Chunki, ma’naviyat jamiyat hayotidagi axloqiy, diniy, madaniy, ma’rifiy va mafkuraviy qarashlarni o‘zida to‘la mujassam etadi.
Ma’naviyat barcha axloqiy sifatlarning yig‘indisi.
Xalqimizga xos ma’naviy fazilatlar tarkibiga kiradigan ko‘plab tushunchalar va atamalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zga tillarga tarjima qilish mushkul.
Bu millatimiz ma’naviy hayotining naqadar boyligini, xalqimizning boshqalarga aslo o‘xshamaydigan bir qator o‘ziga xos milliy-etnik xususiyatlari mavjudligini, tilimizda esa shu sohaga doir o‘xshashi yo‘q so‘zlar borligini anglatadi.
Ma’naviyat, ma’rifat, axloq - bu tushunchalar kimdir shunchaki o‘ylab topgan shirin kalom, quloqqa xush yoqadigan so‘zlar emas.
Bu tushunchalar asrlar mobaynida el-yurtimizning dunyoqarashi, ma’naviy hayotining negizi sifatida vujudga kelgan.
Ma’naviyatning axloqiy mezonlari inson tarbiyasi va kamolotida alohida o‘rin tutib, shaxs va jamiyat ma’naviyatini yuksaltiruvchi, tafakkur rivojida beqiyos ahamiyat kasb etadigan qadriyat shakllaridir.
Ma’naviyatning axloqiy mezonlari muayyan sharoitlarda shakllanadi va shu ma’noda milliy muhit ularning yanada rivojlanishiga ko‘mak beradi, jamiyat a’zolari bundan o‘zlariga kerakli sifatlarni oladi.
Ma’naviyatning bosh mezoni va vazifasi shaxsda axloqiylikni, insonparvarlikni shakllantirishidir.
Ma’naviy fazilatlar shaxsning ma’naviy dunyosi shakllanishi kabi murakkab, goho ziddiyatli kechadi, har doim ham bir mezon, me’yorlar bilan o‘lchanavermaydi.
Ma’naviyat - inson, xalq, jamiyat va davlatning intellectual salohiyati, ma’rifiy kuch-qudratidir. Buni quyidagilar orqali ochib beramiz:
jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar va insonlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni tartibga soluvchi talab va qoidalar majmuyi;
xalq va jamiyat hayoti bilan aloqador ma’naviy qadriyatlar, urf-odatlar, an’analar, ezgu g‘oya va maqsadlar tizimi;
axloq, madaniyat, ma’rifat, din va ta’lim-tarbiya tizimidan iborat yaxlit ma’naviy hodisalar majmuyi;
ma’naviy jarayonlar, insonning o‘zini va o‘zi yashayotgan dunyoni takomillashtiruvchi ijodiy faoliyati;
inson kamoloti, shaxsiy-axloqiy xususiyatlar va ma’rifiy fazilatlar majmuyi.
Beruniy, Al-Xorazmiy, Ibn Sino, Imom Buxoriy, At-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur
«Bizning eng katta boyligimiz — bu xalqimizning ulkan intellectual va ma’naviy salohiyatidir» va boshqa ulug‘ allomalar ma’naviyati keng va bilim darajasi yuksak insonlar bo‘lishgan.
Ma’naviyat insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch-qudrati deyilishi aynan haqiqat.
Ma’naviyat yo‘q joyda na baxt-saodat bo‘ladi, na jamiyat yuksaladi, na tarixiy meros asrab-avaylanadi, na milliy qadriyatlar o‘z ifodasini topadi.
Millatning millat sifatida shakllanishi, jamiyat rivoji, barqarorligi, insonlarning tafakkur tarsi yuksalishi uchun biz ma’naviy qadriyatlar va axloqiy fazilatlarga tayanamiz.