A
|
Aylanish radiusi
|
aylanish markazidan harakatlanuvchi nuqtagacha bo’lgan masofa
|
Aylanish sirtlari
|
biror tekis yoki fazoviy egri chiziqni qo’zg’almas o’q atrofida aylanishidan hosil bo’lgan sirt
|
Aylanish o’qi
|
narsani biror proeksiyalar tekisligiga qulay holga keltirishda uni aylantirish uchun tanlangan to’g’ri chiziq
|
Aylanma sirtlar
|
biror tekis yoki fazoviy egri chiziqni qo’zg’almas o’q atrofida aylanishidan hosil bo’lgan sirt
|
Aylanma sirtlarning o’zaro kesishishi
|
umumiy o’qqa ega bo’lgan aylanma sirtlar aylanmalar bo’yicha kesishadi
|
Aylantirish markazi
|
aylanish o’qi bilan aylantirish tekisligining kesishuv nuqtasi
|
Aylantirish tekisligi
|
biror shaklning nuqtasi orqaliqali o’tuvchi va aylanish o’qiga perpendikulyar tekislik
|
Aylantirish usuli
|
proeksiyalar tekisliklarini o’zgartirmay, berilgan shaklni biror o’q atrofida aylantirib, proeksiyalar tekisliklartga nisbatan qulay holatga keltirish
|
Algebraik sirt
|
algebraik tenglamalar bilan ifodalangan sirt
|
Algebraik sirt kesmasi
|
ixtiyoriy to’g’ri chiziq dan o’tib sirtga urinuvchi teksliklar soni bilan aniqlanadi
|
Algebraik sirt tartibi
|
sirtni to’g’ri chiziq bilan kesishishidan hosil bo’lgan nuqtalar soni bilan aniqlanadi
|
Algebraik egri chiziq
|
tenglamasi algebraik funktsiya orqali ifodalangan egri chiziq
|
Algoritm
|
masalani echish rajesi
|
Arximed jismlari
|
yarim muntazam ko’pyoqlik bo’lib, uning yoqlari turli shakllardan muntazam ko’pburchaklardan iborat qavariq ko’pyoqlik sirt
|
B
|
Bissektor tekisligi
|
va tekisliklar orasidagi bissektor tekislik. Bissektor tekisligi I, III choraklar va II, IV choraklarni teng ikkiga bo’ladi
|
G
|
Giperbolik kesim
|
konusni ikkita yasovchisi bilan kesishishidan hosil bo’lgan shakl
|
Gorizontal proeksiyalar tekisligi
|
shaklning gorizontal proeksiyalar yotgan gorizontal tekislik ( )
|
Gorizontal proeksiyalovchi tekislik
|
gorizontal ( ) proeksiyalar tekisligiga perpendikulyar bo’lgan tekislik
|
Gorizontal proeksiyalovchi to’g’ri chiziq
|
gorizontal ( ) proeksiyalar tekisligiga perpendikulyar bo’lgan to’g’ri chiziq
|
Gorizontal tekislik
|
gorizontal ( ) proeksiyalar tekisligiga parallel bo’lgan tekislik
|
Gorizontal to’g’ri chiziq
|
gorizontal ( ) proeksiyalar tekisligiga parallel bo’lgan to’g’ri chiziq
|
Dodekaedr
|
yon yoqlari o’n ikkita muntazam uchburchaklardan iborat bo’lgan qavariq ko’pyoqlik sirt
|
Yo
|
Yordamchi proeksiyalash
|
asosiy proeksiyalash yo’nalishiga qo’shimcha ravio’da bajariladigan proeksiyalash
|
J
|
Jipslashtirish usuli
|
aylantirish usulining xususiy hol bo’lib, bunda aylantirish o’qi sifatida tekislikning biror izi qabul qilinadi va uning atrofida aylantirib tekislik shu proeksiyalar tekisligiga jipslashtiriladi
|
I
|
Ikkinchi tartibli aylanish sirtlar
|
ikkinchi tartibli egri chiziqlarning o’z o’qlaridan biri atrofida aylanishidan hosil bo’lgan sirtlar
|
Ikosoedr
|
yon yoqlari yigirmata muntazam uchburchaklardan iborat bo’lgan qavariq ko’pyoqlik sirt
|
K
|
Karkas sirtlar
|
sirtlarni shu sirtga tegishli nuqtalar yoki chiziqlar to’plami bilan berilishi
|
Kinematik sirt
|
yasovchisining knematik harakatlanishi natijasida hosil bo’lgan sirt
|
Kirish va chiqish nuqtalari
|
tekisliklarni sirt bilan kesishish nuqtalari
|
Q
|
Qirrali sirt kesim yuzasi
|
qirrali sirt bilan tekslik kesishishidan hosil bo’lgan shakl
|
Bahslashuvchi nuqtalar
|
bir proeksiyalovchi nurda yotgan nuqtalar
|
Qonuniy sirt
|
hosil bo’lishi jarayoni biror qonunga asoslangan sirt
|
Qonuniy egri chiziq
|
muayyan biror qonunga bo’ysunuvchi nuqtalar to’plami
|
Qonunsiz sirt
|
hosil bo’lishi jarayoni biror qonunga asoslanmagan sirt
|
Qonunsiz egri chiziq
|
o’z harakati bilan biror qonunga bo’ysunuvchi nuqtalar to’plami
|
K
|
Konus kesimidagi
|
konus sirtini biror tekslik bilan kesishishidan kesim yuza
|
Kontsentrik sferalar usuli
|
ikkinchi tartibli aylanma sirtlarning o’zaro kesishuv chizig’ini yasashda qo’llaniladigan usul
|
Koordinata o’qlari
|
proeksiyalar tekisliklarining kesishgan chiziqlari
|
Kub
|
yoqlari oltita kvadratlardan iborat bo’lgan qavariq ko’pyoqlik sirt
|
Ko’pyoqlik
|
tomonlari tekis uchburchak yoki ko’pburchaklar bilan chegaralangan qirrali sirt
|
Ko’pyoqliq
|
bir necha tekisliklarni kesishuvidan xosil bo’lgan shakl
|
M
|
Markaziy proeksiya
|
bir nuqtadan proeksiyalash markazi orqali tekislikda hosil bo’lgan proeksiya
|
O
|
Oktant
|
fazoning sakkizdan bir qismi
|
Oktaedr
|
asosi kvadrat va yon yoqlari sakkizta muntazam uchburchaklardan iborat bo’lgan qavariq ko’pyoqlik sirt
|
Ortogonal proeksiyalarni almashtirish
|
masala echishda grafik amallarni soddalashtirish uchun qo’llaniladigan chizmani qayta tuzish usullari
|
Ortogonal proeksiyalash
|
to’g’ri burchakli proeksiyalash
|
P
|
Parabolik kesim
|
konusni barcha yasovchisiga parallel tekslik kesishishidan hosil bo’lgan shakl
|
Parametr
|
narsaning holati va shaklini aniqlashda qatnashadigan ko’rsatkichlar
|
Parametrlashtirish
|
nasalar to’plamining holati va shakl parametrlarini aniqlash
|
Piramida
|
uchburchak yoki ko’pburchak yon yoqlari umumiy uchga ega bo’lgan uchburchaklardan iborat bo’lgan qirrali sirt
|
Platon jismlari
|
o’zaro teng bir xil muntazam ko’pburchaklardan iborat yonlarga, o’zaro teng ikki yoqli uchburchaklarga va o’zaro teng qirralarga ega bo’lgan (tetraedr, kub, oktaedr, dodekaedr, ikosoedr) qavariq ko’pyoqlik sirtlar
|
Pozitsion masala
|
shakllarni o’zaro tegishliligini, ya’ni o’zaro umumiy elementlarni aniqlaydigan masala
|
Prizma
|
asoslari o’zaro parallel bo’lib, uchburchak yoki ko’pburchaklardan yon yoqlari to’rtburchaklardan iborat qirrali sirt
|
Prizmatoid
|
asoslari parallel tekisliklarda yotgan ikkita ko’pburchakdan yon yoqlari esa ikkala asos uchlaridan iborat uchburchaklar va trapetsiyalardan iborat bo’lgan qavariq ko’pyoqlik sirt
|
Proeksiya
|
narsani proeksiyalovchi nurlarning proeksiyalar tekisligi bilan kesishuvidan hosil bo’lgan tasvir.
|
Proeksiyalar tekisligi
|
proeksiyalar yotgan tekislik
|
Proeksiyalar tekisliklarini almashtirish
|
narsaning holatini o’zgartirmaydi, balki unga nisbatan proeksiyalar tekisliklarining holatini o’zgartirish
|
Proeksiyalash
|
bu jarayon bo’lib, unda proeksiyalanuvchi ob’ekt nuqtalari orqali nurlar o’tkazib ularning proeksiyalar tekisligi bilan kesishuv nuqtalari aniqlanadi.
|
Proeksiyalash markazi
|
proeksiyalovchi nurlar chiqadigan xos yoki xosmas nuqta
|
Proeksiyalash nuri
|
proeksiyalanuvchi nuqta bilan proeksiyalash markazini bog’lovchi to’g’ri chiziq
|
Profil proeksiyalovchi tekislik.
|
profil ( ) proeksiyalar tekisligiga perpendikulyar bo’lgan tekislik.
|
Profil proeksiyalovchi to’g’ri chiziq
|
profil ( ) proeksiyalar tekisligiga perpendikulyar bo’lgan to’g’ri chiziq
|
Profil tekislik
|
profil ( ) proeksiyalar tekisligiga parallel bo’lgan tekislik.
|
Profil to’g’richiziq
|
profil ( ) proeksiyalar tekisligiga parallel bo’lgan to’g’ri chiziq
|
S
|
Sirt
|
biror chiziq yoki sirtning fazoda uzluksiz harakatlanishi natijasida geometrik shakl
|
Sirt yo’naltiruvchisi
|
sirt yasovchisining harakatlanishini belgilovchi
|
Sirt kesim yuzasi
|
Biror sirt bilan tekislikning kesishishidan hosil bo’lgan shakl
|
Sirt yasovchisi
|
o’z harakati bilan hosil qiluvchi chiziq yoki sirt
|
Sirtlarning o’zaro kesishishi chizig’i
|
ikki kesishuvchi sirtlar uchun umumiy bo’lgan nuqtalarning geometrik o’rni
|
T
|
Tekis parallel ko’chirilgan sirtlar
|
sirt yasovchisi o’z harakati davomida o’zg’o’ziga parallel bo’lib qoladi
|
Tekis parallel ko’chirish usuli
|
aylantirish usulining xususiy holi bo’lib, unda aylanish o’qi ko’rsatilmaydi
|
Tekis egri chiziq
|
hamma nuqtalari bitta tekislikda yotgan egri chiziq
|
Tekislikka perpendikulyar to’g’ri chiziq
|
tekislikdagi o’zaro kesishuvchi ikki to’g’ri chiziqqa perpendikulyar to’g’ri chiziq
|
Tekisliklar dastasi
|
bir to’g’ri chiziqdan o’tuvchi tekisliklar to’plami
|
Tekislikning gorizontali
|
tekislikda yotgan va ga parallel to’g’ri chiziq
|
Tekislikning izlari
|
tekislikning proeksiyalar tekisliklari bilan kesishgan chiziqlari
|
Tekislikning profili
|
tekislikda yotgan va ga parallel to’g’ri chiziq
|
Tekislikning frontali
|
tekislikda yotgan va ga parallel to’g’ri chiziq
|
Tekislikning eng katta og’ish chizig’i
|
tekislikka tegishli bo’lib, uning gorizontallari va frontallariga yoki profillariga perpendikulyar to’g’ri chiziq
|
Tetraedr
|
yoqlari to’rta muntazam uchburchaklardan iborat bo’lgan piramida
|
Transtsendent sirt
|
transtsendent tenglamalar bilan ifodalangan sirt
|
Transtsendent egri chiziq
|
transtsendent tenglama bilan ifodalangan egri chiziq
|
To’g’ri burchakli uchburchak usuli
|
kesmaning proeksiyalari bo’yicha uning haqiqiy uzunligini va proeksiyalar tekisliklari bilan hosil qilgan burchaklarni aniqlashda qo’llaniladigan usul. Uchburchakning bir kateti sifatida kesmaning proeksiyasi, ikkinchi kateti sifatida esa kesma uchlarining shu tekislikdan uzoqliklar ayirmasi olinadi
|
To’g’ri burchakning proeksiyalanish xususiyati
|
to’g’ri burchakning bir tomoni tekislikka parallel bo’lib, ikkinchi tomoni unga perpendikulyar bo’lmasa, uning proeksiyasi ham to’g’ri burchak bo’ladi
|
To’g’ri chiziqning izlari
|
to’g’ri chiziqning proeksiyalar tekisliklari bilan kesishgan nuqtalari
|
To’g’ri chiziqning tekislikka paralleligi
|
tekislikda yotgan biror to’g’ri chiziqqa parallel bo’lgan to’g’ri chiziq
|
U
|
Umumiy vaziyatdagi tekislik
|
proeksiyalar tekisliklarinng birortasiga ham parallel yoki perpendikulyar bo’lmagan tekislik
|
Umumiy vaziyatdagi to’g’ri chiziq.
|
proeksiyalar tekisliklarining birortasiga ham parallel yoki perpendikulyar bo’lmagan to’g’ri chiziq
|
O’
|
O’zaro parallel tekisliklar
|
bir tekislikda yotgan va o’zaro kesishgan ikki chiziq ikkinchi tekislikda yotgan va o’zaro kesishuvchi ikki to’g’ri chiziqqa mos ravishda parallel bo’lgan tekislikla
|
O’zaro perpendikulyar tekislik
|
bir tekislikda yotgan to’g’ri chiziqqa perpendikulyar bo’lgan tekislik yoki tekislik perpendikulyar bo’lgan to’g’ri chiziqdan o’tuvchi tekislik
|
F
|
Fazoviy egri chiziq
|
hamma nuqtalari bitta tekislikda yotmagan egri chiziq
|
Frontal proeksiyalovchi tekislik
|
frontal ( ) proeksiyalar tekisligiga perpendikulyar bo’lgan tekislik
|
Frontal proeksiyalovchi to’g’ri chiziq
|
frontal ( ) proeksiyalar tekisligiga perpendikulyar bo’lgan to’g’ri chiziq
|
Frontal tekislik
|
frontal ( ) proeksiyalar tekisligiga parallel bo’lgan tekislik
|
Frontal to’g’ri chiziq
|
frontal ( ) proeksiyalar tekisligiga parallel bo’lgan to’g’ri chiziq
|
X
|
Xosmas nuqta
|
to’g’ri chiziqning cheksiz uzoqlashgan nuqtasi.
|
Xosmas tekislik
|
uch o’lchamli fazoning cheksiz uzoqlashgan nuqtalar to’plami
|
Xosmas to’g’ri chiziq
|
tekislikning cheksiz uzoqlashgan chizig’i
|
Xususiy vaziyatdagi tekislik
|
proeksiyalar tekisliklarining biriga parallel yoki perpendikulyar bo’lgan tekislik
|
Xususiy vaziyatdagi to’g’ri chiziq
|
proeksiyalar tekisliklarining biriga parallel yoki perpendikulyar bo’lgan to’g’ri chiziq
|
Ch
|
Chorak
|
fazoning to’rtdan bir qismi
|
E
|
Egri chiziq
|
fazoda yoki tekislikda ma’lum yo’nalishda uzluksiz xarakatlanuvchi biror nuqtaning qoldirgan izi
|
Egri chiziq klassi
|
fazoviy egri chiziqlarda tekislik bilan egri chiziqni kesishish nuqtalar soni bilan aniqlanadi
|
Egri chiziq normali
|
egri chiziqning urinish nuqtasidan urinmaga o’tkazilgan perpendikulyar
|
Egri chiziq tartibi
|
tekis egri chiziqlarda to’g’ri chiziq bilan egri chiziqni kesishish nuqtalar soni bilan aniqlanadi
|
Egri chiziq urinmasi
|
egri chiziq bilan umumiy nuqtaga ega bo’lgan to’g’ri chiziq
|
Eksentrik sferalar usuli
|
murakkab aylanma sirtlarning kesishuv chizig’ini aniqlashda qo’llaniladigan usul
|
Elliptik kesim
|
konusni barcha yasovchilarini kesib, uning o’qiga perpendikulyar bo’lmagan tekslik kesishishidan hosil bo’lgan shakl
|
Epyur
|
fransuz so’zi bo’lib, chizma degan ma’noni bildiradi
|