatib yoki yomg‘ir usulida sug‘orishda oddiy bostirib sug‘orishdan ancha afzaldir.
O‘zbekiston Respublikasida suv resurslari juda cheklangan bo‘lib, hozirda foydalanilayotgan suvning 12-13 foizi mamlakat hududida vujudga keladi. Qolgan qismi Qirg‘iziston va Tojikiston davlatlari hududidan keladi. O‘zbekistonda 50 daryo bo‘lib, shulardan faqat 10 tasigina 150 km uzunlikda. Mamlakatda juda katta kanal va ariqlar tizimi yaratilgan. Ularning uzunligi 156 ming km.ni tashkil yetadi. Ana shu irrigasiya tizimidan samarali foydalanish mamlakatda yer resurslaridan foydalanishning samaradorligini oshiradigan omillardan biridir.Fan yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy yetish ham yer va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshiradi. Masalan, paxta va bug‘doyning tezpishar va suvga chidamli navlarini joriy yetish shular jumlasidandir. Ekologik muhitni hisobga olgan holda kimyolashtirishni rivojlantirish ham yer va suv resurslarining samaradorligini oshirishga ijobiy ta’sir yetadi. Qishloq xo‘jaligida yaroqli yerlarni suv va shamol erroziyasidan asrash ham juda muhim tadbirlardan biridir.
Masalan, ekin maydonlarining 2,1 mln. gektari shamol, 0,7 mln gektari suv yerroziyasiga, shuningdek, mavjud 22,1 mln. gektar yaylovning 6 mln. gektari shamol va 3 mln. gektari suv erroziyasiga uchragan. Bu holat agrosanoat majmuasi iqtisodiyotiga sezilarli salbiy ta’sir yetadi. Qishloq xo‘jaligida yerdan foydalanishda tuproqning yeni yuqorigi qatlamidan foydalaniladi, ya’ni ma’lum darajada fizik-ximiyaviy xossalarga yega bo‘lgan qatlamlaridan foydalaniladi. Tuproqning unumdorligi qanchalik yaxshi bo‘lsa, hosildorlik shuncha yuqori bo‘ladi. Tuproqnnig unumdor bo‘lishi yesa undagi ozuqa moddalarining miqdoriga sharoitiga qishloq xo‘jaligida ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasiga fan-texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga tatbiq yetishga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi kishilar mehnatiga bog‘liq.Tuproq unumdorligigi quyidagi turlardan iborat.
1. Tabiiy va ozuqaviy ya’ni iqtisodiy
2.Potensial – ya’ni foydalanish mumkin bo‘lgan.
1) Tuproqning tabiiy unumdorligi uning paydo bo‘lishida uzoq davom etadigan jarayonlar natijasida vujudga keladi. U tuproqning fizik, ximik va biologik xossalarida iqlim sharoitlari bilan belgilanadi. Tabiiy unumdorlik ob’ektiv xususiyatdir. U aksariyat
ya’ni potensial unumdorlik holatida bo‘lib, qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishda yerdan foydalangan vaqtdagina samarali natija beradi.
Yerning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilarda ifodalanadi:
a)Yerni ishlab chiqarish vositasi sifatida ishlab chiqarish vositasi bilan almashtiribbo‘lmaydi.
b) yerdan to‘g‘ri foydalanisa, u hech qachon eskirmaydi, aksincha, yerga qancha yaxshi ishlov berilsa, yer yaxshilanib boradi, hajmi ko‘payib boradi.
v) yer insoniyatni barcha avlodalari uchun abadiy ishlab chiqarish vositasidir.
g) yer-tabiat mahsuli
d) yerni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirib bo‘lmaydi.
e) yer tabiatda chegaralangan. Uni insoniyat xoxlaganda ko‘paytirish imkoniga yega yemas. Demak, yagona to‘g‘ri yo‘l – mavjud yer resurslaridan samarali foydalanishdir.
Lekin, sanoatning o‘sishi, kommunikasiyaning o‘sishi aholining ko‘payishini tabiiy holda birikishiga to‘g‘ri keladigan yer maydonining qisqarishiga olib keladi. Ayrim hollarda yesa insoniyat yerdan to‘g‘ri foydalanmasligi oqibatida yerning ketishiga ham olib keladi.
Taraqqiyotning tuproq yeroziyasi sho‘r bosish kabi salbiy oqibatlarni kamaytirish uchun har bir davlatning va yerdan foydalanuvchilarinng muhim vazifasidir.
Ta’kidlab o‘tilganldarning barchasi mavjud yerlardan qaysi turlarini joylashtirish turlaridan foydalanish va ishlab chiqarishning hajmini qanday bo‘lsin maqsadga muvofiqligi inkor yetib bo‘lmaydigan talablarni keltirib chiqarar.
Yerning jamiyatdagi ahamiyati nihoyatda beqiyosidir, unda aholi yashash uchun binolar, uy-joylar quriladi. Xalq xo‘jaligi uchun inshootlar, korxona, muassasa, o‘quv binolari, ilmiy-ishlab chiqarish tashkilotlari lar quriladi.
2. Qishloq xo’jaligida yer-suv fondlaridan foydalanish darajasi va samaradorligini ifodalovchi kursatkichlar
O‘zbekistonda barcha yerlar davlat yer fondini tashkil yetadi, yer davlat mulki umumxalq boyligi hisoblanadi.
Yer fondi deyilganda O‘zbekistonning viloyat, tuman, dehqon fermer jamoa xo‘jaligi, davlat xo‘jaligini yer maydoni, ya’ni quruqlikdagi yer maydonlari bilan suv ostidagi yer maydonlari tushuniladi.
Yer klassifikasiyasi quyidagicha belgilanish, O‘zbekistondagi barcha yerlar davlat yeri bo‘lib, uning tarkibiga quyidagi yer kategoriyalari kiradi.
1. Qishloq xo‘jalik yerlari
2. Maxsus maqsadlar uchun belgilangan yerlar
3. Shahar yerlari
4. Davlat o‘ralgan yer fondlari
5. Davlat zahira yer fondlari
6. Davlat suv fondida band bo‘lgan yerlar.
Bularni alohida tavsiflab otish kerak.
1. Qishloq xo‘jaligi yerlari, bular asosan jamoa, davlat, fermer, shirkat (kooperativ) dehqon xo‘jaligi, yordamchi xo‘jaliklar, o‘quv tajriba xo‘jaliklarning qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish maqsadida foydaladigan yerlardan iborat.
2. Maxsus maqsadlar uchun belgilangan yerlar bular, sanoat, transport, kurortlar,
zapovedniklar, ya’ni qO‘riqxonalar, zavod va fabrikalar, davlat muassasalari
joylashgan yerlar, tog‘ konlari va boshqa maqsadlarga davlat ob’ektlari uchun band
bo‘lgan yerlardan tashkil topgan yerlar.
3. Shahar yerlari, bular shahar tipidagi posyolkalar qurish maqsadida band bo‘lgan yer
massivlaridan tashkil topgan bo‘lib, yangi uy-joy, shaharlar qurilishining yo‘nalishi
bilan bunday yerlar territoriyasi yildan-yilga kengayib bormoqda.
4. Davlat o‘rmon yer fondlari. Bunday yerlarga O‘zbekistondagi O‘rmonlar va
O‘rmonchilikni rivojlantirish maqsadida ajratilgan yerlar kiradi.
5. Davlat zahira (zapas) yerlari. Bunday yerlar jamoa va davlat xo‘jaliklariga, dehqon,
fermer, kooperativ (shirkat) qishloq xo‘jaligi va shunga O‘xshashlarga uzoq muddatli
foydalanish uchun ajratib beriladigan va yangidan davlat xo‘jaliklarini tashkil yetish
va kO‘chib kelganlarni joylashtirish uchun ajratiladigan, shuningdek tog‘ konlari
joylaridan iborat.
6. Davlat suv fondida band bo‘lgan yerlar, bularga suv havzalari, kanallar, daryolar,
dengizlar, gidrotexnika va boshqa suv xo‘jaligi inshootlari uchun band bo‘lgan va
ularning atrofidagi yerlar kiradi.
Qishloq xo‘jaligining rivojlanish jarayonida bir xil yerlar boshqa birxil yerlarga
aylantirilishi mumkin, bunga yerlarning transformatsiyasi deyiladi, ya’ni, quruq yerlarni
haydab ekin yerlariga aylantirish yoki chakalakzorlarni kovlab ekin yerlarga aylantir ish
va shunga o‘xshash yerlar transformatsiyasi deyiladi.
Qishloq xo‘jalik ehtiyojlariga ishlatiladigan yerlar qishloq xo‘jalik yerlari deyiladi,
bularga yekiladigan yerlar, pichanzorlar, yaylovlar, ko‘p yillik daraxtzorlar, ishga
solinadigan qo‘riqlar va o‘tloqlar kiradi. Qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan yerlarga
o‘rmonlar va chakalakzorlar bilan band bo‘lib turgan yerlar, kO‘llar, ariiqlar, zovu ryoki
soylar hamda xalq xo‘jaligining boshqa sohalarida foydalaniladigan yerlar kiradi.
Shunday qilib, qishloq xo‘jaligida yer fondi asosiy ishlab chiqarish vositasi yekan,
undan samarali foydalanish zarur.
Yer va suv qishloq xo‘jaligining yeng asosiy ishlab chiqarish vositalari yekan,
ulardan qanday foydalanilganini bilish zarur. Buning uchun quyidagi ko‘rsatkichlardan
ifodalash mumkin:
a) Umumiy yer fondidan foydalanish koeffisiyenti (foizi). Uning darajasini
aniqlash uchun qishloq xo‘jaligida haqiqatda foydalanilgan yer maydonini foydalanish
mumkin bo‘lgan yer maydoniga taqsimlash lozim. Buni quyidagi tenglik yordamida
aniqlash mumkin


Yüklə 462,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin