19
Hozirgi vaqtda asosan rangli monitorlardan foydalaniladi.
Monoxrom (ikki rangli) monitorlardan maxsus elektron
qurilmalarda va zarur holatlardagina foydalaniladi.
Monitorlarning
asosiy
parametrlaridan
biri
diagonal
o‗lchami bo‗lib, uni dyuymlarda keltiriladi. Hozirgi vaqtda 15
dyuym (15‘‘) dan 21 dyuymgacha o‗lchamdagi
monitorlar
mavjud. Oddiy foydalanuvchilar uchun 17 dyuymli monitorlarda
ishlash yetarli bo‗lsa, nashriyot va konstruktorlik ishlarini
bajarishda qimmat bo‗lishiga qaramasdan 21 dyuymli monitor-
lardan foydalanish zaruriyati mavjud.
Monitorning ikkinchi parametri
bir xil rang lyuminafor
(rang beruvchi) nuqtalari markazi orasidagi masofa bo‗lib, bu
masofa qanchalik kichkina bo‗lsa, tasvir shunchalik ravshan
bo‗ladi. Sifatli monitorlarda bu masofa 0,21–0,26 mm, o‗rta
klassdagi monitorlarda 0,28 mm va past sifatli monitorlarda
0,31–0,39 mm oralig‗ida bo‗ladi.
Monitorlarning sifatini belgilovchi
parametrlardan yana biri
uning
imkoniyat darajasi
bo‗lib, u ekrandagi tasvirni shakllan-
tiruvchi gorizontal va vertikal nuqtalar soni bilan aniqlanadi.
Masalan, oddiy 15 dyuymli monitorlarda imkoniyat darajasi
1024x768, ya‘ni gorizontali bo‗yicha 1024 ta va vertikali
bo‗yicha 768 ta nuqta bo‗lishi, 17
dyuymli monitorlarning
imkoniyat darajasi 1280x1024 bo‗lishi, 21 dyuymli monitorlarda
1600x1200 bo‗lishi maqsadga muvofiqdir. Aksariyat grafik
axborotlar bilan ishlovchilarga imkoniyat darajasi yuqori
monitorlardan va videokontrolleri kuchli bo‗lgan
kompyuter-
lardan foydalanish tavsiya etiladi.
Yuqorida aytilgandek, monitor ekraniga tasvir
Dostları ilə paylaş: