Collection b



Yüklə 2,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/126
tarix15.08.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#139448
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   126
VOL 2.5 2023 B

MAY 
2023
ISSN: 2181-3558
 
97 
INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM VA TADQIQOTLAR JURNALI 
JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH
direktor o’rinbosari I. Turdiyev bu oydagi tabelni vaqtida tayyorlamaganligi 
sababli maoshlar kechiktirildi. 
O’zbek tilidagi 
kvartal
so’zi nemis tilidagi das Quartal so’zidan olingan 
bo’lib, bu so’z manbaa tilida faqatgina “
yilning to’rtdan bir qismi”
ma’nosida 
ishlatiladi: 
Das vierte Quartal beginnt mit dem ersten Oktober ( Yilning to’rtinchi 
choragi birinchi oktabrdan boshlanadi). 
O’zbek tilida esa bu so’z ma’nosini ancha boyitgan: 
a) Yilning to’rtdan bir qismi, choragi (uch oy): 
Yilning uchinchi 
kvartali;To’rtinchi kvartal hisoboti;Ikkinchi kvartal rejasi; Buni biz xalq xo’jalik 
planida 
belgilangan 
ishlarning 
dastlabki 
kvartaldanoq 
oshirib 
bajarilayotganligida ko’rib turibmiz (N. Safarov, Jasoratning davomi).
b) Shaharning bir necha (odatda to’rtta) kesishib o’tgan ko’chalar bilan 
chegaralangan qismi, mavze: 
Shahardagi
eski mahllalar o’rnida ko’rkam 
kvartallar barpo etilayapti (S. Soliyev, Faxr). Yo’q, aqalli har bir kvartalda 
bittadan mahalla markazi bo’ishi kerak (O’. Hoshimov, Qalbingga quloq sol).
c) O’rmon, tokzor va shu kabilarning yo’lkalar yoki tabiiy to’siqlar 
(masalan 
daryolar)
bilan ajratilgan har bir bo’lagi (odatda, chorburchak bo’ladi): 
Tokzorning 
har bir kvartalidan mo’l hosil olindi. 
Nemischa
das Prozent 
so’zi “
biror son yoki miqdorning yuzdan bir hissasi, 
ulushi” 
ma’nosini bildiradi va “%” belgisi bilan ifodalanadi: 
Bei sofortiger 
Zahlung werden drei Prozent Rabatt gewährt (darhol to’lov qilinsa, 3 foizlik 
chegirma saqlab qolinadi); zehn Prozent der Abgeordneten haben zugestimmt 
(deputatlarning 10 foizi rozilik bildirdi). 
O’zbek tilida esa 
prosent
so’zi bir necha ma’nolarda qo’llaniladi: 
a) Biror son yoki miqdorning yuzdan bir hissasi, ulushi; % belgisi bilan 
ifodalanadi: 
Planning bir prosenti. O’ninchi oktabrda yillik paxta 
shartnomamizning sakson prosentini berib bitiramiz (A. Qodiriy, Obit ketmon). 
Ko’pi bilan bir oy ichida bironta ham yakka xo’jalik qolmasligi, hamma yuz 
prosent kolxoz bo’lishi kerak (dedi Shodiyev) (A. Qahhor, Qo’shchinor chiroqlari). 
b) Qarzga olingan puldan foydalanganlik uchun qarzdor tomonidan pul 
egasiga to’lab beriladigan haq, foyda: [Fazliddin:] … kecha Abdulla akam 
yigitchani tutib, ota qarzini uz, deb mahkamroq ushlabdi. Keyin hisoblab qarashsa, 
yigitchaning gardaniga present bilan rosa sakkiz yuz so’m pul tushibdi (Oybek, 
Tanlangan asarlar). 
Das Formular so’zi nemis tilida “anketa” ma’nosini bildiradi: ein Formular 
ausfüllen (anketani to’ldirmoq), ein Formular unterschreiben (anketaga imzo 
chekmoq). 
O’zbek tilidagi 
formular
so’zi aynan yuqorida ta’kidlangan so’zning 
o’zlashmasi hisoblanadi va quyidagi ma’nolarga ega:
a) Biror inshoot, mexanizm va shu kabilarning holati va uni ishlatish bo’yicha 
ma’lumotlar batartib yozib boriladigan maxsus daftar yoki varaqa: 
Mashina 
zavodidagi barcha mexanizmlar boshqarilishida ularning formularlari tayanch 
yordam bo’lin xizmat qiladi. 



Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin