Matn ko„rinishidagi ma‟lumotlar va ularni kiritish. Excelda sonlarning ifodalanishiga bo‗ysunmagan istalgan
belgilar ketma-ketligi matnli ma‘lumot bo‗ladi. Masalan,
quyidagi keltirilganlarning har biri matn ko‗rinishidagi ma‘lu-
otarga misol bo‗lishi mumkin: Familiya, ALFA21, 21ARK54,
25-954, 321 48. Bu misolda oxirgi ikkita ma‘lumotning yozilishi
sonli ma‘lumotga o‗xshasa ham ularning birinchisida ―–‖ elgisi
va ikkinchisida bo‗sh joy (probel) ishtirok etganligi uchun ular
matnni ifodalaydi.
Agar maxsus farmatlash amali bajarilmasa kiritilgan matn
katakchaning chapiga tekislanadi.
Katakchaning ichida yangi satrga o‗tish uchun klaviaturadan
Alt+Enter tugmachalari kombinatsiyasi bosiladi.
Formulalar. Excelda murakkab formulalarni qo‗llagan holda turli mate-
aik hisoblashlarni amalga oshirish mumkin. Katakchaga formula
kiritilganda, undagi ishtirok etuvchi operandlar (o‗zgaruvchilar,
sonlar va h.k.) ustida formulada ko‗rsatilgan amallar ketma-
ketligi bajarilib, natija shu katakchada hosil bo‗ladi. Agar
keyinchalik shu formulada ishtirok etuvchi o‗zgaruvchi operand-
ing qiymati (nomi formulada ishtirok etgan katakchaning
qiymati) o‗zgarganda, unga mos keluvchi yangi qiymat paydo
bo‗ladi.
(Formulalarni kiritish qoidalari bilan keyinroq tanishamiz).
Ma‟lumotlarni muharrirlash. Katakchaga kiritilgan
ma‟lumotni yo„qotish (o‗chirish)
uchun shu katakchani faollashtirib (joriy qilib)
Delete tugmachasini bosish kifoya. Katakchani faollashtirish uchun
uning ustida sichqon tugmachasi bosiladi yoki klaviaturadan
kursorni boshqarish (o‗ngga, chapga, pastga va yuqoriga qaragan
strelkali) tugmachalari yordamida shu katakchaga keltiriladi.
Katakchadagi
ma‟lumotni boshqasi bilan almashtirish uchun shu katakcha faol qilib olinadi va yangi ma‘lumot
kiritiladi. Bunda katakchaning oldingi formatining atributi
saqlanib qoladi.