CyrToLat&LatToCyr 2002


DVD -5 – bir tomon, bir sathli hajmi 4,7 Gbayt;   DVD



Yüklə 2,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/102
tarix09.09.2023
ölçüsü2,43 Mb.
#142266
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   102
kompyuter texnologiyalari asoslari

DVD
-5 – bir tomon, bir sathli hajmi 4,7 Gbayt; 

DVD
-9 – bir tomon, ikki sath hajmi 8,5 Gbayt; 

DVD
-10 – ikki tomon, bir sathli hajmi 9,4 Gbayt; 

DVD
-14 – ikki tomonli disk bir tomonida bitta va ikkinchi 
tomonida – ikkita sath hajmi 13,24 Gbayt; 

DVD
-18 – ikki tomonli, ikkita sathli hajmi 17 Gbayt.
DVD
disklardan o‗qish qurilmasi 
DVD-ROM
deyiladi va 
uning tezligi ham 
SD-ROM
nikiga o‗xshash tezlik birligiga 
nisbatan karrali bo‗ladi. 

 Flesh (Flash) xotira
. Bu energiyaga bog‗liq bo‗lmagan, 
yozish va o‗qish imkoniyatlari mavjud bo‗lgan ixcham xotira turi 
hisoblanadi. Flesh xotiradagi axborot ishonchli va uzoq muddat 
saqlanishi mumkin. Flesh xotira bilan axborot almashinish 
kompyuterning 
USB
porti orqali amalga oshiriladi. Flesh 
xotiraning axborot sig‗imi 1–2 Gbayt va undan ortiq bo‗lishi 
ham mumkin.
2005-yilda 
Toshiba
va 
SanDisk
birinchi marta 1 Gbayt 
hajmli chipni taqdim etdi. 2006-yilda 
Samsung
8 Gbayt flesh 
xotira yaratgani haqida ma‘lum qildi, Bu chiplar 2009-yildan 
boshlab keng ishlab chiqarishga joriy qilindi. Hajmni 
ko‗paytirish uchun qurilmalarda bir nechta chipni birlashtirgan 
massivlardan foyda-lanib kelinmoqda. Bugungi kunda asosan 1 
Gbaytdan 64 Gbaytgacha hajmgacha bo‗lgan flesh kartalardan
foydalanib kelinmoqda. Eng katta hajmdagi
USB
qurilma 1 
Tbayt hajmga ega.

Klaviatura.
 
Klaviaturadan kompyuterga axborot kiritish 
uchun foydalaniladi. Klaviaturada lotin va kirilcha harflar, 
raqamlar, tinish belgilar, maxsus belgilar, matematik amallar 


17 
belgilari tugmachalari bilan birga kompyuterga buyruqlar kiritish 
uchun funksional hamda boshqarish tugmachalari ham mavjud. 
So‗nggi chiqarilayotgan klaviaturalarda multimedia vositalaridan 
va boshqa ko‗p ishlatiladigan dasturlardan foydalanishni oson-
lashtiruvchi maxsus tugmachalar ham mavjud bo‗lib, ularni 
multimediali klaviaturalar deb ataladi.

Sichqon
. Hozirgi vaqtda zamonaviy dasturlar bilan ishla-
ganda albatta sichqondan foydalaniladi. Sichqon – qo‗lning 
kaftiga sig‗adigan ikkita tugmachali moslama bo‗lib, uning 
yordamida kompyuter ekranidagi obyektlar ustida turli xil 
manipulyatsiyalarni bajarish, tugmachlari yordamida signallar 
kiritish mumkin. Bu qurilmaning sichqon deyilishiga sabab, u 
kulrang bo‗lib, uning kompyuterga ulangan simi sichqonning 
dumini eslatadi. Sichqonni tekislikda harakat qildirganda uning 
ko‗rsatkichi ekran bo‗ylab mos ravishda harakat qiladi. Hozirgi 
vaqtda mexanik (sharikli) sichqonlar o‗rnini optik sinchqonlar 
egallamoqda.
Oxirgi yillarda optik sichqonchalarning yarimo‗tkazgichli 
lazerdan foydalanuvchi yangi, yanada takomillashtirilgan turi 
yaratildi. Undan tashqari induksion sichqonchalar mavjud.
Induktsion sichqonchalar grafik planshet qoidasiga asosan 
ishlaydigan gilamchalardan foydalanadi yoki grafik planshet 
tarkibiga kiradi. Induksion sichqoncha katta aniqlik bilan 
ishlaydi. U simsiz ham bo‗lishi mumkin va induksion 
oziqlanishga ega. Demak, oddiy simsiz sichqonchalardan 
farqliroq akkumulyator talab etmaydi. 
Sichqonchalarning yana bir turi inersion sichqoncha. Ular 
akselerometr deb nomlanuvchi maxsus asbob yordamida 
sichqonchaning o‗qlar bo‗yicha siljishini belgilaydi. Aksariyat 
hollarda mazkur sichqonchalar simsiz bo‗ladi hamda harakatlar 
detektorini vaqtinchalik o‗chirib turuvchi tugmachaga ega. U 
ishga tushirilganda sichqoncha ko‗rsatkichga ta‘sir etmagan 
holda harakat qilishi mumkin. 
Giroskopik sichqoncha – uni faqat tekislikda emas, balki 
fazoda ham harakatlantirish mumkin. Uni stoldan olib, havoda 
qo‗lingiz bilan harakatlantirish mumkin.


18 
Skaner.
Skaner qurilmasi qog‗ozdagi matn, grafik, chizma-
lar ko‗rinishidagi axborotni kompyuterga kiritish uchun xizmat 
qiladi.

Skanerlar quyidagi turlarda ishlab chiqariladi: 

Planshet skanerlar –
 
skanerlarning eng keng tarqalgan 
turidir, chunki u foydalanuvchi uchun maksimal darajada 
qulaylik yaratadi – yuqori sifat va skanerlashning yaxshi tezligini 
ta‘minlab beradi.

Qog‗oz tortuvchi skanerlar – qog‗oz tirkashga kiritilib, 
roliklar yordamida skaner ichidagi lampa oldidan tortib o‗tiladi. 
Aksariyat modellar avtomatik uzatish qurilmasiga ega, shu bois, 
unda katta hajmdagi hujjatlarni tez skaner qilish mumkin. 

Planetar skaner – kitoblarni yoki tez shikastlanuvchi 
hujjatlarni skaner qilish uchun mo‗ljallangan, chunki skanerlash 
jarayonida skaner qilinayotgan obyektlarga umuman tegilmaydi. 

Kitob skanerlari – bu skanerlarda jarayon ustki tomondan 
amalga oshiriladi, siz faqat kitobni o‗qigandek, uni varaqlab 
tursangiz bas. Zamonaviy kitob skanerlaridan foydalanilgan 
holda o‗nlab kitoblar va hujjatlarni qisqa vaqtda elektron holatga 
o‗girish mumkin. Kitob skanerlarida motorlashgan beshik sifat 
uskuna va boshqarish uchun oyoq pedalidan foydalanilsa, 
operatorning ishi yanada yengillashadi. Kitob skanerlarida 
ishlatiladigan dasturiy ta‘minot mavjud defektlarni bartaraf etish, 
kitobning buklangan joyini tekislab ketish imkoniyatini beradi.
Bugungi kunda asosan 600 
dpi
imkoniyat darajasiga ega 
skanerlardan foydalaniladi. Bu imkoniyatni oshirish yanada 
takomillashtirilgan optik uskunalarni ishlatishni taqozo etadi.

Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin