Avestoda ilgari surilgan Falsafiy qarashlar



Yüklə 23,27 Kb.
səhifə1/7
tarix22.12.2023
ölçüsü23,27 Kb.
#189270
  1   2   3   4   5   6   7
Avestoda ilgari surilgan Falsafiy qarashlar-hozir.org

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • KIRISH

Avestoda ilgari surilgan Falsafiy qarashlar

Avestoda ilgari surilgan Falsafiy qarashlar.


1.KIRISH


  • 1.KIRISH

  • 2.AVESTO YARATILISH TARIXI.

  • 3.KOMILIKKA ERISHISHNING MUHIM SHARTI -BILIMDONLIK

  • 4.EZGULIK VA YOVUZLIK O’RTASIDAGI KURASH.

  • 5.AVESTODAGI EZGULIK MABUDALARI.

  • 6.XULOSA

REJA:

KIRISH


  • «Avesto» zardo’shtiylik dinining muqaddas kitobidir. Uning yaratilish vatani – Markaziy Osiyo. Shu sababli bu kitob Markaziy Osiyo xalqlarining mushtarak yodgorligidir. Avesto o’z davrining tarixi, fani, madaniyati, urf-odatlari, adabiyoti, iqtisodiy-ijtimoiy hayoti to’g’risida ma’lumot beruvchi qomusiy asardir. Shu bilan birga «Avеstо» kitоbida falsafa, siyosat, tariх, aхlоq, nafоsat, хalq оg’zaki ijоdi, gеоgrafiya, biоlоgiya, ruhshunоslik, falakiyot, tabоbat va bоshqa ko`plab masalalarga dоir ma’lumоtlar bеrilgan. Bundan 2700 yil avval yurtimizda yaratilgan bu nоdir kitоb ajdоdlarimizning biz avlоdlarga qоldirgan ma’naviy va tariхiy mеrоsidir. Ayni zamоnda «Avеstо» bu qadim o`lkamizda buyuk davlat, buyuk ma’naviyat, buyuk madaniyat bo`lganidan guvоhlik bеruvchi tariхiy hujjatdir.

Avesto» yaratilgan vaqtda 30 nask - kitob (qismdan) iborat bo’lganligi haqida ma’lumotlar bor. Markaziy Osiyoga turli bosqinchilarning kirib kelishi, zardo’shtiylik diniga sig’inuvchilarning ta’qib qilinishi natijasida kitobning ko’p qismi yo’qolib, oz qismi saqlanib qolgan. Bu xususda Beruniy «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida shunday yozadi: «Podshoh Doro ibn Doro xazinasida «Avesto»ning o’n ikki ming qoramol terisiga tilla bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar otashxonalarni vayron qilib, ularda xizmat etuvchilarni o’ldirgan vaqtda uni yondirib yubordi. Shuning uchun o’sha vaqtdan beri «Avesto»ning beshdan uch qismi yo’qolib ketdi. «Avesto» o’ttiz nask edi. Ma’jusiylar qo’lida o’n ikki nask chamasi qolgan».


«Avesto»ning qisqargan shakli «Zand Avesto» deb nomlangan. U pahlaviy, sanskrit (qadimgi hind) tiliga tarjima qilingan va sharhlar bitilgan. U bir necha marta Yevropa tillariga, jumladan, rus tiliga ham ag’darilgan.
«
AVESTONING YARATILISH TARIXI

  • Eramizning birinchi asrlarida Yaqin sharqda yuzaga kеlgan zardushtiylik diniga e'tiqod qiluvchilarning muqaddas kitobi Avеsto dеb ataladi. Rivoyatga ko’ra, Avеstoning matni ushbu dinning bosh payg’ambari Zardusht tilidan taxminan eramizning III—VII asrlarida uning shogirdlari tomonidan yozib olingan

“EZGU FIKR, EZGU SO’Z, EZGU AMAL”


Yaxshilik va yomonlik o’rtasidagi kurash «Avesto»ning bosh g’oyasidir. Yaxshilik ramzi – yakka xudo Axura Mazda, yomonlik ramzi – Ahramandir. Hozirgacha «Avesto»ning ikki varianti mavjud. Birinchisi faqat «Avesto»ning o’zidan iborat. Ikkinchisi esa pahlaviy tilidagi sharhli tarjimadan tashkil topgan bo’lib, u bir necha qismlarga ajratilgan. Ular quyidagilar: 1. Vendidot. Axura Mazda bilan Zardushtning savol-javobi tarzida bitilgan. Jami 22 bob. 2. Visparad. Ibodat qo’shiqlari berilgan. Jami 24 bob. 3. Yasna. Qurbonlik qo’shiqlari, xudolar madhiyasi hamda diniy marosimlar tavsifi berilgan. U 72 bobdan iborat bo’lib, 17 bobi gotlar – madhiyalar deb atalgan. 4. Yasht. 22 qo’shiqdan iborat. Qo’shiqlarda zardushtiylik xudolari va ma’budalari madh etilgan. 5. Kichik Avesto. Quyosh, Oy, Ardvisura, Varxra kabi xudo va ma’budalar madh etilgan ibodat qo’shiqlari beriladi.
«Avesto» diniy kitob bo’lish bilan birga, eng avvalo, u nodir adabiy yodgorlikdir Asar she’riy yo’l bilan yozilgan. Qadimda yashagan xalqlarning og’zaki adabiy merosi berilgan. Kayumars, Yima, Gershasp, Arjasp, Mitra haqidagi asotir hamda afsonalar qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklardir.
«Avesto»da osmon jismlarida ilohiylik belgilarining ko’rsatilishi turkiy xalqlarning diniy e’tiqodlariga yaqin turadi. Jumladan, quyosh xudosi Mitra haqidagi tasavvurlar shunday xususiyatga ega. «Avesto»da qadimgi turkiy qavmlar va ularning hukmdorlari, qahramonlarining badiiy tasvirlari ham ifodasini topgan. Unda turkiylar tur nomi bilan beriladi. Turkiy va forsiy xalqlar adabiyotida Afrosiyob, Siyovush, Kayxisrav haqida yaratilgan turkum rivoyat va afsonalarning dastlabki namunalari «Avesto»da yaratilgan.

Yüklə 23,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin