97
Qo‘rg‘oshinni reaksiyali eritish asosida qisman quyidagi reaksiyalar bo‘yicha
oksidlab kuydirish yotadi:
2PbS + 3O
2
= 2PbO + 2SO
2
PbS + 2O
2
= PbSO
4
Keyinchalik kuydirish mahsulotlarining oksidlanmay qolgan qo‘rg‘oshin
sulfidi qoldig‘i bilan o‘zaro ta'sirlashadi:
PbS + 2 PbO = 3Pb + SO
2
PbS + PbSO
4
= 2Pb + 2SO
2
Reaksiyali eritish asosidagi elektr eritish usuli va kivtset jarayoni bilan hozirgi
vaqtda qo‘rg‘oshin olinmoqda.
Cho‘ktirib eritish qo‘rg‘oshinni uning sulfidlaridan temir bilan siqib chiqarish
reaktsiyasiga asoslangan.
PbS + Fe = Pb + FeS
Cho‘ktirib eritish hozirda sanoatda qo‘llanilmayotgan bo‘lsada, uning asosida
yotgan reaksiya, qisman shaxtali qaytarib eritish amaliyotida ishlatiladi.
Sulfidlarni oddiy uglerodli qaytaruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tiklash –
murakkab masala va sanoat miqyosida texnologik
jihatdan amalga oshirib
bo‘lmaydi. Sulfidli boyitmalardan qaytarib eritish usuli bilan qo‘rg‘oshin olish
uchun, ular dastlab bir vaqtning o‘zida pishirib oksidlab kuydiriladi,
chunki
qoramtir qo‘rg‘oshinga eritish shaxtali pechlarda amalga oshiriladi. Kuydirilgan
aglomerat koks bilan eritiladi; bu paytda qo‘rg‘oshin quyidagi reaksiya bo‘yicha
qaytariladi:
PbO + CO = Pb + CO
2
Eritish paytida kislorod bilan birikishga moyil qo‘shimchalar shlak, kislorod
bilan birikishga moyilligi kam qo‘shimchalar metall
holatigacha tiklanadi va
qo‘rg‘oshinda eriydi. Qoramtir qo‘rg‘oshin pechdan chiqqandan so‘ng, suyuq
holda tozalashga yuboriladi. Qoramtir qo‘rg‘oshinni tozalash pirometallurigik
usullar
bilan amalga oshiriladi, ayrim zavodlarda bu maqsadda elektroliz
ishlatiladi.