Chiziqli dasturlash masalasini simpleks usul yordamida yechish ikki bosqichdan iborat:
1.Boshlang‘ich tayanch planni topish.
2.Tayanch planlar ichidan masalaning optimal planini topish.
Masalaning tayanch planini tuzish. Boshlang‘ich tayanch planni topish quyidagi algoritm bo‘yicha bajariladi:
1.Simpleks jadvaldan hal qiluvchi elementni topish:
1.1.Hal qiluvchi elementni topish oldin hal qiluvchi ustunni topishdan boshlanadi. Buning uchun ozod hadlar ustuniga qaraladi. Agar ozod xadlar ustunidagi elementlar hammasi musbat bo‘lsa, bu boshlang‘ich plan tayanch plan bo‘ladi va ikkinchi etapga o‘tiladi. Agar manfiy element mavjud bo‘lsa, ulardan modul bo‘yicha eng kattasi tanlanadi (agar bitta bo‘lsa shu element o‘zi olinadi). Misol uchun aytaylik bu element br0bo‘lsin. Shu br0 element turgan r satr qaraladi. Agar satr elementlaridan hammasi musbat bo‘lsa, masalaning yechimi mavjud bo‘lmaydi (bu holda hisoblashlar shu joyda to‘xtatiladi). Agar satrda manfiy element mavjud bo‘lsa, ulardan modul bo‘yicha eng kattasi tanlanadi (agar bitta bo‘lsa o‘zi olinadi). Shu element turgan ustun hal qiluvchi ustun deyiladi. Misol uchun bu s-chi ustun bo‘lsin.
1.2.Hal qiluvchi satr topiladi. Ozod xadlarni hal qiluvchi ustun elementlariga bo‘lib chiqiladi va ulardan musbatlarining eng kichigi tanlanadi, ya'ni
.
Aytaylik, bu nisbatlar ichida musbatlarning eng kichigi br0/brs bo‘lsin. U holda shu brs element turgan satr hal qiluvchi satr deyiladi, brs elementning o‘zi esa hal qiluvchi element bo‘ladi.
2.Hal qiluvchi ustun va satr o‘zgaruvchilari o‘rinlari almashtiriladi, (ya'ni xs va ys yangi jadvalda o‘rinlari almashadi).
3.Jadvalda simpleks almashtirish bajariladi.
3.1.Hal qiluvchi ustun elementlari hal qiluvchi elementga bo‘lib chiqilib yangi jadvalga yoziladi, ya'ni .
3.2.Hal qiluvchi satr elementlari hal qiluvchi elementga bo‘lib chiqilib yangi jadvalga yoziladi, ya'ni .
3.3.Hal qiluvchi element 1 ga tenglashtirilib o‘ziga bo‘linadi, ya'ni .
3.4.Yangi simpleks jadvalning qolgan elementlari quyidagi formula orqali topiladi.
ёки
Yangi jadvalda bґij -elementni hisoblashda eski jadvaldan bij, bis ,brj, brs elementlarini topish quyidagicha bo‘ladi: