Tomchili (struynыe) printerlar
. Printerlarning bu turidan
hozirgi vaqtda keng foydalanilmoqda. Bu printerlar asosan rangli
bo‗lib, ularda chop etilgan mahsulotning sifati matritsali
printerlarnikiga qaraganda ancha yaxshi. Tomchili printerlarning
tezliga chop etish rejimi va chop etilayotgan tasvirga juda ham
bog‗liq bo‗lib, bir betni chop etishga 20 sekunddan bir necha
minutgacha vaqt ketishi mumkin. Tomchili printerlarning
aksariyati A4 (210x297mm) qog‗ozga mo‗ljallangan bo‗ladi.
Chop etiladigan tasvirning sifati ishlatiladigan qog‗ozning turiga
ham bog‗liq bo‗lib, oddiy qog‗ozga qaraganda tomchili printerlar
uchun mo‗ljallangan maxsus qog‗ozdan foydalanganda, chop
etilgan tasvir sifat jihatdan yuqori bo‗ladi.
Lazer printerlari
. Lazer printerlari o‗zining tezligi va
chop etish sifati bilan boshqa printerlardan ustun turadi. Chop
etish sifati asosan har bir dyuym kvadratga tushadigan nuqtalar
soniga yoki boshqacha aytganda imkon darajasiga bog‗liqdir.
21
Masalan imkon, darajasi 600 bo‗lganda chop etish sifati uncha
yuqori bo‗lmasa-da, ish yuritish hujjatlarini chop etishda bemalol
foydalanish mumkin. Imkoniyat darajasi yuqori (bir dyuym
kvadratga 1200 yoki 1800 ta nuqta) bo‗lgan printerlarda hujjat
va tasvirlarning sifatini yuqori qilib chop etish mumkin. Lazer
printerlarining aksariyati alohida varoqlik A4 formatli qog‗ozga
chop etishga mo‗ljallangan. Printerlar ichida rangli lazer printer-
lari alohida o‗rin egallab, ular boshqa printerlarga qaraganda
ancha qimmat turadi. Bu printerlarning ekspluatatsiyasi ham
arzon emas. Shuning uchun rangli lazer printerlaridan nufuzli
hujjatlarni, rangli tasvirlarni chop etishda hamda nashriyot
ishlarida foydalaniladi.
Qo„shimcha qurilmalar.
Tovush kartasi (platasi). Kompyueterdan tovushli axborotni
(musiqa, nutq va h.k.) chiqarish uchun unga tovush kartasi
qo‗yiladi va akustik sistemalar ulanadi. Tovush kartasisiz
kompyuter faqat o‗zining imkoniyati juda ham past bo‗lgan
dinamigi yordamida tovush chiqarishi mumkin. Tovush kartasi
yordamida kompyuterdan nafaqat tovush chiqarish, balki tovush
yozish va boshqa amallarni ham bajarsa bo‗ladi. Tovush kartasi
sistemali plataga o‗rnatiladi yoki uning tarkibida (integral-
lashgan) bo‗lishi ham mumkin. Uning orqa qismida bir nechta
teshikcha bo‗lib, ular orqali akustik sistemalar ulanadi. Bulardan
ba‘zilari kiradigan signallarni qabul qilish uchun mo‗ljallangan
bo‗lib, ularga mikrafon yoki boshqa tovush apparaturasi ulanishi
mumkin. Boshqalariga tovush kolonkasi, naushnik yoki tovush
apparaturasi ulash mumkin bo‗lib, ular orqali tovush tashqariga
chiqariladi.
Tovush kartasining asosiy vazifasi kompyuterdagi raqamli
tovush signallarining analogli, ya‘ni tovush tebranmasining
elektr shakliga o‗tkazib, akustik sistemalarga yetkazib berish va,
aksincha, tashqaridan keladigan analogli signallarni raqamli
signallar shakliga keltirib, kompyuterga kiritishdan iboratdir.
Protsessorlar quvvati oshib borgan sari,
ISA
turidagi
shinalardan foydalanilmay qo‗yildi. Oldingi tovush kartalari
22
aynan shu shina asosida ishlagan edi. Ishlab chiqaruvchilar
Dostları ilə paylaş: |