2.2.1-jadval O‟zbekiston hududlarida ishlab chiqarilgan yalpi ichki (hududiy) mahsulot(2018 yil) YaIM (YaHM)
Aholi jon boshiga YaIM
(YaHM)
mlrd.so‘m
o‘sish sur‘ati, %
mlrd.so‘m
o‘sish sur‘ati, %
O‘zbekiston
Respublikasi
407514,5 105,1 12365,6 103,3 Qoraqalpog‟iston Respublikasi 14185,2
10,34
7642,9
101,9
viloyatlar Andijon 27121,6
112,1
8923,9
110,2
Buxoro 21151,9
104,6
11222,4
103,1
Jizzax 11820,2
102,6
8830,3
100,7
Qashqadaryo 28412,2
101
8932,1
99
Navoiy 21729
103,4
22489,1
101,7
Namangan 18141,4
102,5
6654,7
100,6
Samarqand 31187,4
99,3
8295,8
97,3
Surxondaryo 17061,9
101,0
6712,5
98,9
Sirdaryo 8200,5
101,1
9966,6
100,4
Toshkent 38398,7
106,4
13333,4
105,1
Farg‟ona 25181,2
103,9
6895,7
102,2
Xorazm 15154,2
103
8325,6
101,3
Toshkent sh. 53287,1
108,1
21419,4
106,2
Manbaa: O‗zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma‘lumotlari asosida muallif
tomonidan ishlab chiqildi.
2.2.1-jadvaldan ko‘rishimiz mumkinki, 2018-yil yakunlari bo‘yicha YaHM
ko‘rsatkichlarida Toshkent shahri (108,1 %), Andijon (112,1 %) va Toshkent
viloyatlarida (106,4 %) yuqori o‘sish sur‘atlari qayd etilgan. Respublika darajasiga
(105,1 %) nisbatan past o‘sish sur`atlari Qashqadaryo (101,0 %), va Sirdaryo
(102,1 %) viloyatlarida kuzatilgan. Samarqand (99,3 %), Surxondaryo (98,9 %)
viloyatlarida esa umuman o‘sish kuzatilmagan.
O‘tgan yilda Respublika bo‘yicha YaIM ning shakllanishida Toshkent shahri
13,1 % ulush bilan eng katta hissa qo‘shdi. Toshkent viloyati 9,4 % va Samarqand
viloyati 7,7 % ko‘rsatkich bilan keyingi o‘rinlarni egallab turibdi. Respublika
63
YaIM ni shakllantirishda eng kam ulush Sirdaryo (2,0
%) va Jizzax viloyatlariga
(2,9 %) hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasiga (3,5 %) to‘g‘ri kelmoqda (-
rasmga qarang).
Zamonaviy O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollari milliy
va mahalliy manfaatlarni hisobga olgan holda respublikaning har bir iqtisodiy
tuman va viloyatlarining barcha resurslaridan oqilona foydalanishiga bog‘liqdir.
Shuni hisobga olgan holda har bir hududning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini chuqur
tahlil qilib chiqish hamda xulosalar asosida chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish
maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma‘lumotlariga qaraydigan bo‘lsak, 2018-yilda
hududlar o‘rtasida xizmatlar umumiy hajmida eng katta ulushni Toshkent shahri
(32,9 %), Toshkent (7,5 %), Samarqand (6,7 %), Farg'ona (6,2 %) va Andijon (5,4
%) viloyatlari egallaydi.