MAY 2023 ISSN: 2181-3558 119
INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM VA TADQIQOTLAR JURNALI JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH solsak, Hazrat Navoiy ijodiga qarashlari o‘zgacha bo‘lganligining guvohi
bo‘lamiz. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, olim arab, fors, turk, ingliz va rus
tilining bilimdoni edi. Rus tilini esa o‘zbek tilini qanday bilsa, shunday bilardi.
Olim ijodi bilan filologiya sohasining hammasida sermahsullik ko‘rsatgan.
Tilshunoslik , adabiyotshunoslik, matnshunoslik sohalarida baravar ilmiy faoliyat
olib borgan. Hazrat Navoiydan keyin Zahiriddin Muhammad Bobur va Husayn
Bayqaro ijodi ham alohida e’tibor beradi. Husayn Bayqaroning “Risola”si bir
necha olimlar tomonidan nashr qilinishga qaramay, 1991-yilda qayta nashr qiladi.
Bu nashrning oldingilaridan berilgan izoh va lug‘atlari bilan ajralib turadi.
Shuni alohida eslatib o‘tish kerakki, Аlibek Rustamovning bu ilmiy
muvaffaqiyatlari zamirida eron-fors filologiyasini tugatgani, keyinchalik arab tilini
puxta o‘rganish va qadimgi turkiy tilni teran o‘zlashtirishdek katta mehnati bor.
Аgar olim turkiy, fors va arab tillarini puxta egallamaganida Navoiy asarlarini
tilini o‘rganish va ilmiy-tadqiqotlarida bunchalik muvaffaqiyatlarga erishmagan
bo‘lar edi. Chunki Navoiy asarlarining tili o‘sha davr o‘zbek tili me’yorlariga ko‘ra
forsiy va arabiy o‘zlashmalarga boy, diniy va tasavvufiy g‘oyalarga yo‘g‘rilgan,
Qur’on va hadislardan iqtiboslar bilan bezalgan edi. Undan tashqari, Navoiy
asarlari mazmun-mohiyatini chuqur anglab yetish uchun o‘sha davr klassik
adabiyotining o‘ziga xos badiiy vositalari: ilmi bade, ilmi maoniy, ilmi balogʼa,
ilmi aruz, ilmi qofiya va boshqa badiiy san’atlarni puxta egallash lozim edi. Аlibek
Rustamov yuqoridagi ilmlarni puxta o‘rganib kitoblarida Navoiy ijodini
quyidagicha tavsiflaydi.
“Navoiyning asarlari barcha jihatdan nihoyat darajada rango-rangligi bilan
ajralib turadi. Ularda voqea, qahramon, tabiat, narsa, buyum, inshoot, makon va
zamon ham, tasvir va bayon ham, vazn, qofiya, sajʼ va badiiy vositalar ham har
asarda: har bobda, har faslda, har bayt va har jumlada turlichadir. Shu bilan birga
boshqalariga nisbati yo‘q na bir bob, na bir fasl, na bir bayt yoki jumla, na bir so‘z,
na bir maʼno va na bir tovush bor. Voqea va qahramonlarning turliligini, masalan,
“Xamsa”da ko‘rish mumkin, lekin bu turlilik zidlik va uygʼunlikni o‘z ichiga
olganligi uchun birlikning turliligidan iborat. Navoiy asarlarida tilga olinmagan
tabiiy va sunʼiy narsalar, ilmiy tushunchalar juda kam. Shoir qalamiga tushmagan
o‘lka, manzil, zamon, fasl va vaqt ham yo‘q. Uning qofiya, vazn va badiiy
vositalarining turli-tumanligini ko‘rishimiz mumkin. Shuni ham taʼkidlash kerakki,
turlilik Navoiyning butun ijodidagina emas, uning har bir asariga va har bir
asarining har bir bo‘lagiga ham xosdir
11
.
Bizga ma’lum bo’ladiki olimga Navoiy ijodini anglash qiyinchilik
tug’dirmagan. Filologiya fanlari doktori, professor Suyima G’aniyeva A.Rustamov
haqida shunday eslaydi: Aliybeg “Mahbub ul-qulub” haqida har suhbatda bir
yangilik aytar edi. Tilga oidlarini baʼzan anglamas, lekin adabiyotga oid fikrlarini
maroqlanib eshitar edik. Hamfikr doʻst, yaxshi suhbatdosh edik. Toʻy, tugʻilgan
kunlarda birga, musibatlarda dardkash boʻlganmiz. U kamgap edi. Lekin meni
11
Rustamov A. Navoiyning badiiy mahorati. – Toshkent: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1979. – B. 128.