O’zbekiston Respublikasi XalQ
ta’limi vazirligi
Namangan viloyat xalQ ta’limi boshQarmasi
Chust tuman XALQ
TA’LIMI bo’limi
9-umumiy o`rta ta’lim maktabining
boshlang‘ich sinf o`qituvchisi
S.Abduraxmanovaning 3-sinflar uchun matematika fanidan yozgan bir soatlik
Mazkur dars ishlanma umumiy o`rta ta’lim maktablarining boshlalang‘ich sinflarida dars berayotgan o`qituvchilar uchun mo`ljallangan bo`lib, undan dars jarayonida ijodiy foydalanish mumkin.
Muallif: S.Abdurahmanova– Chust tumanidagi
9-maktab boshlang‘ich sinf o`qituvchisi
Muharrir: N.Mahmudova– Chust tuman xalq ta’limi
bo‘limi metodisti
Taqrizchilar: O.Boqixonova– Chust tumanidagi
53-maktab boshlang‘ich sinf o`qituvchisi
D.Adilova– Chust tumanidagi
1-maktab boshlang‘ich sinf o`qituvchisi
Darsning texnologik xaritasi va vaqt taqsimoti
|
Dars bosqichi
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
Metod
|
Vaqt
|
1-bosqich.
Tashkiliy
qism
|
O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi. Ma’naviyat daqiqasi
|
Suhbat
|
5 min
|
2-bosqich.
O‘tilgan dars mavzuni so‘rash
|
“Uchburchak turlari” mavzu bo‘yicha tezkor savol javoblar
|
Pisa testi o’tkazish, tezkor savol javoblar
|
10 min
|
3-bosqich.
Yangi mavzu bayoni
|
“Amallarni bajarish algoritmi”
|
Musobaqa dars usuli
|
20 min
|
4-bosqich.
Yangi mav-
zuni mus-
tahkamlash
|
Mavzuga oid slayd va pisa testlar
|
Mustaqil
ish
|
5 min
|
5-bosqich. Baholash
|
O‘quvchilarning dars davomidagi ishtirokiga qarab baholash
|
|
3 min
|
7-bosqich. Uyga va-zifa berish
|
6-7 misol va masala
|
Tushuntirish
|
2 min
|
Mavzu: Amallarni bajarish algoritmi 1-7–misol va masalalar
Darsning maqsadi:
Ta`limiy: sonlarni qo‘shish va ayirish jadvallaridan, arifmetik amallarning bajarish algoritmlaridan foydalangan holda 10 000 ichida nomanfiy butun sonlar ustida qo‘shish va ayirishning usullari haqida bilim berish. T.k.1 so‘z va gaplarni bog‘lagan holda o‘z fikrini aniq va ravshan ifodalay olish;
F.k.1. sodda hollarda sonning bo‘luvchilari va karralilarini hamda sonning tarkibini aniqlay oladi;
Tarbiyaviy:Yurt tinchligi, xalq farovonligi, millatlararo totuvlik, diniy bag’rikenglik tushunchalarining mazmunini tushuntirish, mehmondo’stlik fazilatlarini singdirish.
T.k.3. o‘qituvchi bilan birgalikda yo‘l qo‘yilgan xato va noaniqliklarni topa olish, ularni tuzata olish;
T.k.4 muammo va tushunmovchiliklar ro‘y bergan paytlarda o‘zini tutishi to‘g‘risida to‘g‘ri qaror qabul qila olish;
Rivojlantiruvchi:Yangi dars texnologiyalari orqali o’quvchilardagi fikriy bog’liqlikni, mantiq va xotiraning rivojlanishiga imkoniyat yaratish, qandaydir muammoni hal qilishda o’z fikrini ochiq va erkin ifodalash mahoratini shakllantirish.
F.k.2. o‘qituvchi bilan hamkorlikda masalaning yechimini topish rejasini tuza oladi, tuzilgan reja asosida ishlay oladi va o‘z faoliyatini to‘g‘rilab oladi.
Darsning turi:Yangi bilim beruvchi:
Darsning metodi: Suhbat, mustaqil ishlash, bahs-munozara, ko‘rsatmalilik, amaliy.
Darsning jihozi: Darslik, chizg'ich, mavzuga doir plakatlar, tarqatmalar, kompyuter, slayd.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism:
a) Salomlashish;
b) navbatchining axboroti;
Menman ustoz navbatchi
Bugun sizga yordamchi
Sinfda hammamiz jam
Xonamiz toza, bekam
Bilim olishga mushtoqmiz
Yuksak cho’qqi parvozmiz
s) sinf tozaligini nazorat qilish.
Dostları ilə paylaş: |