CyrToLat&LatToCyr 2002


PCI shina asosida ishlaydigan tovush kartalari ishlab chiqarishni  boshladilar. Keyinchalik  Creative



Yüklə 2,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/102
tarix09.09.2023
ölçüsü2,43 Mb.
#142266
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   102
kompyuter texnologiyalari asoslari

PCI
shina asosida ishlaydigan tovush kartalari ishlab chiqarishni 
boshladilar. Keyinchalik 
Creative
kompaniyasi 
EAX
texnolo-
giyasiga asoslangan
EMU10K
audioprotsessorida ishlangan 
Sound Blaster Live
 tovush kartasini yaratdi. Bu 
IBM PC
kom-
pyuterlari uchun yangi standart hisoblanib, bugungi kungacha 
takomillashtirilgan holda ishlatib kelinmoqda.
 
Tarmoq kartasi. 
Ma‘lumotlarni kompyuter tarmog‗ida bitta 
kompyuterdan boshqasiga uzatish paytida kompyuter va aloqa 
kanali ishini muvofiqlashtiruvchi plata shaklida yaratilgan 
moslamadir. Tarmoq kartasi kompyuter shinasidan parallel 
ravishda keluvchi va axborot so‗zlarining ikkilik xonalariga mos 
signallarni aloqa liniyasi orqali ketma-ket uzatiluvchi yuqori 
chastotali impulslarga o‗girib beradi. Kompyuterlar lokal 
tarmoqqa hamda modem orqali global tarmoqqa ana shu karta 
orqali ulanadi. Odatda tarmoq kartasi kompyuterning tizimli 
platasiga o‗rnatilgan yoki unga integrallashgan holda bo‗lishi 
mumkin. 
Bugungi kunda ishlab chiqarilayotgan tarmoq adapterlarini 
to‗rtinchi avlod tarmoq kartalaridir. Bu adapterlar yuqori 
darajadagi amallarning katta to‗plamini bajaradi, masalan, 
kompyuterni masofadan boshqarish, kadrlar ustunligini belgilash 
va boshqalar. Adapterlarning server uchun mo‗ljallangan turlari-
da katta quvvatli protsessorning mavjudligi majburiydir, u 
markaziy protsessor ishini yengillashtiradi. To‗rtinchi avlod 
tarmoq kartalarga misol qilib 
3 Com Fast EtherLink XL 
10/100
adapterini keltirish mumkin. 
 
Modem.
Modem kompyuterlar o‗zaro telefon tarmog‗i 
orqali axborot almashishini ta‘minlovchi qurilmadir. Modem 
―modulyator‖ va ―demodulyator‖ so‗zlarining qisqartmasidan 
olingan bo‗lib, kompyuterdan olingan raqamli signallarni telefon 
tarmog‗idan o‗tuvchi analogli signallarga aylantirish (modulya-
tsiya) va, aksincha, telefon tarmog‗idan kelgan analogli signal-
larni raqamli signallarga o‗tkazib (demodulyatsiya) kompyuterga 
kiritish uchun xizmat qiladi. 


23 
Qo‗shimcha imkoniyatga ega modemlar ham mavjud:
Faks-modem
— kompyuterga ulangan holatida boshqa faks 
modemga yoki faks-mashinaga faksimial tasvirlarni uzatishi va 
qabul qilib olishi mumkin.
Tashkilotda ovozli pochtadan foydalanish uchun ovozli 
modemlardan foydalaniladi. Ular telefon tarmog‗idan kelgan 
signalni raqamlashtirish va ixtiyoriy tovushni telefon tarmog‗ida 
qaytadan tiklash amalini bajaradi.

Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin