MAY 2023 ISSN: 2181-3558 118
INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM VA TADQIQOTLAR JURNALI JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH ALIBEK RUSTAMIY - MANBASHUNOS OLIM Nizomiddinov Abbosxon Abdukarim o‘g‘li TerDU O‘zbek adabiyotshunosligi yo‘nalishi magistranti Annotatsiya . Ushbu maqolada manbashunos, matnshunos, tilshunos Alibek
Rustamov ilmiy faoliyati, nazariy qarashlari, oʻzbek manbashunosligi va
matnshunosligi, navoiyshunoslik sohalari taraqqiyotiga qoʻshgan hissasi haqida
ma’lumot beriladi.
Tayanch soʻzlar: Alibek
Rustamov,
manbashunoslik,
tilshunos,
navoiyshunos, tarjimachilik, mumtoz soʻz.
Abstract . This article provides information about the scientific activity,
theoretical views, contribution to the development of Uzbek source studies and
textual studies, and the development of the fields of linguist Alibek Rustamov.
Keywords: Alibek Rustamov, source studies, linguist, linguist, translation,
classic word
Абстрактный . В данной статье представлены сведения о научной
деятельности, теоретических воззрениях, вкладе в развитие узбекского
источниковедения и текстологии, развитии направлений языковеда Алибека
Рустамова.
Ключевые слова: Алибек Рустамов, источниковедение, лингвист,
языковед, перевод, классическое слово.
Inson o‘zining ma’naviy dunyosi bilan boshqa mavjudodlardan ajralib turadi.
Har bir kishining insoniylik darajasi ham uning ma’naviy boyligi bilan belgilanadi.
Ma’naviy yetuklik insonni xayrli amallarni qilishga undaydi. Shunday ekan,
hamma davrda ham xayrli amallar qilgan, o‘zidan foydali ilm qoldirgan insonlar
doimo barhayot. Ezgulikni hamma har xil olim ilmi bilan, ona yaxshi tarbiyasi
orqali qiladi. Ana shunday ezgu amallar qilib, yashab ijod etgan olimlar sirasi
navoiyshunos, tilshunos, manbashunos Alibek Rustamovni ham kiritsak xato
bo‘lmaydi.
Bo‘lajak olim 1931-yil Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida xizmatchi
oilasida dunyoga keladi. 1955-yil O‘rta Osiyo davlat universitetining eron-afg‘on
filologiyasi tamomlab, ilm yo‘liga kirib keladi. Turli yillarda yurtimizning nufuzli
oliygohlarida ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanib, 1995-yili xizmatlariga munosib
ravishda O‘zbekiston Republikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi etib
saylanadi. A.Rustamov qariyib 60 yil davomida ilmiy-pedagogik faoliyat olib
bordi. Taniqli olimning o‘zbek tili, matnshunoslik, tarjimashunoslikka oid
monogrfiya va risolalari, ilmiy-publististik maqolalari ilm ahliga ma’lum.
Tadqiqotlariga e’tibor bersak Hazrat Navoiy ijodiga bo‘lgan qarashlari, mehri
o‘zgacha edi. Buyuk shoir va mutafakkirning bebaho merosini chuqur o‘rganishi
alohida o‘rin tutadi. Jumladan, “Navoiy tilining Grammatik xususiyatlari”,
“Navoiyning badiiy mahorati”, “So‘z haqida so‘z” kabi kitoblarni yozib, Hazrat
Navoiy ijodining yangi qirralarini kashf etdi. Alibek Rustamov ijodiga nazar