Sirtlarning o’zaro kesishish chiziqlarini yasash. Ortogonal proeksiyalardagi singari aksonometriyada ham sirtlarning o’zaro kesishish chiziqlarini yasashda yordamchi kesuvchi tekisliklardan foydalaniladi. Bunda kesuvchi tekisliklar berilgan sirtlar bilan tekis egri chiziqlar bo’yicha kesishadi. Bu egri chiziqlar o’zaro kesishib sirtlarning kesishish chizig’iga tegishli nuqta larni hosil qiladi.
Yordamchi tekislikni yasalishi oson bo’lgan chiziqlar hosil bo’ladigan qilib tanlanadi. Bu shartga ko’ra ba’zi masalalarni echishda qo’shimcha proeksiyalashdan ham foydalanish mumkin .
Quyidagi rasmlarda tasvirlangan ikki sirtning o’zaro kesishish chizig’ini yasashda yordamchi kesuvchi tekisliklardan foydalanilgan. 13.23-rasmda gorizontal va vertikal vaziyatda joylashgan tsilindrlarning o’zaro kesishuv chizig’ini yasash ko’rsatilgan. Bu holatda yordamchi kesuvchi tekisliklar har ikkala tsilindrni yasovchilari bo’yicha kesadigan qilib o’tkazilgan. TSilindrlar yasovchilari o’zaro kesishib izlanayotgan egri chiziqqa tegishli nuqtalarini hosil qiladi. 13.24-rasmda esa aylanish o’qlari o’zaro parallel bo’lgan vertikal vaziyatdagi tsilindr va konuslarning aksonometriyalari berilgan. Ularning o’zaro kesishish chizig’ini yasash uchun ham yordamchi tekisliklar ularning yasovchilari bo’yicha kesishadigan qilib o’tkazilgan. Bu tekisliklar konus sirtini o’qidan o’tkazilgan. Ular konus va tsilindrni yasvochilari orqali kesadi. Bu yasovchilarning kesishish o’zaro nuqtalari ikki sirtning kesishi chizig’iga tegishli nuqtalar bo’ladi.
13.23-rasm.
13.24-rasm.
Nazorat savollari:
Aksonometrik proeksiyalar qanday qanday hosil qilinadi?
Aksonometriya asosiy teoremasining mohiyati nimadan iborat?
O’qlar bo’yicha o’zgarish koeffitsientlarini ta’riflab bering.
Haqiqiy va keltirilgan o’zgarish koeffitsientlarning farqini tushuntiring.
Izlar uchburchagi nima va u haqidagi teoremalarning qaysi birini bilasiz?
Proeksiyalash burchagi va o’zgarish koeffitsientlari orasida qanday bog’lanish bor?
Aylananing aksonometriyasi haqida nimalar bilasiz?
Standart aksonometriyaning qanday turlarini bilasiz?
To’g’ri burchakli standart izometriya haqida nimalarni bilasiz?
To’g’ri burchakli standart dimetriyani ta’riflab bering?
Qiyshiq burchakli standart dimetriya (kabinet proeksiya) haqida nimalar bilasiz?
Zenit aksonometrik proeksiyalar qanday maqsadlarni ko’zlab chiziladi?
Aksonometrik proeksiyalarda pozitsion masalalarni echish uchun nimalarga e’tibor beriladi?