2.1.3-jadval 2016-2018 yillar mobaynida ko‟rsatilgan xizmat turlari hajmi Xizmatlar nomi
2016 yil
2017 yil
2018 yil
mlrd. so‟m o‟sish sur‟ati, % mlrd. so‟m o‟sish sur‟ati, % mlrd. so‟m o‟sish sur‟ati, % Jami xizmatlar
90 991,7 112,5 116 795,8 108,9 146 836,3 108,4 Jumladan, asosiy turlari bo’yicha Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 6 121,2
111,7
7 902,9
117,3
9 744,1
115,6
Moliyaviy xizmatlar 9 796,8
119,2
14 961,8
135,9
21 192,6
125,8
Transport xizmatlari 26 465,7
107,4
35 429,3
107,7
43 329,2
103,9
Yashash va ovqatlanish xizmatlari 2 802,8
111,7
3 606,7
110,5
4 420,5
104,7
Savdo xizmatlari 26 157,6
114,7
31 950,1
100,1
39 445,3
104,2
Ko‟chmasmulk bilan bog‟liq xizmatlar 3 361,5
115,8
3 880,0
102,8
4 689,2
103,3
Ta‟lim sohasidagi xizmatlar 3 281,5
108,3
4 226,2
120,6
5 422,5
110,7
Sog‟liqni saqlash sohasidagi xizmatlar 1 345,9
116,1
1 602,4
110,1
2 053,0
114,9
Ijara xizmatlari 2 327,4
117,8
2 564,6
101,1
3 129,9
107,6
Kompyuter va maishiy tovarlarni ta‟mirlash bo‟yicha xizmatlar 2 167,5
114,9
2 305,6
101,5
2 628,0
104,1
Shaxsiy xizmatlar 2 977,3
114,7
3 173,0
101,6
3 743,6
102,8
Me‟morchilik, muhandislik ishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar 1 008,5
112,0
1 434,3
113,7
2 306,4
128,9
Boshqa xizmatlar 3 178,1
111,7
3 758,8
106,5
4 732,0
106,9
Manbaa: O‗zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma‘lumotlari asosida muallif
tomonidan ishlab chiqildi.
54
2018-yilda transport xizmatlari tarkibida etakchi o‘rinni avtomobil
transportida ko‘rsatilgan xizmatlar (49,4 %) egallagan bo‘lib (2.1.4-rasmga
qarang), quvurlar orqali tashish xizmatlarining ulushi 17,2 % ni tashkil etdi. Temir
yo‘l transporti orqali ko‘rsatilgan xizmatlar transport xizmatlari umumiy hajmida
13,6 % ni egalladi.
2.1.2-rasm. Transport xizmatlari tarkibining asosiy turlari bo‟yicha ulushlari 23 (2018 yil % hisobida) Ulardan keying o‘rinlarni yuk va yo‘lovchilarni havo transportida tashish
bo‘yicha xizmatlar 11,5 % hamda yordamchi transport faoliyati 8,3 % lik
ko‘rsatkichlar bilan egallaydi.
Mamlakatda transport xizmatlarini yanada rivojlantirish maqsadida
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini
rivojlantirish vazirligining ko‘magida yuklarni tashish uchun elektron platforma
yaratilish ishlari olib borilmoqda. Toshkent shahridagi Inha universiteti hamda
―O‘zavtotrans‖ agentligi birgalikda xalqaro multimodal transport-logistika
markazining elektron platformasini yaratish to‘g‘risidagi loyihani ishlab chiqish
borasida qaror qabul qildi. Loyihada yuklarni eksport-import qilishda transportda
tashish bilan bog‘liq ma‘lumotlarni to‘plash, ishlov berish va tahlil qilish, eksport-
import yuklarni tashishda transportda tashish va omborga joylashtirishni
qulaylashtirish, transport xarajatlarini qisqartirish, kelishtirish hisobiga yetkazib
23
O‗zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining rasmiy veb sayti. www.stat.uz
49.4 %
• Avtomobil transporti xizmatlari
17,2%
• Quvur transporti xizmatlari
13,6%
• Temir yo'l transporti xizmatlari
55
berish va ombor operatsiyalarining samaradorligini oshirish, logistika jarayonini
barcha ishtirokchilarning aniq hisob-kitoblar va oqilona harakatlar yagona elektron
platformasini yaratish ko‘zda tutilgan.
2018 yilda savdo xizmatlari hajmi 39445,3 mlrd.so‘mni tashkil qildi va
ko‘rsatilgan xizmatlar umumiy hajmidagi ulushi 26,9 % ni tashkil etdi. 2017-
yilning mos davriga nisbatan savdo xizmatlarining hajmi 7439,3 mlrd.so‘mga
oshdi.
Savdo xizmatlarining eng katta hajmi Toshkent sh. (12788,3 mlrd. so‘m),
Toshkent (3569,9 mlrd. so‘m), Samarqand (3024,6 mlrd. so‘m), Farg‘ona
(3011,0 mlrd. so‘m), Andijon (2705,5 mlrd. so‘m), Qashqadaryo (2337,0 mlrd.
so‘m) va Surxondaryo (2246,3 mlrd. som) viloyatlarida qayd etildi.
Savdo xizmatlarining eng past ko‘rsatkichi Sirdaryo viloyatida kuzatildi.
Ushbu hududda o‘tgan yilda savdo xizmatlari hajmi 632,9 mlrd. so'mga teng
bo‘ldi.
Mamlakatimizda oxirgi yillarda aholi daromadlari darajasining oshishi bilan
parallel ravishda iste‘mol talabi va savdo aylanmasi hajmi o‘sib bormoqda.
Savdo xizmatlari tarkibida avtomobillar va mototsikllar savdosidan tashqari
chakana savdo bo‘yicha xizmatlar ham katta salmoqqa ega bo‘lib, 2018 yil yanvar-
dekabr oylarida uning ulushi 67, 7 % ni tashkil etdi.
Ulgurji savdo bo‘yicha
xizmatlarining (avtomobillar va mototsikllar savdosidan tashqari) ulushi 25,5 % ga
yetdi. Avtomobillar va mototsikllarni ta‘mirlash bo'yicha xizmatlarni qo‘shgan
holda avtomobillar va mototsikllar ulgurji va chakana savdosi bo'yicha xizmatlar
umumiy savdo xizmatlari hajmida 6, 8 % ni egalladi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish fuqarolik jamiyatida
va bugungi kundagi bozor iqtisodiyotida yuz beradigan jarayonlarning deyarli
barchasiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatish uchun zarur component hisoblanishi xech kimga
sir emas.
Hayotning ko‘pgina sohalarida AKT joriy etilishi va rivojlanishi jamiyat,
hokimiyat va tadbirkorlik bilan bog‘liq ko‘plab tashqi va ichki jarayonlarni
soddalashtiradigan hamda tezlashtiradigan muhim element hisoblanadi.
56
2018 yilda aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining hajmi 9744,1 mlrd.
so'mga teng bo‘ldi. Ularning o‘sishi 2017-yilga nisbatan 15,6 % ni tashkil etdi.
Yuqori o‘sish sur‘atlari Toshkent (128,5 %), Samarqand (113,5 %), Buxoro
(113,5 %), Surxondaryo (113,3 %), Qashqadaryo (112,9 %) viloyatlari va
Toshkent shahrida (118,6 %) qayd etildi.
O‘tgan yilning mos davriga nisbatan aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining
uncha yuqori bo‘lmagan o‘sish sur‘ati Qoraqalpog'iston Respublikasi (107,7 %) va
Sirdaryo (107,9 %) viloyatida qayd etildi.