59
e‘tibor qaratilmoqda. 2018 yil yanvar-dekabr oylarida ta‘lim sohasidagi xizmatlar
hajmi 5422,5 mlrd. so‘mga teng bo‘ldi hamda o‘tgan yilga nisbatan o‘sish 10,7 %
ni tashkil etdi.
O‘tgan 2018-yilda yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar hajmi 4420,5
mlrd. so‘mga yetdi. 2017-yil yanvar-dekabr oylariga nisbatan o‘sish sur‘ati
104,7 % ni tashkil etib, ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida yashash va
ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarning ulushi 3,0 % ga teng bo‘ldi.
Respublikada o‘tgan yilda yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar hajmida
oziq-ovqat va ichimliklar bilan ta‘minlash bo‘yicha xizmatlar 81,2 % ulush bilan
etakchilik qilgan bo‘lsa, yashash bo‘yicha xizmatlar ulushi 18,8 % ga to‘g‘ri
kelgan (2.1.6-rasm).
2.1.6-rasm. Yashash va ovqatlanish bo‟yicha xizmatlar tarkibining
taqqoslanishi, % da
27
.
Shu o‘rinda ta‘kidlash joizki, 2017 yil yanvar-dekabr oylariga nisbatan
yashash bo‘yicha xizmatlar ulushining ko‘payish omillaridan
biri respublikada
27
O‗zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma‘lumotlari asosida muallif tomonidan ishlab
chiqildi.
60
turizm faoliyatini rivojlantirish hisoblanadi. Jahonga mashhur tarixiy yodgorliklar,
zamonaviy
shaharlar, O‘zbekistonning betakror tabiati,
noyob milliy taomlari,
shuningdek, xalqimizning betakror mehmondo'stligi sayohatchilarni o‘ziga jalb
qiladi. Mamlakatda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan, yashash bo‘yicha
xizmatlarning ulushi 0,8 f.p.ga oshgan.
O‘zbekiston iqtisodiyotida so‘nggi yillarda aholi jon boshiga ko‘rsatilgan
bozor xizmatlari hajmida har oyda o‘sish tendensiyasi kuzatilmoqda. Misol uchun,
2018-yil yanvar-dekabr oylarida shu yilning III choragiga nisbatan 417,6 ming
so‘mga
hajmi oshib, 4455,6 ming so‘mga teng bo‘ldi. 2017 yil yanvar-dekabr
oylariga nisbatan farq 794,3 ming so‘mni tashkil etdi.
Dostları ilə paylaş: