Agar aksonometrik proeksiyalar tekisligi koordinatalar tekisliklaridan ikkitasi bilan bir xil burchak hosil qilsa,bunday aksonometriya to’g’ri burchakli dimetriya deyiladi. Bunda o’qlar bo’yicha o’zgarish koeffitsientlari kx=ky kz, kx=kzky yoki ky=kzkx bo’lishi mumkin.
To’g’ri burchakli dimetriyaning juda ko’p turlari mavjud bo’lib, ulardan aksonometrik o’qlarning o’zaro joylashuvi 13.11-rasmda ko’rsatilgan vaziyatdagi holati standartda tavsiya qilingan. Bu o’qlarni α va β burchaklarning tangenslari orqali oson yasash mumkin, chunki Standart dimetriyada o’qlar bo’yicha o’zgarish koeffitsientlarining kx=kzky holi qabul qilinib kx= kz =2ky yoki ky = 1/2 kxdeb olingan. U holdak2x+k2y+k2z=2tenglikka yuqoridagi qiymatlarni qo’yib, yoki ga ega bo’lamiz. Bundan, ni hosil qilamiz. Demak, kx0,94; kz0,94; ky0,47 hosil bo’ladi.
13.11-расм.
Amaliyotda to’g’ri burchakli dimetrik proeksiyalarni yasash uchun quyidagi keltirilgan o’zgarish koeffitsientlaridan foydalaniladi:
U holda keltirish koeffitsienti bo’ladi.
13.12,a-rasmda to’g’ri burchakli dimetriyada kub va uning yoqlarida ichki chizilgan aylanalarning dimetrik proeksiyalari bo’lgan ellipslar tasvirlangan.
To’g’ri burchakli standart dimetriya uchun kx= kz =0,94 va ky =0,47 bo’lganligi uchun H(xOy) hamda W(yOz) tekisliklarga tegishli aylananing proeksiyalari bo’lgan ellipslar uchun
bo’ladi. V(xOz) tekislikka tegishli aylananing proeksiyasi ellips uchun esa bo’ladi.