38
makroiqtisodiy siyosatining asosiy maqsadlaridan bo‗lib, bu jarayon orqali
iste‘molchilarga beriladigan taklif miqdorini ko‘paytirish, ya‘ni aholining mahsulot
va xizmatlarga bo‘lgan talabini to‗laroq qondirib berish imkoniyati yuzaga keladi.
Bandlik va ishsizlik muammosi milliy va jahon xo‗jaligining siklik
rivojlanishi, ular iqtisodiyotidagi tarkibiy siljishlar, demografik va ma‘daniy –
maishiy jarayonlar hamda ishchi kuchi bozorida o‗z o‗rniga ega bo‗lgan
o‗zgarishlar bilan bog‗liq.
Bandlik nazariyasi o‗zining evolyutsion rivojida uzoq yo‗lni bosib o‗tgan
bo‗lib, turli-tuman g‗oyaviy
yondashuvlar, tadqiqotning har xil usul va richaglari
bilan tavsiflanadi.
Bandlikning klassik nazariyasiga ko‘ra, to‗liq bandlik sharoitida ishlab
chiqarilgan mahsulot va xizmatlarni sotib olish uchun xarajatflar darajasi yetarlicha
bo‗lmaydi. Boshqa tomondan, umumiy xarajatlar darajasi yetarlicha bo‗lmagan
taqdirda
ham tartibga solishning narx, ish haqi va foiz stavkasi kabi dastaklari
ancha tez amal qilib, natijada umumiy xarajatlarning kamayishi ishlab
chiqarishning
real hajmi, bandlik va real daromadlar qisqarishini keltirib
chiqarmasligi mumkin.
Xarajatlar darajasi yetarlicha bo‘lmasligining klassik nazariyasini inkor qilish
qisman Sey qonunida asoslanadi. Sey qonuniga ko‗ra tovarlarni ishlab chiqarish
jarayoni ularning qiymatiga teng bo‗lgan daromadlarni vujudga keltiradi. Bu
mahsulotning har qanday hajmini ishlab chiqarish uni sotib olish uchun zarur
bo‗lgan daromadlarni avtomatik ravishda ta‘minlashini anglatadi. Taklif o‗zining
xususiy talabini vujudga keltiradi. Biroq jamg‗arma
bu jarayonni
murakkablashtiradi, ya‘ni daromad oluvchi uni to‗liq sarflashi kafolatlanmagan.
Iste‘molchi pul daromadining qandaydir qismi ushlab qolinib, bu talabda o‗z
ifodasini topmasligi hamda daromadlar va sarflar oqimida uzilishlarni keltirib
chiqarishi mumkin. Jamg‗arma yetarlicha iste‘mol qilmaslikka olib keladi va Sey
qonuni samarali amal qilmasligiga sabab bo‗ladi. Natijada ishlab chiqarishning
qisqarishi, sotilmagan tovarlarning to‗planishi, ishsizlik va daromadlar kamayishi
ro‗y beradi.
39
Iqtisodchi klassiklar, real hayotda jamg‗arma
talab taqchilligiga olib
kelmasligi har bir jamg‗arilgan summa tadbirkorlar tomonidan investitsiyaga
yo‗naltirilishi ta‘kidlanadi. Shunday ekan, jamg‗arma keltirib chiqaradigan
iste‘mol sarflaridagi har qanday ―taqchillik‖ ni investitsiyalar to‗ldiradi.
Agar uy xo‗jaliklari pul daromadlaridan qanchasini jamg‗arishni ko‗zda
tutgan bo‗lsa tadbirkorlar (ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchilar) ham
shuncha investitsiya qo‗yadigan bo‗lsa, Sey qonuni amal qila boshlaydi.
Demak
bunda, ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) va bandlik darajasi doimiy bo‗lib
qoladi.
Dastlabki ma‘lumotlarga ko‘ra, 2017 yil yanvar-dekabr davri uchun
iqtisodiyotda band aholi soni 13520,3 ming kishini tashkil etib, 2016
yilga nisbatan
1,7 % ga oshganligini ko‘rishimiz mumkin. Ish bilan band aholi sonining iqtisodiy
faoliyat turlari kesimida tahlil etilganda, bandlar sonining 2016 yilga nisbatan
sezilarli darajada o‘sishi tashish va saqlashda (2.6 %), moliyaviy va sug‘urta
faoliyatida (2,4 %), qurlishda (2,1 %), savdoda (1,9 %), yashash va ovqatlanish
bo‘yicha xizmatlarda (1,7 %) kuzatildi.
Ish bilan band aholi sonining asosiy qismi qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi
(27,3 %), sanoat (13,5 %), savdo (11,0 %), qurilish (9,5 %) va ta‘lim (8,2 %)
sohalari hissasiga to‘g‘ri keldi (1.2.1-rasm).
Shuningdek, 2017 yilning yanvar-dekabr davrida kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikda ish bilan bandlarning jami bandlar sonidagi ulushi 78,3 % ni tashkil
etdi (2016-yil yanvar-dekabrida 78,2 % bo‘lgan).