82
3.1-rasm.
WORD – matn muharrirning interfeysi.
WORD tizimining bosh menyusi
– WORDdagi barcha
amallar shu menyu bandlarining menyuostisidagi buyruqlar
yordamida bajarilishi mumkin.
Piktografik menyu
– ko‗p
uchraydigan amallarni tez
bajarish uchun bu amallarning vazifasi bo‗yicha turli guruhlarga
ajratgan holda piktogrammalar (anjomlar) ko‗rinishida o‗zida
saqlovchi soha. Piktografik menyuda quyidagi piktogrammalar
guruhi yoki boshqacha aytganda anjomlar paneli bo‗lishi
mumkin:
Standart anjomlar paneli odatda bosh menyudan keyingi
satrda joylashgan bo‗lib, yangi yoki
avval yaratilgan hujjatni
ochish, saqlash, chop etish, matn fragmentlari ustida turli
amallarni
bajarish, jadvallar yaratish va boshqa amallarni
bajarish imkoniyatiga ega bo‗lgan piktogrammalar guruhidan
iboratdir. Bu panel quyidagicha ko‗rinishda bo‗lishi mumkin:
83
Formatlash (shakl berish) anjomlari
paneli asosan hujjatga
shakl berish, turli xil shriftlardan foydalanish imkoniyatini
yaratuvchi va boshqa piktogrammalardan tashkil topgan bo‗lib,
quyidagi ko‗rinishda bo‗lishi mumkin:
Har bir guruhdagi pikogrammalarni foydalanuvchi o‗zining
ehtiyojiga qarab aniqlaydi va zarur hollarda uni qo‗shimcha
piktogrammalar bilan to‗ldirish yoki kerak bo‗lmaganlarini olib
tashlash imkoniyatiga ega.
Bulardan tashqari, boshqa anjomlar panellari ham bo‗lishi
mumkin (masalan,
rasm chizish, hoshiyalash va h.k).
Dostları ilə paylaş: