D. Djanabayev, Sh. Murodov, A. Xolmurzayev chizma geometriya



Yüklə 1,65 Mb.
səhifə138/141
tarix07.01.2024
ölçüsü1,65 Mb.
#202401
növüУчебник
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   141
Chizma geometriya SH.M.

13.9.2. Meridianlar usuli


Aylanish o’qlari bo’yicha siqiq bo’lgan sirtlarning aksonometriyasini yasashda bu usuldan foydalanish mumkin. Sirtning bir necha meridianlari o’tkazilib, ularning aksonometriyasi yasaladi. 13.19,a-rasmda tor sirtining aksonometriyasi to’g’ri burchakli izometriyada ko’rsatilgan. Bunda tor meridianlari (aylana)larning aksonometriyalari bo’lgan ellipslarni o’rab oluvchi chiziq aylanish sirtining ocherkini ifodalaydi.
13.20,a-rasmda berilgan yarim tor (halqa) ning aksonometriyasini yasash (13.20,b-rasm) to’g’ri burchakli izometriyada bajarilgan.
Bunday torning aksonometriyasini yasash uchun, dastlab H tekislikka tegishli bo’lgan,markazlari A(A′,A″) va B(B′,B″) nuqtalarda bo’lgan ikki yasovchi aylananing aksonometriyalari chiziladi. So’ngra bu aylanalar markazlari Ap va Bp nuqtalar orqali o’tuvchi frontal vaziyatdagi yarim aylananing aksonometriyasi chiziladi.Bu yarim aylana tor yasovchilari markazlari harakat qiluvchi chiziq bo’lib, unda bir necha (etarli miqdorda) nuqtalar olinadi. Markazlari mazkur nuqtalarda bo’lgan m(m′,m″) yasovchi aylanalarning aksonometriyalari chiziladi.Ushbu aylanalar aksonometriyalarini o’rab (qamrab) oluvchi chiziq torning konturi hisoblanadi. Yasovchi aylanalarning aksonometriyalari o’rniga ushbu markazlar bo’yicha radiusi yasovchi aylana radiusi bilan bir xil bo’lgan sferalarning aksonometriyalari (aylanalar) chizilsa ham bo’ladi.



a) b)
13.19-rasm.



a) b)
13.20-rasm.

13.10-§. Aksonometriyada pozitsion masalalarni echish


Aksonometrik proeksiyalarda geometrik figuralarning o’zaro joylashuviga qarab turli pozitsion masalalar ortogonal proeksiyalardagi qoidalarga asoslanib echiladi.
Bunda geometrik figuralarning aksonometriyasi hamda ularning ikkilamchi proeksiyalaridan biri berilishi kerak. Ko’pincha figuralarning gorizontal tekislikdagi ikkilamchi proeksiyalaridan foydalaniladi.
1-masala. Berilgan A to’g’ri chiziqning Q tekiclik bilan kesishish nuqtasini yasalsin.

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin