Collection b



Yüklə 2,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/126
tarix15.08.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#139448
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   126
VOL 2.5 2023 B

MAY 
2023
ISSN: 2181-3558
 

INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM VA TADQIQOTLAR JURNALI 
JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH
xil o'quvchini jalb qiluvchi, interfaol o'yinlardan foydalanishni taqozo etmoqda. 
Dars davomida bunday o'yinlardan foydalanish o'quvchining fanni o'rganishga 
bo'lgan ishtiyoqini yanada oshiradi. Ingliz tilini o‘rganish bugungi taraqqiyotning 
asosiy shartlaridan biridir. Binobarin, yosh avlod o‘rtasida ushbu fanga bo‘lgan 
qiziqishni nafaqat oshirish, balki ularning bu yo‘ldagi izlanishlarini rag‘batlantirish 
ota-onalar qatori pedagoglar zimmasiga ham mas’uliyat yuklaydi. 
Hozirgi rivojlanish jarayonida ingliz tilini o'rganadigan har qanday yoshdagi 
odamlar soni juda ko'paymoqda. Buning sababi, hayot jarayonida ingliz tilini 
bilmasdan yashash qiyinlashib bormoqda. Chunki ingliz tili jahon tiliga aylandi 
desak, hech mubolag`a bo`lmaydi. Ammo til o'rganish ham yosh davrlariga 
bog'liq. Hatto, olimlar bolalar kattalarga nisbatan tilni tez va oson o'zlashtirishini 
isbotlashgan. Bolalarda til o'rganishga bo'lgan tabiiy moyillik, ularda taqlid qilish 
xususiyati kuchli ekanligi, kattalarga qaraganda bolalar vaqtining ko'pligi va 
o'rgangan ma'lumotlarni tez xotirada saqlashi buning asosiy sabablaridandir. 6-7 
yoshdagi bolalar ma'lumotlar ma'nosini tushinib emas, uni mexanik tarzda 
yodlaydi. Shuning unchun ham ingliz tilini o'rganayotgan boshlang'ich sinf 
o'quvchilariga tilni o'rgatishni grammatik tushuncha berishdan boshlamaslik zarur. 
Aks holda chet tilini o'rgatishning dastlabki qadamidanoq bolani charchatishi va til 
o'rganishga bo'lgan qiziqishini susaytirib qo'yishi mumkin. Chunki boshlang'ich 
sinfdagi o'quvchilarga chet tilini o'rgatish qiyin shu bilan birga mas'uliyatli 
vazifalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham boshlang'ich sinflarga ingliz 
tilini mazmunli va qiziqarli o'rgatish uchun bir nechta turli xil innovatsion 
metodlardan foydalanish lozim. Keling, boshlang`ich sinflarda, xususan, birinchi 
sinflarda ingliz tilini o`rgatish jarayonida qo`llash mumkin bo`lgan bir nechta 
qiziqarli va samarali metodlarni ko`rib chiqamiz: 
“Ko`rish orqali eslab qolish.” Ma'lumki, yosh bolalar eshitgan 
ma'lumotlaridan ko'ra, ko'proq ko'rgan predmetlarini eslab qoladi. Shunday ekan, 
darsni turli xil ko'rgazmali qurollar, plakatlar orqali, ko'zga ko'rinadigan va 
kundalik hayotda ko'p ishlatiladigan narsa, buyumlarga yozish orqali yangi 
so'zlarni o'rgatish va o'rgangan yangi so'zlari ishtirokida gaplar tuzish. Masalan, 
kitob (book), stol (table), doska (blackboard), ruchka (pen), oyna (window) va shu 
kabilarga yozish. Kundalik hayotda ko'p ishlatiladigan bunday narsa-buyumlar 
ko'zga doimo tushib turishi va doimo qo'llanishi bois, bola bu so'zlarni ixtiyorsiz 
tarzda o'rganadi. 
Yana bir samarali metod qo`shiq va she'rlar orqali tushinish yoki eslab qolish 
qiyin bo'lgan so'zlarni musiqaga solib kuylashdir. Bunda yangi so'zlarni eslab 
qolish bilan birga, bolaning og'zaki nutqi ham rivojlanadi. Bunga misol qilib, 
bolalarning ingliz tili alifbosini qo'shiq qilib o'rganishlari shunchaki yodlashdan 
ko'ra samarali ekanligini ko'rsatish mumkin. 
“Multfilmlar orqali o'rgatish.” Ma'lumki, bolalar turli xil multfilmlarni 
ko'rishga qiziqadi. Ingliz tilidagi multfilmlarni ko'rish jarayonida esa, multfilmdagi 
gaplarni tushunmasa-da, multfilm qahramonlarining harakatlari orqali ular 



Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin