MAY 2023 ISSN: 2181-3558 120
INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM VA TADQIQOTLAR JURNALI JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH Yangiyoʻlga olib borganda, uyi va yaqinlarini koʻrsatganda sergap boʻlganidan
zavqlanganman. A. Rustamiy Navoiy tili boʻyicha ancha ishlar qildi. Nomzodlik,
doktorlik dissertatsiyalarini himoya qildi. “Oʻzbek adabiyoti tarixi”ga
hammualliflikda maqola yozdik. Hamkorligimizning yoddan chiqmas natijasi —
rus tilida “История узбекской литературы” uchun mazkur qismni rus tiliga
oʻgirganimda menga yaqindan yordam qildi. 1957-yildan beri muntazam oʻtkazib
kelinayotgan Navoiy anjumanlariga Aliybeg kelar edi (1962-yil, 6-konferensiya,
1964-yil, 8-konferensiya, 1965-yil, 9-konferensiya, 1970-yil, 14-konferensiya,
1971-yil, 15-konferensiya, 1974-yil, 18 konferensiya va boshqalar)
12
.
Rustamiy ilmiy kitoblar yozishdan tashqari xalqimiz ma’naviyati, o’zligi,
tobora yo’qolib borayorgan ma’naviy qadriyatlarga ham bee’tibor emasdi.
Xalqimiz oʻzligini va maʼnaviy qadriyatlarini teran anglab yetishi kerakligini,
jamiyat taraqqiyotining asosi ekanligini taʼkidlaydi. Olim bu yo’lda ham bir qator
ishlarni amalga oshirdi. Jumladan, “Shifo duosi” (1992), “Bismillohning maʼnosi”
(1993), “Rustamiy tafsiri. Fotiha surasi” (2004), “Hazrat-i Navoiyning eʼtiqodi”
(2010), “Hazrat-i Navoyiyning “mast-i alast”I” (2012), “Hazrat-i Navoyiyning
maʼnaviy va suvariy sharoblari” (2013), “Hazrat-i Navoyiyning maʼnaviy olami”
(2014) kabi risolalar, “Soʻz gavhari. “Basmala”, “til”, “adab”, “odob” soʻzlari”
(2002), “Hazratning diyonati” (2011), “Masnaviy-i maʼnaviy”dagi “nay”u
“nayiston”ga Jomiyning sharhi” (2007) kabi maqolalar hamda ukalari Botirbek,
Karimbek, Saidbek Hasanovlar bilan hamkorlikda tayyorlagan “Alisher Navoiy.
Arbaʼiyn” (1991, “Husayn Boyqaro” (1991), “Alisher Navoiy. Siroju-l-muslimiyn”
(1993), “Fitrat. Oʻzbek klassik musiqasi va uning tarixi” (1993), “Nuri
Muhammadiy va Nurnoma” (1996) risolalaridir. Olim keng ilmiy faoliyati bilan
oʻziga ilmiy maktab yaratgan edi.
Adabiyotshunoslik fani tarixida turli ilmiy maktablar mavjud boʻlib, ularning
aksariyati oʻsha maktab asoschisi nomi bilan (akademik Konrad maktabi) yoki oʻz
yoʻnalishi bilan (Struktural poetika maktabi) kabi nomlanadi. Oʻzbek
adabiyotshunosligida ham Fitratning adabiyotshunoslik maktabi, Xodi Zarif
folklorshunoslik maktabi mavjud va harakatda boʻlgani har bir mutaxassisga
maʼlum. Shuningdek, XX asr adabiyotshunosligida ayrim sohalar boʻyicha Izzat
Sulton nomi bilan bogʻliq nazariya maktabi, Ozod Sharafiddinov tanqidchilik
maktabi, Gʻulom Karimov va Aziz Qayumov nomlari bilan bogʻliq mumtoz
adabiyot va manbashunoslik maktablari haqida adabiyotshunoslikka doir
kitoblarda fikrlar aytilgan, ayrim risola va maqolalar yaratilgan. Biroq Aliybeg
Rustamiy nomi faqatgina olim yozgan ilmiy asarlardagina aks etib qolmay, balki
oʻzbek tarixiy tilshunoslik, navoiyshunoslik, manbashunoslik, tarjimashunoslik
kabi sohalarga taalluqliki, ustozning bu sohalarda yozgan asarlari ilmiy tizimga
solinadigan boʻlsa, uni bevosita “Akademik Aliybeg Rustamiy maktabi” umumiy
nomi ostida jamlash mumkin boʻladi. Akademik Aliybeg Rustamiy asarlarining
12
Alibeg Rustamiy xotirasi: Odamiylik va olimlik fazilatlari mujassam inson/ mas\ul muharrir A.Samad. –
Toshkent: Adabiyot uchqunlari, 2014.