MAY 2023 ISSN: 2181-3558 94
INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM VA TADQIQOTLAR JURNALI JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH 3) chizim, nozik chilvircha.
4) bog’ich, ip
Analogik misol sifatida
fartuq o’zlashmasini olish mumkin. Bu so’z manba
tilida arxaizmga aylangan. Keyingi yillarda chiqqan nemis tilining eng katta
lug’atlari ham uni qayd etishmagan. Faqat G. Paulning lug’atida (1896) fartuq
o’zlashmasining izohi va uning hozirgi davrdagi ekvivalenti Schürze so’zi bilan
sinonim ekanligi tavsiflangan. Hozirgi nemis tilida
Schürze so’zi fartuq
anglatadigan (peshband) ma’nolarida qo’llaniladi. Bu o’zlashma bizga “kiyimni
iflos qilmaslik uchun libos ustidan kiyiladigan yoki belga bog’lab olinadigan ish
kiyimi, peshband” va “paxta” terish uchun maxsus tikilgan, bo’yinga osib, belga
boglab olinadigan mato, etak” ma’nolarida kirib kelgan. Masalan: “Egningizda uy
xizmatchisining fartug’i emas, ofitser mundiri bor” ( Y. Dold-Mixaylik). ”
Fartuq ”
so’zining yana bir ma’nolaridan biri bu bozor rastalaridagi savdogarning pul
solishga mo’lljallangan katta cho’ntakli belga bog’lanadigan mato. O’zbek tilida
“
fartuq” so’zi so’zlashuv nutqimizda “etak” ma’nosida ko’p ishlatiladi.
Nutqimizda ko’p uchraydigan yana bir o’zlashmalardan biri “
par” (das Paar) so’zining ma’nolariga nazar soladigan bo’lsak, bu so’z nemis tilida “juftlik” yoki
“biror narsaning jufti” ma’nolarida qo’llaniladi.
O’zbek va rus tillarida esa quyidagi ma’nolarni kasp etadi:
1) juft:
Kechqurun… par otli izvosh ko’chaning boshida to’xtab, undan tergovchi tushdi ( A. Qahhor, “Sarob”) .
2) Birga ishlatiladigan ikkita bir xil narsaning biri, bittasi:
pari yo’q etik .
3) O’z xislatlari bilan bir-biriga mos, teng ikki kishining biri:
Qizim bor edi yakka, ismi Qamar,Oz erdi husn bobida unga par ( S. Abdulla, „Tohir va Zuhra“). 1 4) ta’lim sohasida: 80 ( yoki 90) minutdan iborat dars mashg’uloti
davomiyligi:
Bugun 2 par darsimiz bor. 5) Bolalar oy’inlaridan biri “langi” yoki “lanka”da juftlab sanash turi, juft
sanash uchun ishlatiladigan so’z;
6) mutanosib, monand:
bu ayol hardoim par (parniy) kiyinadi. Kiyim rangini tanlashda unga hech kim teng kelolmaydi. 7) zargarlikda: bir turkumga kiruvchi yoki o’xshash narsalarni jamlab
ko’rsatuvchi so’z:
bu zirak pari (uzuk, bilaguzuk va tumori) bilan sotiladi .
Shuni ta’kidlash joizki, “
par” so’zi nemis tilida inkor shaklda shaxsni
inobatga olmaganda “
mos emas ” ma’nosini hosil qila olmaydi. Shu jihatdan “
par emas” (непарный) so’zi o’zbek tilida
qisman yangi ma’no hosil qila oladi desak,
yanglishmagan bo’lamiz.
Analog misol sifatida “
signal ” so’zini taxlil qilamiz. “
Das Signal” so’zi
nemis tilida “optik yoki akustik belgi” ma’nosini anglatadi. Quyida keltirilgan
misollar orqali esa bu o’zlashmaning o’zbek tilida ifoda etgan ma’nolarini
1
O. Jumaniyozov. “O’zbek tilidagi german tillari o’zlashmalari”.Toshkent, 1987,89-bet.