Erkin dasturiy ta‟minotlarni ofisdagi, uydagi, ta‘lim muas-
sasalaridagi, davlat korxonalaridagi kompyuterlarga o‗rnatib,
cheklanmagan holda foydalanish mumkin.
Ochiq dasturiy ta‟minot – bu ochiq manbali dastur. Ochiq
manbali dastur kodini ochib, hech qanday to‗siqsiz, unga
o‗zgartirishlar kiritish mumkin. Ochiq litsenziyali dasturiy
ta‘minot albatta bepul bo‗lishi shart emas.
Tizimli dasturiy ta‟minot. Tizimli dasturiy ta‘minot – bu protsessor, tezkor xotira,
kiritish-chiqarish kanallari, tarmoq qurilmasi kabi kompyuter
resurslaridan samarali foydalanishni ta‘minlaydigan dasturlar
kompleksidir. Bir tomondan kompyuter resurslari, ikkinchi
tomondan foydalanuvchi orasidagi interfeys dastur vazifasini
bajaradi. Tizimli dasturiy ta‘minot tarkibiga quyidagilar kiradi:
Operatsion tizimlar.
foydalanuvchi bilan kompyuter orasidagi muloqotni
ta‘minlaydi;
kompyuter qurilmalari orasidagi ma‘lumot almashinishini
boshqaradi va nazorat qiladi;
ma‘lumotlarni joylashtirishda kompyuter resurslaridan
(xotira, tashqi xotira ) unumli foydalanishni ta‘minlaydi;
boshqa programmalarni yuklaydi;
tarmoq operatsiyalarini bajaradi va h.k.
Hozirgi kunda ishlatilayotgan operatsion tizimlarga misol
tariqasida quyidagilarni ko‗rsatish mumkin:
Microsoft Windows SMP (Symmetric Multiprocessind) ko‗p protsessorli, ko‗p
masalali, grafik interfeysga ega bo‗lgan operatsion tizim.
x86,
25
x86-64, IA-64, ARM, Alpha, MIPS, Power PC platformalarda
ishlaydi.
Plug and Play texnologiya bilan ta‘minlangan,
klassterizatsiya, atamaal xizmatlari, masofadan o‗rnatish xizmati
(