Yechish. ABC uchburchak tekisligining ApBpCp va A to’g’ri chiziqning ap proeksiyasi hamda ularning ikkilamchi proeksiyalari ApBpSp, a′pberilgan bo’lsin (13.21- rasm). Ularning kesishish nuqtasini yasash algoritmi quyidagicha bo’ladi:
ap (ap′) to’g’ri chiziq orqali Qptekislikni OPzP o’qqa parallel qilib o’tkaziladi;
Bu tekislik ABC tekislikning APBPSP ikkilamchi proeksiyasi bilan 1p′va 2p′ nuqtalarda kesishadi. Bu nuqtalardan Opzp o’qqa parallel chiziqlar chiqarib, 1p va 2p nuqtalarni BpCp va ApSptomonlar ustida belgilanib, ular o’zaro tutashtiriladi;
So’ngra apva 1p 2p to’g’ri chiziqlarning o’zaro kesishuv nuqtasi Epbelgilab olinadi. Uning ikkilamchi proeksiyasi Er′ nuqta bo’ladi.
13.21-rasm.
2-masala. Konusning tekislik bilan kesishish chizig’i yasalsin.
Yechish. To’g’ri burchakli izometriyada tasvirlangan F konusning R tekislik bilan kesishish chizig’ini yasash algoritmi qo’yidagicha bajariladi. T⊥P tekislikka proeksiyalanadi (13.22-rasm). U holda kesishish chizig’ining Tr tekislikdagi proeksiyasi AtBt to’g’ri chiziq kesmasi bo’ladi. Bu kesmada ixtiyoriy Ct≡Dt nuqtalarni belgilab, ular orqali St7t=St8t yasovchilar o’tkaziladi. Bu yasovchilarning Sr8raksonometriyalari o’tkazilib, ularda St va Dt nuqtalar belgilab olinadi. Boshqa nuqtalarning aksonometriyalari ham xuddi shunday topiladi. Kesishish chizig’ining konus ocherkiga urinish nuqtalari ER va FR lar quyidagicha topiladi. Konusning ocherkini ifodalovchi Sr1rva Sr2r yasovchilarning Tr tekislikdagi St1tva St2tprektsiyalarini o’tkaziladi. Ularning AtBt kesma bilan kesishish nuqtalari Et va Ft larni belgilab olinadi. Et va Ft nuqtalardan teskari yo’nalishda nurlar o’tkazib, ularning mos ravishda Sr1r va Sr2r yasovchilar bilan kesishish nuqtalari Er va Fr larni belgilab olinadi. Kesimning AR- quyi va BR- yuqori nuqtalarni ortogonal proeksiyalarga oid qoidalarga asoslanib topish mumkin. Buning uchun konusning ir o’qidan o’tuvchi va berilgan RP tekislikka perpendikulyar Qr tekislikdan foydalanamiz. Bu tekislik konusni Sr3r va Sr4r yasovchilari, berilgan tekislikni esa 5r6r to’g’ri chiziq bo’yicha kesadi. Sr3r va Sr4r yasovchilarning 5r6r to’g’ri chiziq bilan kesishishidan Ar va Vrnuqtalar hosil bo’ladi. Hosil bo’lgan nuqtalarni tekis egri chiziq bilan tutashtirib, konusning P tekislik bilan kesishish chizig’ini yasaladi.