a) b)
13.12-rasm.
Keltirilgan o’zgirish koeffitsientlari bo’yicha xOy va yOz tekisliklariga parallel bo’lgan yoqlardagi ellipslar (aylananing dimetriyasi) uchun katta o’qlar ApBp=l,06d, kichik o’qlar CpDp=0,35d bo’ladi. Chunki CpDp=1,06×0,33d. xOz tekislikka parallel bo’lgan yoqdagi ellips uchun ApBp=l,06d, CpDp=0,93d. CHunki CpDp=1,06×0,88d=0,93d.
Sferani to’g’ri burchakli dimetriyasini keltirilgan o’zgarish koeffitsientlari bo’yicha chizish, 13.12,b-rasmda ko’rsatilgan. Sferaning dimetriyasi D1 diametrli aylana bo’lib, D1 = 1,06d ga teng.
Diametri d ga teng aylanalar gorizontal va profil tekisliklarda joylashgan bo’lsa, ularning dimetriyasidagi ellipslarning katta va kichik o’qlari mos ravishda 1,06d va 0,35d ga teng. Agar diametri d ga teng aylana frontal tekisliqda joylashgan bo’lsa,bunday aylananing dimetriyasidagi ellipsning katta va kichik o’qlari mos ravishda 1,06d va 0,94d ga teng bo’ladi.
13.8-§. Qiyshiq burchakli standart aksonometriyalar
Buyumlarning yaqqol tasvirlarini qiyshiq burchakli aksonometriyada yasash uchun qiyshiq burchakli standart izometriya va dimetriyalardan foydalaniladi. Bunda R aksonometrik proeksiyalar tekisligini xususiy xolda, ya’ni koordinata tekisliklarining birortasiga parallel qilib olinadi. Bu holda proeksiyalash yo’nalishini aksonometrik tekislikka perpendikulyar qilib olib bo’lmaydi. Chunki bunda koordinata o’qlaridan biri nuqta bo’lib proeksiyalanadi. Bu esa tasvir yaqqoligini ta’minlamaydi. Agar R aksonometriya tekisligini xOz koordinatalar tekisligiga parallel qilib olinsa (13.13-rasm) Orxr∥Ox, Opzp∥Oz, bo’lganligi uchun, Orxr va Opzp o’qlar o’zaro perpendikulyar bo’lib, bu o’qlar bo’yicha o’zgarish koeffitsientlari kx=kz=1 bo’ladi, ky esa OOrB to’g’ri burchakli uchburchaqdan topiladi va ga teng bo’ladi. Bu holda xOz koordinatalar tekisligi va unga parallel bo’lgan barcha tekisliklarda joylashgan shakllar aksonometriya tekisligiga o’zining kattaligicha proeksiyalanadi. Bu esa predmet yaqqol tasvirini yasashni osonlashtiradi.
Agar φ=45° bo’lsa, ky=ctg45°=l bo’lgani uchun aksonometriya o’qlari bo’yicha o’zgarish koeffitsientlari kx=kz= 1 va ky= 1 bo’ladi. Bu xolda qiyshiq burchakli frontal izometriya hosil bo’ladi.
Amalda Opyp o’qi Orxr o’qining davomidagi gorizontal to’g’ri chiziq bilan hosil qilgan burchagi α ning 30 45°, 60° vaziyatlari olinadi (13.14-rasm) va bu o’q bo’yicha o’zgarish koeffitsienti ky=0,5 qabul qilingan kx=kz=1, ky=0,5 bo’yicha chizilgan aksonometriyalar qiyshiq burchakli frontal dimetriyalar yoki kabinet proeksiyalar deyiladi.
13.13-rasm. 13.14-rasm.
13.15-расм.
Qiyshiq burchakli frontal dimetriyada aksonometriya o’qlarining vaziyati 13.14-rasmda ko’rsatilganidek qabul qilingan, ya’ni xpOpzp=90°, yPOPzP=135 O’zgarish koeffitsienlari esa kx==kz=1 va ky = 0,5 bo’ladi.
13.15-rasmda kub va uning yoqlaridagi ichki chizilgan aylanalarning aksonometriyalari qiyshiq burchakli frontal dimetrik proeksiyada tasvirlangan. Bunda xOz tekislikka parallel yoqda yotgan aylana dimetriyadaga aylanaga teng bo’lib proeksiyalanadi. Qolgan yoqlardagi aylanalar, ellipslar bo’lib proeksiyalanadi. Bu ellipslar o’qlar keltirilgan o’zgarish koeffitsientlari bo’yicha 1,06d va 0,33d ga teng bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |