Chiziqli dasturlash masalalarini yechishning geometrik talqini



Yüklə 297,8 Kb.
səhifə1/5
tarix11.04.2023
ölçüsü297,8 Kb.
#96379
  1   2   3   4   5
Chiziqli dasturlash masalalarini yechishning geometrik ma\'nosi (2)

CHIZIQLI DASTURLASH MASALALARINI YECHISHNING GEOMETRIK TALQINI.


Reja:
1.Mantiqiy masalalar yechish.
2.Chizikli tengsizliklar sistemasini grafik usulda yechish.
3.Chiziqli dasturlash masalalarini yechishning geometrik talqini.
4.Masalalarni simpleks usulda yechish.


1.Mantiqiy masalalar yechish.

Masala yechimining yozilishining har bir shakli va yechishning har bir yangi 


usuli masalaga yangicha qarash, yechish jarayonini oydinroq tushunish, 
berilganlar bilan izlanayotganlar orasidagi bog‘lanish va munosabatlarni 
chuqurroq tushunish imkonini beradi. Bu esa mantiqiy masalaning ham didaktik,
ham tarbiyaviy va rivojlantiruvchi funksiyalarini to‘laroq amalga oshirishga 
yordam beradi. Shu sababali darsning aniq maqsadlariga mos ravishda va 
matematika darslarida matnli masalalardan foydalanish maqsadlariga mos 
ravishda yechishning har xil usullaridan va masalalar yechilishining o‘quvchilar daftarlarida har xil shaklda yozilishlaridan omilkorona foydalanish kerak. 
Mantiqiy masalalarni yechishga o‘tishda tahlilning roli ancha ortadi. U 
mantiqiyroq va har tomonlama bo‘lib qoladi. Bu vaqtda o‘qituvchi bolalarga 
mantiqiy tafakkur qobiliyatlarini rivojlantirish zaruratini va uni xususiydan 
umumiyga olib borishni unutmasligi kerak. 
Masalalarni yechishda shunday taxlash tavsiya etiladiki, oson masala 
mantiqiy masaladan oldin yechilsin, ammo shu bilan birga mantiqiy masalani
yechishning biror kalitini o‘z ichiga olsin. Oson masalani aniq yo‘l bilan yechishni 
berilganlardan izlanayotganga borish yo‘li bilan qarash kerak. Bunda shartni tahlil 
qilishdan ham, kattaliklar orasidagi bog‘lanishlardan ham, navbatdagi amal uchun 
sonlar juftini tanlashdan ham, tahlilning ba'zi elementlaridan ham foydalanish 
kerak. Bunda har doim tanlangan amal nima uchun kerakligini va u nimaga olib kelishini qarash kerak. 



Yüklə 297,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin