Collection b



Yüklə 2,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/126
tarix15.08.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#139448
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   126
VOL 2.5 2023 B

MAY 
2023
ISSN: 2181-3558
 
107 
INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM VA TADQIQOTLAR JURNALI 
JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH
adabiyot vakillari asarlarini o‘rganish yosh avlod ma’naviyatining yuksaltirish 
uchun zamindir! 
Bugungi kun talabi yoshlar ma’naviy dunyosini yuksaltirish hamda bu borada 
yurtimizda qator mazmunli ishlar olib borilganligi tahsinga sazavordir. Respublika 
Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan tasdiqlangan “Yoshlarga oid davlat siyosati 
to‘g‘risida”gi qonun («Xalq so‘zi» gazetasining 2016-yil 15-sentabridagi 182 
(6617)-sonida e’lon qilingan), «Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish 
tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda 
targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida»gi 2017-yil 13-
sentabrda e’lon qilingan qarori va yoshlarni tarbiyalash yo‘lidagi beshta muhim 
tashabbus yoshlar ma’naviyatini rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga molik 
bo‘ldi. 
Kitobga ko‘ngil qo‘ygan, badiiy adabiyotdan ozuqa olgan, ilmli, 
dunyoqarashi keng insonlar hayotda doimo ilg‘or va boshqalar uchun yo‘lboshchi 
bo‘lganlar. Adabiyot fanining maktablarda o‘qitilishidan maqsad o‘quvchi 
yoshlarni 
ezgulikka 
chorlash, 
yovuzlikka 
nisbatan 
nafrat 
tuyg‘usini 
shakllantirishdan iborat. Bu degani o‘quvchilarga insoniy fazilatlarni singdiruvchi, 
ma’naviy-ruhiy ozuqa beruvchi, ijodkorlikka, ixtiro qilishga bo‘lgan qiziqishlarini 
rivojlantiruvchi omil sifatida adabiyot fani hayot bilan hamnafas yashashga 
undovchi fandir. 
Albert Eynshteynning quyidagi fikrlariga e’tiboringizni jalb qilmoqchiman: 
“Men aql egalari bo‘lgan matematiklar oldida bosh egaman, lekin ko‘ngil egalari 
bo‘lgan adabiyotchilar oldida tiz cho‘kaman”.
Turli davrlarda turli elatlarda olimlar tomonidan kitob o‘qishning foydali 
xususiyatlarini tadqiq etib kelishgan: jumladan, mutolaa asabni tinchlantiradi, miya 
faoliyatini yaxshilaydi, qalbni yumshatadi, chet tillarini o‘rganishni osonlashtiradi, 
muomala madaniyatini rivojlantiradi, so‘z boyligini oshiradi, tinglash qobiliyatini 
shakllantiradi, ijodkorlik xususiyatlarini yuzaga chiqaradi va h.k.z. Shunga 
qaramay tez sur’atlarda rivojlanayotgan texnika asrida vaqt tezlashib ketganligi
turli manbalarning: mobil aloqa, kompyuter, internet kabi yoshlar qiziqishini 
oshiruvchi 
texnikalar 
ko‘pligi 
uchun 
kitobxonlik 
sezilarli 
darajada 
susayganligining guvohi bo‘lyapmiz. Kitobxonlik madaniyatini oshirish dolzarb 
muommalardan biriga aylanganligi bois, biz ta’lim posbonlari zimmamizga 
yuklangan katta mas’uliyat bilan yoshlarga o‘rnak bo‘lishimiz, kelajak 
yoshlarining yo‘lini yorituvchi nur bo‘lib xizmat qilishimiz zarur. 
Dars va ma’naviyat majlislarida hikmatli so‘z, ibratli aforizm va motivatsiya 
beruvchi fikrlardan foydalanishni, bu bilan o‘quvchilar ruhiyatini o‘stirish va 
ezgulikka chorlashni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yishimiz darkor. Bu maqsad, 
albatta, o‘quvchilar o‘qishi, ijodkorligining o‘sishida o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ushbu 
o‘rinlarda Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Yassaviy, Jaloliddin Rumiy, 
Najmiddin Kubro, Navoiy kabi o‘zbek adabiyotining buyuk nomoyondalari 
ijodidan foydalanishni tavsiya etishim mumkin. Menimcha, bu donishmand 



Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin