CyrToLat&LatToCyr 2002


Tomchili (struynыe) printerlar



Yüklə 2,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/102
tarix09.09.2023
ölçüsü2,43 Mb.
#142266
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   102
kompyuter texnologiyalari asoslari

Tomchili (struynыe) printerlar
. Printerlarning bu turidan 
hozirgi vaqtda keng foydalanilmoqda. Bu printerlar asosan rangli 
bo‗lib, ularda chop etilgan mahsulotning sifati matritsali 
printerlarnikiga qaraganda ancha yaxshi. Tomchili printerlarning 
tezliga chop etish rejimi va chop etilayotgan tasvirga juda ham 
bog‗liq bo‗lib, bir betni chop etishga 20 sekunddan bir necha 
minutgacha vaqt ketishi mumkin. Tomchili printerlarning 
aksariyati A4 (210x297mm) qog‗ozga mo‗ljallangan bo‗ladi. 
Chop etiladigan tasvirning sifati ishlatiladigan qog‗ozning turiga 
ham bog‗liq bo‗lib, oddiy qog‗ozga qaraganda tomchili printerlar 
uchun mo‗ljallangan maxsus qog‗ozdan foydalanganda, chop 
etilgan tasvir sifat jihatdan yuqori bo‗ladi.

Lazer printerlari
. Lazer printerlari o‗zining tezligi va 
chop etish sifati bilan boshqa printerlardan ustun turadi. Chop 
etish sifati asosan har bir dyuym kvadratga tushadigan nuqtalar 
soniga yoki boshqacha aytganda imkon darajasiga bog‗liqdir. 


21 
Masalan imkon, darajasi 600 bo‗lganda chop etish sifati uncha 
yuqori bo‗lmasa-da, ish yuritish hujjatlarini chop etishda bemalol 
foydalanish mumkin. Imkoniyat darajasi yuqori (bir dyuym 
kvadratga 1200 yoki 1800 ta nuqta) bo‗lgan printerlarda hujjat 
va tasvirlarning sifatini yuqori qilib chop etish mumkin. Lazer 
printerlarining aksariyati alohida varoqlik A4 formatli qog‗ozga
chop etishga mo‗ljallangan. Printerlar ichida rangli lazer printer-
lari alohida o‗rin egallab, ular boshqa printerlarga qaraganda 
ancha qimmat turadi. Bu printerlarning ekspluatatsiyasi ham 
arzon emas. Shuning uchun rangli lazer printerlaridan nufuzli 
hujjatlarni, rangli tasvirlarni chop etishda hamda nashriyot 
ishlarida foydalaniladi.
 
Qo„shimcha qurilmalar.
Tovush kartasi (platasi). Kompyueterdan tovushli axborotni 
(musiqa, nutq va h.k.) chiqarish uchun unga tovush kartasi 
qo‗yiladi va akustik sistemalar ulanadi. Tovush kartasisiz 
kompyuter faqat o‗zining imkoniyati juda ham past bo‗lgan 
dinamigi yordamida tovush chiqarishi mumkin. Tovush kartasi 
yordamida kompyuterdan nafaqat tovush chiqarish, balki tovush 
yozish va boshqa amallarni ham bajarsa bo‗ladi. Tovush kartasi 
sistemali plataga o‗rnatiladi yoki uning tarkibida (integral-
lashgan) bo‗lishi ham mumkin. Uning orqa qismida bir nechta 
teshikcha bo‗lib, ular orqali akustik sistemalar ulanadi. Bulardan 
ba‘zilari kiradigan signallarni qabul qilish uchun mo‗ljallangan 
bo‗lib, ularga mikrafon yoki boshqa tovush apparaturasi ulanishi 
mumkin. Boshqalariga tovush kolonkasi, naushnik yoki tovush 
apparaturasi ulash mumkin bo‗lib, ular orqali tovush tashqariga 
chiqariladi. 
Tovush kartasining asosiy vazifasi kompyuterdagi raqamli 
tovush signallarining analogli, ya‘ni tovush tebranmasining 
elektr shakliga o‗tkazib, akustik sistemalarga yetkazib berish va, 
aksincha, tashqaridan keladigan analogli signallarni raqamli 
signallar shakliga keltirib, kompyuterga kiritishdan iboratdir.
Protsessorlar quvvati oshib borgan sari, 
ISA
turidagi 
shinalardan foydalanilmay qo‗yildi. Oldingi tovush kartalari 


22 
aynan shu shina asosida ishlagan edi. Ishlab chiqaruvchilar 

Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin