Collection b



Yüklə 2,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/126
tarix15.08.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#139448
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   126
VOL 2.5 2023 B

MAY 
2023
ISSN: 2181-3558
 
98 
INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM VA TADQIQOTLAR JURNALI 
JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH
b) Kutubxonalarda har bir kitob ichiga solib qo’yiladigan va shu kitob 
haqidagi asosiy ma’lumotlar yozilgan hisob varaqasi: 
Kutubxonachi fonddagi har 
bir kitobda formular shakllantirilishiga mas’ul bo’ldi. 
Analog misol tarzida 
kitel
so’zini oladigan bo’lsak, bu so’z o’zbek tiliga 
nemis tilidagi 
der
Kittel
, ya’ni “ish kamzuli” so’zidan o’zlashgan bo’lib, asliyat 
tilidagi ma’nosidan farqli o’laroq quyidagicha ma’nolarga ega: 
a) Xarbiylarning bir yoqlama tugmalanadigan tik yoqali rasmiy kiyimi: 
Stul 
suyanchig’iga tashlab qo’yilgan kitel yelkasidagi pogon oydinda yaltiraydi (S. 
Axmad, o’ylar). 
Uning egnida kelishgan, yoqasi bo’g’iq kitel, boshida parrak va qanot belgisi 
taqilgan, gardishi tarang furajka (H. Nazir, So’nmas chaqmoqlar). 
b) keying davrlarda ushbu o’zlashmaning qo’llanilish doirasi kengaygan
aktuallashgan va hozirda 
kamzul
yoki 
kastyum
ma’nosida ham qo’llaniladi: 
Talaba 
har doim bir xil kitelini kiygani kiygan. 
c) 
kitel
atamasi 
yomg’irpo’sh
ma’nosida ham ishlatiladi: 
Yomg’ir sharros 
quygan pallada kitelimni olmaganimga afsus qildim. 
 
 
 
 
 
Nemis tilida
 
„bayroq ko’taruvchi, bayroq ko’tarib turuchi odam“ ma’nosini 
bildiruvchi 
der Flaggemann
so’zi o’zbek tiliga 
flagman
shaklida o’zlashgan va 
ma’no jihatdan asliyat tiliga qaraganda ancha boyigan:
a) Flot yoki yirik harbiy kemalar qo’shilmasi qo’mondoni: 
b) Qo’mondon joylashgan va uning bayrog’i ko’tariladigan kema: 
c) ko’chma ma’noda: Ilg’or, yetakchi, bosh, asosiy, muhim: 
Navoiy kon-
metallurgiya kombinati O’zbekiston kimyo sanoatining flagmani (Gazetadan). 
 
Biz so’zlashuv nutqida tez-tez duch keluvchi papka so’zi ham tilimizga nemis 
tilidan o’zlashgan bo’lib, bu so’z o’zbek tilida nemis tilida anglatadigan ma’nosiga 
ko’ra kengroq tushunchalarni anglatadi. Nemischa die Pappe so’zi „muqova, o’ram 
sifatida foydalaniladigan qog’oz yoki shunga o’xshash material“ ma’nosini 
anglatsa, ona tilimizda papka so’zi quyidagi ma’nolarga ega:
a) 
qog’oz, xat, hujjat solib qo’yiladigan, karton, charm va shu kabilardan yasalgan 
jild yoki muqova: 
Umid g’aladon ichidagi qora charm papkasini oldi. Uning 
boyadan beri nima bo’layotganiga hech aqli bovar qilmas edi (Mirmuhsin, Umid). 
b) Maktablarda o’quv qurollarini solish uchun mo’ljallangan, yelkaga osish 
uchun ikkita bandli bo‘lgan sumka turi: 
Maktabning ilk kunidayoq prezidentimiz 
tomonidan 1-sinfga qabul qilingan o’quvchilarga o’quv qurollarini o’zida 
jamlagan papkalarning tuhfa etilishi o’quvchilarda ilm olishga bo’lgan shijoatni 
oshirdi desak, mubolag’a bo’lmaydi (Gazetadan). 

Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin