D. A. Shadibekova



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/62
tarix28.11.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#167277
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   62
xizmatar sohasi darslik

2.1.7-rasm. O‟zbekiston
hududlari bo‟yicha aholi jon boshiga ko‟rsatilgan 
bozor xizmatlari hajmi ko‟rsatkichlari (2018 yil) 
28

28
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi, 28-
dekabr 2018-yil. 


61 
Ushbu ko‘rsatkich hududlar o‘rtasida Toshkent shahrida 19439,6 ming 
so‘mdan Surxondaryo viloyatida 2160,2 ming so‘mgacha oraliqda bo‘ladi (2.1.7-
rasmga qarang). Aholi jon boshiga ko'rsatilgan bozor xizmatlari hajmining 
maksimal o‘sishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi (11,4 %), Jizzax (11,2 %), Navoiy 
(10,0 %) viloyatlari va Toshkent shahrida (8,7 %) qayd etildi. 
Ta‘kidlash joizki, kelgusida xizmatlar sohasini keng qamrovli rivojlantirish 
aholi turmush darajasini yaxshilash, samarali bandligini va iqtisodiyotning 
barqaror rivojlanishini ta‘minlash kabi dolzarb masalalarga yechim hisoblanadi. 
2.2. O‟zbekistonda xizmatlar sohasining rivojlanganlik darajasi va uning 
yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi tahlili. 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika ishlari dasturiga muvofiq, qo‘mita 
tomonidan har yili Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri 
bo‘yicha yalpi hududiy mahsulotni (keyingi o‘rinlarda – YaHM) dastlabki 
baholash ishlari amalga oshiriladi.
YaHM – milliy hisoblar tizimining asosiy ko‘rsatkichi bo‘lib, muayyan 
davrda mintaqaning iqtisodiy hududida joylashgan rezident – institutsional birliklar 
ishlab chiqarish faoliyatining yakuniy natijasini ifodalaydi. YaHM ishlab chiqarish 
usulida, iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi va 
mahsulotlarga sof soliqlar yig‘indisi orqali hisoblanadi. 
Olib borgan tadqiqotlarimiz asosida respublika hududlarida (viloyatlarda) 
ishlab chiqarilgan YaHM tarkibida xizmatlar soasining ulushini tahlil qilib chiqdik 
va bu orqali hududlarning xizmatlar ishlab chiqarish salohiyati hamda viloyatlarda 
xizmatlarga bo‘lgan talab hajmini aniqlab oldik. Xususan, o‘tgan 2018-yil 
mobaynida ishlab chiqarilgan YaHM ga nazar tashlaymiz: 


62 

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin