O‘quv faoliyati natijalari: jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari fani haqida umumiy tushunchaga ega bo‘ladi;
jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari fanini rivojlanish bosqichlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘ladi;
jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari fanini tadqiqot metodlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘ladi.
Tayyorgarlik bosqichi 1. Mavzu bo‘yicha o‘quv mazmunini tayyorlash.
2. Kirish seminari uchun taqdimot slaydlarini tayyorlash.
3. Talabalar o‘quv faoliyatini baholash mezonlarini ishlab chiqish.
4. O‘quv fanini o‘rganishda foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxatini tuzib chiqish.
Mavzuga kirish 1. Laboratoriya mashg‘uloti mavzusi, rejasini e’lon qiladi, o‘quv mashg‘ulotining maqsadi, pedagogik vazifalar va o‘quv faoliyati natijalarini tushuntiradi.
2. Talabalar o‘quv faoliyatini baholash mezoni bilan tanishtiriladi.
Asosiy qism
1. Mavzu rejasining birinchi savoli bo‘yicha savollar beradi.
Laboratoriya bo‘yicha «Snektik» usulidan foydalangan holda talabalarga quyidagi savol bilan murojaat qiladi: “Ortostatik kollaps deganda nimani tushunish kerak?”
2. Mavzu rejasining ikkinchi savoli bo‘yicha savollarberadi.
Laboratoriya bo‘yicha «Yechim daraxti» usulidan foydalangan holda talabalarga quyidagi savol bilan murojaat qiladi: Venalardagi qonni yurakka qaytishining o’zgarishi yurak-qon tomir tizimiga jiddiy ta’sir o’tkazadimi?
3. Mavzu rejasining 3-savoli bo‘yicha savollar beradi.
Laboratoriya 3 savoli bo‘yicha Snektik usulidan foydalangan holda talabalarga quyidagi savol bilan murojaat qiladi: Novakki testi chiniqqan, chiniqmagan va qayta tiklanish davrida davo jismoniy tarbiya jarayonida qo‘llasa bo‘ladimi?
Talabalar bilimlarini faollashtirish va mustahkamlash maqsadida savollar beradi.
Yakuniy qism 1. Mavzu bo‘yicha talabalarda yuzaga kelgan savollarga javob beradi, yakunlovchi xulosa qiladi.
2. Mustaqil ma’lumot egallash uchun “Jismoniy tarbiya gigiyenasi fanining maqsadi hamda vazifalari” mavzusini taqdim etadi.
Ortostatik kollaps deganda nimani tushunish kerak